Apteka.uz
SavatKirish

LIVAKSIR

LIVAKSIR chiqarilish shakllari

LIVAKSIR tabletkalari N30
Retseptsiz
LIVAKSIR tabletkalari N30
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Qarshi Industries (Pvt) Ltd
•9 ta dorixonada bor
Narxi
43 990 so'm dan
- LIVAKSIR qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- LIVAKSIRning tarkibi
- LIVAKSIR ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- LIVAKSIR narxi Toshkent dorixonalarida

LIVAKSIR haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LIVAKSIR

LIVAKSIR

 

Preparatning savdo nomi: Livaksir

Dori shakli: tabletka

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 98,44 mg dolchin (Cinnamomum tamala); 98,44 mg rovoch (Rheum australe);

yordamchi moddalar: dekstrin, ammoniy xloridi, kaliy nitrati, kraxmal, talk, magniy stearati, aerosil.

Ta‘rifi: och-jigarrangdan to jigarranggacha bo‘lgan qobiqsiz tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: me‘da-ichak yo‘llari patologiyasini davolash uchun vosita.

ATX kodi: A16A

Farmakologik xususiyatlari

O‘simliklardan olingan gepatoprotektordir. Mikroblarga qarshi, viruslarga qarshi, safro haydovchi, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va kuchsiz siydik haydovchi ta‘sirlarga ega. Ishtahani yaxshilanishi va ovqat hazm bo‘lishni normallashishiga yordam beradi.

Toksinlarni jigar xujayralariga ta‘sirini kamaytiradi va o‘t chiqarish yo‘llari diskineziyasi simptomlarini bartaraf etadi. Ishtahani yaxshilanishi va ovqat hazm bo‘lishni normallashishiga yordam beradi. Safro haydovchi, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va kuchsiz siydik haydovchi ta‘sirlarga ega.

Qo‘llanilishi

Jigar faoliyatini buzilishi, o‘tkir va surunkali gepatit simptomlari, o‘t qopi diskineziyasida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar: 2 tabletkadan kuniga uch marta ovqatdan keyin buyuriladi.

Bir yoshdan oshgan bolalar: 1 tabletkadan kuniga uch marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kuchsiz surgi samaraga ega bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik kuzatilishi mumkin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kuzatilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatning xavfsizligi aniqlanmagan.

Mexanizmlar va avtotransport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Kuzatilmagan.

Chiqarilish shakli

10 kapsulalar alyumin blisterga qadoqlangan.

3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LIVAKSIR preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

LIVAKSIR narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
49 000 so'm
Buyurtma berish
Ziyoda Farm Tradeng
Olmazor tumani, Shifo-Nur ko'ch., 8 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-23:00
43 990 so'm
Shafran №14
Yashnobod tumani, Beshariq ko'ch., 115uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
47 000 so'm
Marjon Farm Trade №4
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruz ko'ch., 1 uy, 27 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
48 000 so'm

LIVAKSIR haqida savollar

LIVAKSIR haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil