Ташкент
logo
SavatKirish

LAKTOBER

LAKTOBER chiqarish shakllari

LAKTOBER sirop 120ml
LAKTOBER sirop 120ml
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
- LAKTOBER qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- LAKTOBERning tarkibi
- LAKTOBER ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- LAKTOBER narxi Toshkent dorixonalarida

LAKTOBER qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Pokiston
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LAKTOBER

LACTOBER

 

Preparatning savdo nomi: Laktober

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): laktuloza

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

Siropning har bir choy qoshig‘i (5 ml) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: laktuloza – 6,6 mg

Ta‘rifi: Tiniq, yopishqoq, rangsiz yoki och-jigarrang-sariq rangli, suvda eruvchan suyuqlik. Isitilganda yo‘q bo‘luvchi kristallar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: surgi vositalari.

ATX kodi: A06AD11

Farmakologik xususiyatlari

Giperosmatik surgi ta‘sirini ko‘rsatadi, ichakning peristaltikasini rag‘batlantiradi, fosfatlar va Sa+ ning so‘rilishini yaxshilaydi, ammoniy ionlarining chiqarilishiga yordam beradi. Laktuloza yo‘g‘on ichakning florasi tomonidan quyimolekulyar organik kislotalarga parchalanadi, bu rN ning pasayishiga va osmotik bosimni oshishiga va buning oqibatida ichakning ichidagisining hajmini oshishiga olib keladi. Ko‘rsatilgan samaralar ichakning peristaltikasini rag‘batlantiradi va ahlatning konsistensiyasiga ta‘sir qiladi. Qabziyat yo‘qoladi va yo‘g‘on ichakning bo‘shashini fiziologik ritmi tiklanadi. Jigar ensefalopatiyasi yoki jigar (pre)komasida preparatning samarasini namoyon bo‘lishiga asidofil bakteriyalarning miqdorini oshishi yordamida proteolitik bakteriyalarni bostirilishi; yo‘g‘on ichakning ichidagisini oksidlanishi hisobiga ammiakning ion shakliga o‘tishi; yo‘g‘on ichakda rNni pasayishi va osmotik samara oqibatida ichakning bo‘shashi; shuningdek bakteriyalarda oqsil sintezi uchun ammiakni utilizasiya qiluvchi bakteriyalarni rag‘batlantirish yo‘li bilan azot saqlovchi zaharli moddalarning kamayishi qo‘shiladi. Ichakda salmonellalarning o‘sishini ingibisiya qiladi, bakterialarning chiqarilish davrini qisqartiradi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi past. So‘rilmay, yo‘g‘on ichakkacha boradi, u yerda ichak florasi tomonidan parchalanadi. 45-70 ml dozalarda to‘liq metabolizmga uchraydi, yuqoriroq dozalarda o‘zgarmagan holda qisman chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Surunkali qabziyatlar;
  • ichakning ishini yaxshilash uchun;
  • jigar kasalliklari va paraplegiya, anal teshigi yoriqlari va bavosil bilan bog‘liq bo‘lgan qabziyatlar;
  • jigarning surunkali kasalliklari (sirroz);
  • giperammoniemiya;
  • portal tizimning faoliyati buzilganidagi ensefalopatiya;
  • gepatitdagi prekoma;
  • salmonellezni davolashda antibiotiklarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan disbakterioz;
  • E. Coli bilan infeksiyalanganda oldini oluvchi sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Guruhlar Boshlang‘ich sutkalik doza Uzoq muddatli davolash (sutkalik doza)
Kattalar 15-30 ml 10-15 ml
Bolalar (14 yosh) 5-15 ml 5-10 ml
Chaqaloqlar va bolalar 5-15 ml 5 ml

Jigar sirrozi:

Boshlang‘ich doza – 30-45 ml har 1-2 soatda istalgan surgi samarasiga erishilgunicha.

Tutib turuvchi doza – 30-45 ml dan kuniga 3-4 marta.

Ichak florasining disfunksiyasi:

Kuniga 5 ml bolalarda laktobakteriyalarning o‘sishini rag‘batlantiradi.

Antibiotiklar uzoq vaqt qabul qilinganidagi floraning intestinal shikastlanishida kattalarga kuniga 15-30 ml dan va bolalarga kuniga 5-10 ml buyurish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Davolashning birinchi kunlari meteorizm (3 kungacha) kuzatilishi mumkin.

Buni preparatning dozasi kamaytirish yoki sutkalik dozani bir necha qabul uchun kichik porsiyalarga bo‘lish bilan oson bartaraf qilish mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Glyukoza, laktozani o‘zlashtiraolmaslik va ichak tutilishiga gumon bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Laktulozaning yo‘g‘on ichakning rNni pasaytirishdan iborat ta‘sir mexanizmi tufayli, ajralib chiqishi yo‘g‘on ichakning rNiga bog‘liq bo‘lgan dori vositalari (5-aminosalisil kislotasi preparatlari kabi) faolsizlantirilishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabar berilmagan. Juda yuqori dozalar ishlatilganida qorinda og‘riq va diareya aniqlanishi mumkin. Bunday holda dozani kamaytirish yoki preparat qabulini to‘xtatish yetarli bo‘ladi.

Chiqarilish shakli

Zich, o‘tkazmaydigan qopqoqli, qahrabo rangli flakon, ilova-yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshig‘i bilan karton qutida. Hajmi 120 ml.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

 

Ulashish:

LAKTOBER savollari

LAKTOBER fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil