LEVOTIN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LEVOTIN
LEVOTIN
Preparatning savdo nomi: Levotin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): levosetirizin digidroxloridi
Dori shakli
- Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 5 mg dan;
- Ichga qabul qilish uchun sirop 2,5 mg/5 ml.
Tarkibi:
Tabletkalar
faol modda: levosetirizin digidroxloridi – 5 mg;
yordamchi moddalar: ikki asosli kalsiy fosfati – 71,4 mg; kraxmal – 80,0 mg; tozalangan talk – 2,9 mg; magniy stearati – 2,2 mg; kolloidli kremniy dioksidi – 0,7 mg; natriy kraxmal glikolyati – 1,5 mg; natriy kroskarmeloza – 1,5 mg; titan dioksidi – 4,9 mg; sariq xinolin bo‘yovchisi – 2,2 mg.
Sirop
faol modda: 2,5 mg levosetirizinga ekvivalent levosetirizin digidroxloridi– 2,63 mg;
yordamchi moddalar: qand – 1250,0 mg; natriy metilparaben – 2,5 mg; natriy propilparaben – 0,25 mg; 70% li sorbitol – 500,0 mg; limon kislotasi (suvsiz) – 2,5 mg; natriy benzoati – 5,0 mg; bronopol – 0,5 mg; gliserin – 150,0 mg; aromatizator – 5,0 mg; sariq xinolin bo‘yovchisi – 0,1 mg.
Ta‘rifi:
Tabletkalar: dumaloq, ikki tomoni qavariq, och sariq rangli ikki tomoni tekis, plyonka qobiq bilan tabletkalar.
Sirop: och sariq rangli xushbuy sirop.
Farmakoterapevtik guruhi: allergiya qarshi vosita (N1-gistamin reseptorlari antagonisti).
ATX kodi: R06AE09.
Farmakologik xususiyatlari
Levosetirizin digidroxloridi N1-gistamin reseptorlarini bloklovchi antigistamin, antiallergik vosita hisoblanadi. Levositerizinning N1-gistamin reseptorlariga yaqinligi setirizinga nisbatan 2 marta yuqori. Allergik reaksiyalarning gistaminga bog‘liq bosqichiga ta‘sir qiladi, eozinofillarning migrasiyasini, qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqishini cheklaydi.
Allergik reaksiyalarni rivojlanishini oldini oladi va kechishini yengillashtiradi, ekssudasiyaga, qichishishga, yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, deyarli antixolinergik va antiserotoninergik ta‘sir ko‘rsatmaydi. Terapevtik dozalarda deyarli sedativ samaraga ega emas.
Farmakokinetikasi
Levosetirizinning farmakokinetik ko‘rsatgichlari proporsional o‘zgaradi va deyarli setirizinnikidan farq qilmaydi. Ichga qabul qilinganida tez so‘riladi, ovqat qabul qilish so‘rilishining to‘liqligiga ta‘sir qilmaydi, lekin uning tezligini pasaytiradi; biokiraolishi 100% ga yetadi.
Zardobdagi Smax ga terapevtik doza bir marta qabul qilinganidan keyin 0,9 soat o‘tgach erishiladi va 207 ng/ml ni tashkil qiladi. Taqsimlanish hajmi – 0,4 l/kg. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90%. Kam miqdorda (14% dan kamroq) jigarda farmakologik faol bo‘lmagan metaboliti hosil bo‘lishi bilan O-dealkillanish orqali metabolizmga uchraydi (N1-gistamin reseptorlarining boshqa antagonistlaridan farqli ravishda, ular jigarda sitoxrom tizimi yordamida metabolizmga uchraydi).
T1/2 7-10 soatni tashkil qiladi, umumiy klirensi – 0,63 ml/min/kg. To‘planmaydi, organizmdan 96 soatda to‘liq chiqariladi. O‘zgarmagan holda siydik bilan 85,4% chiqariladi. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda (kreatinin klirensi <40 ml/min) preparatning klirensi kamayadi, T1/2 esa uzayadi (masalan, gemodializda bo‘lgan bemorlarda, umumiy klirensi 80% ga kamayadi), bu muvofiq dozalash tartibini talab qiladi. Gemodializ davomida 10% dan kamroq levosetirizin bartaraf etiladi. Ko‘krak sutiga kiradi.
Ta‘siri bir martalik doza qabul qilinganidan keyin 50% bemorlarda ta‘siri 12 minut, 95% da – 0,5-1 soat o‘tgach boshlanadi va 24 soat davomida va uzoqroq saqlanadi.
Qo‘llanilishi
Yil davomidagi va mavsumiy allergik rinit va allergik kon‘yunktivit (aksirish, ko‘z yoshi oqishi, kon‘yunktiva giperemiyasi), pollinoz, eshakemi (shu jumladan surunkali ideopatik, Kvinke shishi) va qichishish va toshmalar bilan birga kechuvchi boshqa allergik dermatozlarni simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi, chaynamasdan (tabletkalar uchun), ovqat bilan yoki och qoringa, kam miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar – 5 mg sutkalik dozada, 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – sutkada 2,5 mg ni tashkil qiladi.
Keksa bemorlarda buyraklarning normal faoliyatida dozani pasaytirish talab qilinmaydi; surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozani kreatinin klirensiga bog‘liq holda xisoblashni amalga oshirish kerak.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozalash tartibiga o‘zgartirish kiritish talab qilinmaydi.
Davolash davomiyligi kasallikka bog‘liq: pollinozda o‘rtacha 1-6 hafta davomida buyuriladi; surunkali kasalliklarda (yil davomidagi rinit, surunkali idiopatik eshakemi) davolash davomiyligini 18 oygacha oshirish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralarini rivojlanish tez-tezligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez – 10% dan kam emas; tez-tez – 1% dan kam emas, lekin 10% dan kam; tez-tez emas – 0,1% dan kam emas, lekin 1% dan kam; kam hollarda – 0,01% dan kam emas, lekin 0,1% dan kam; kamdan-kam hollarda – 0,01% dan kamroq shu jumladan, yakka hollarda.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, tajovuzkorlik, qo‘zg‘alish, tirishishlar; kam hollarda – migren, bosh aylanishi.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan: tez-tez – ko‘rishni buzilishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda – taxikardiya.
Nafas tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda – dispnoe.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining quruqligi; tez-tez emas – qorin og‘rig‘i; kamdan-kam hollarda – ko‘ngil aynishi, dispepsiya, diareya, jigarning funksional sinamalarini o‘zgarishi, gepatit.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: kam hollarda – mialgiya.
Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda – tana vaznini oshishi.
Allergik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda – terini qichishishi, teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, anafilaksiya.
Boshqalar: tez-tez – tez charchash, charchoqlik xissi; tez-tez emas – asteniya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Levosetirizinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; piperazin hosilalariga yuqori sezuvchanlik; buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml); laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi, glyukozo-galaktoza malabsorbsiyasi; 6 yoshgacha (tabletkalar uchun); 2 yoshgacha (ichga qabul qilish uchun sirop) bo‘lgan bolalar; homiladorlik; emizish davri.
Ehtiyotkorlik bilan
O‘rtacha va og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 10 ml dan ko‘proq, lekin minutiga 50 ml dan kamroq); keksalarda (kalava filtrasiyasini pasayishi mumkin) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Levosetirizinni psevdoefedrin, simetidin, ketokonazol, eritromisin, azitromisin, glipizid va diazepam bilan dorilarning o‘zaro ta‘sirini o‘rganish, klinik ahamiyatli noxush o‘zaro ta‘sirni aniqlamagan. Makrolidlar va ketokonazol bilan bir vaqtda qo‘llash, EKG da klinik ahamiyatli o‘zgarishlarni chaqirmagan.
Teofillin (sutkada 400 mg) bilan bir vaqtda qo‘llanganida setirizinning umumiy klirensi 16% ga pasayadi, teofillinning farmakokinetik ko‘rsatgichlari o‘zgarmaydi.
Qator xollarda levosetirizin etanol yoki markaziy nerv tizimiga (MNT) susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, garchi levosetirizinni etanolning samarasini kuchaytirmasligi isbotlangan bo‘lsa ham, ularning MNTga ta‘siri kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirish mumkin emas.
Levosetirizin bilan davolanish vaqtida alkogolni iste‘mol qilish tavsiya etilmasligi haqida pasientlarni ogohlantirish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda levosetirizinni qo‘llash bo‘yicha klinik ma‘lumotlar yetarli emas, shuning uchun Levotin preparatini homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
Levosetirizin ko‘krak suti bilan chiqariladi. Levotin preparatini qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Levosetirizin tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida avtotransportni haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati o‘zgarmaydi. Shunga qaramasdan, davolanish davrida nojo‘ya reaksiyalar (uyquchanlik, bosh aylanishi) rivojlanishi mumkinligini xisobga olib, diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: uyquchanlik (kattalarda), uyquchanlik bilan almashinuvchi qo‘zg‘alish va bezovtalik (bolalarda).
Davolash simptomatik: preparat qabul qilinganidan keyin darhol me‘dani yuvish yoki sun‘iy qusishni chaqirish. Faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash, simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Spesifik antidoti yo‘q, Gemodializ samarasiz.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda, 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
10 tabletkadan blisterda, 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Ichga qabul qilish uchun sirop 2,5 mg/5 ml. Polietilen flakonlarda 30 ml dan. 1 flakon o‘lchov qalpoqchasi bilan komplektda qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Qorong‘u, quruq joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari