Apteka.uz
SavatKirish

Laktobakterin

Laktobakterin chiqarilish shakllari

ЛАКТОБАКТЕРИН СУХОЙ 5 ДОЗ лиофилизат N10
Retseptli
ЛАКТОБАКТЕРИН СУХОЙ 5 ДОЗ лиофилизат N10
Российская Федерация
Ishlab chiqaruvchi:
МИКРОГЕН НПО АО
- Laktobakterin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Laktobakterinning tarkibi
- Laktobakterin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Laktobakterin narxi Toshkent dorixonalarida

Laktobakterin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Turli etiologiyali MTY disbakteriozi (sh.j. bolalarda, hayotining birinchi kunlaridan boshlab), og'iz bo'shlig'i kasalliklari; -urogenital trakt disbakteriozi, sh.j. siydik-tanosil yo'llarining infektsion va noinfektsion tabiatli yallig'lanish kasalliklarida - gonoreya, urogenital xlamidioz, urogenital gerpes, bakterial vaginoz (gardnerellez), gormonga bog'liq kolpitlar (senil va b.); -rejali ginekologik operatsiyalarga tayyorgarlik (operatsiyadan keyingi infektsion asoratlarning oldini olish uchun); -yallig'lanish kasalliklariga nisbatan xavf guruhidagi homilador ayollarni tug'ruq oldi tayyorlash (qin disbakteriozini oldini olish va davolash uchun).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Yuqori sezuvchanlik, kandidoz, bolalar yoshi (tabletkalar).

Tarkibi

  • shakar-jelatinli yoki shakar-jelatin-sutli himoya muhiti qo‘shilgan kultivatsiya muhitida liofilizatsiyalangan, antagonistik faol laktobakteriyalar shtammlarining tirik mikrob massasi

Farmakologik ta'siri

Preparat tarkibiga kiruvchi tirik laktobakteriyalar keng doiradagi patogen va shartli patogen bakteriyalarga (shu jumladan stafilokokklar, protey, enteropatogen ichak tayoqchasi) nisbatan antagonistik faollikka ega, OIT hazm qilish faoliyatini normallashtiradi, moddalar almashinuv jarayonlarini yaxshilaydi, tabiiy immunitetni tiklashga yordam beradi. Vaginal epiteliy glikogenini sut kislotasigacha metabolizatsiya qiladi, bu esa qin pH ini 3.8-4.2 darajasida saqlab turadi. Yuqori kontsentratsiyadagi sut kislotasi kislotaga sezgir patogen va shartli patogen bakteriyalarning hayot faoliyati uchun noqulay sharoitlar yaratadi

Nojo'ya ta'sirlar

  • Allergik reaktsiyalar.

Dozirovkasi

DozalashPreparat 1 dozada kamida 10 mln tirik atsidofil laktobakteriyalarni saqlaydi. Tabletka yoki suppozitoriy preparatning 1 dozasini saqlaydi.

Peroral dori shakllari - ichga, ovqatdan 30-40 daqiqa oldin sutkasiga 2-3 marta.

O'tkir yallig'lanish jarayonlarida go'daklarga - 2-3 dozadan,

katta yoshdagi bolalar va kattalarga 5 dozadan 7-8 sutka davomida;

kasallikning cho'ziluvchan va qaytalovchi shakllarida go'daklarga 2-3 dozadan,

katta yoshdagi bolalar va kattalarga 5 dozadan 14-25 sutka davomida.

Og'iz bo'shlig'i shilliq qavati kasalliklarida - 4-6 doza shimish yo'li bilan (tabletkalarda) yoki 5 doza purkash (eritma) ko'rinishida kuniga 2-3 marta 14-15 sutka davomida.

Intravaginal - purkash, applikatsiyalar va suppozitoriylar ko'rinishida.

Urogenital traktning yallig'lanish jarayonlarida - 5 dozadan (eritma ko'rinishida) yoki 1 dozadan (1 suppozitoriy) kuniga 2 marta 5-10 sutka davomida.

Homilador ayollarda vaginal sekret tozaligi III-IV darajagacha buzilganda - 1 suppozitoriydan kuniga 1-2 marta 5-10 kun va undan ko'proq, klinik simptomlar yo'qolguncha va vaginal sekret tozaligi I-II darajagacha tiklanguncha.

Yiringli-septik asoratlarning oldini olish maqsadida 1 suppozitoriydan kuniga 1-2 marta 5-10 kun davomida (taxmin qilingan operatsiya yoki tug'ruqqacha) qo'llaniladi.

Antibiotiklar qo'llanilgandan keyingi tiklovchi terapiya - rektal, 1 suppozitoriydan kuniga 1-2 marta 10 kun davomida. Kurs 3-4 oy davomida 10-20 kunlik interval bilan takrorlanadi.

Dori shaklining ta'rifi

  • ichish va mahalliy qo'llash uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat. Vaginal suppozitoriylar

Maxsus saqlash sharoitlari

Suppozitoriylarni qo'llashni antibakterial, virusga qarshi va immunomodulyator DV larni bir vaqtda tayinlash bilan birga olib borish mumkin.

Achigan moy hidi bo'lgan yoki o'rami buzilgan suppozitoriylar qo'llashga yaroqsiz.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bir vaqtning o‘zida kimyo- va antibiotik terapiyasini o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Laktobakterin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Laktobakterin barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Laktobakterin haqida savollar

Laktobakterin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil