Apteka.uz
SavatKirish

«Mers» drajelari

«Mers» drajelari chiqarilish shakllari

5
1 отзывов
MERS maxsus draje N60
Retseptli
MERS maxsus draje N60
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merz Pharma
•2 ta dorixonada bor
Narxi
600 000 so'm dan
- «Mers» drajelari qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- «Mers» drajelarining tarkibi
- «Mers» drajelari ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- «Mers» drajelari narxi Toshkent dorixonalarida

«Mers» drajelari haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

preparat komponentlariga bo'lgan yuqori sezuvchanlik
A vitaminlarining dozalarini oshirib yuborish.

Farmakologik ta'siri

Majmuaviy preparat, ta'siri preparatning tarkibiga kiruvchi moddalarning xususiyatlari bilan bog'liq.
Askorbin kislotasi (S vitamini) - qon tomir devorlari o'tkazuvchanligini kamaytiradi, organizmni tashqi muhitning noqulay ta'sirlariga, shu jumladan infektsiyalarga chidamliligini oshiradi, nerv va endokrin tizimini faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, temirni o'zlashtirilishiga va normal qon yaratilishiga yordam beradi.
Niatsin (V3 vitamini) – to'qimalarning nafasi, yog'li va uglevodlarning almashinuvi jarayonlarida qatnashadi.
Alьfa-tokoferol atsetat (E vitamini) - to'qimalarning nafasi jarayonlarida qatnashadi, antioksidant ta'sirga ega, oqsillar va yog'larning o'zlashtirilishiga yordam beradi, jinsiy va boshqa endokrin bezlarining faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi.
Piridoksin gidroxlorid (V6 vitamini) – ko-ferment sifatida oqsillar almashinuvida va neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi.
Riboflavin (V2 vitamini) – hujayraning nafasi jarayonlarining muhim katalizatori, markaziy nerv tizimining faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi.
Retinol (A vitamini) - g'ira-shira paytda normal va rangli ko'rishni ta'minlaydi, epitelial hujayralar butunligini tutib turadi, odamni normal o'sishini ta'minlaydi.
Sianokobalamin (V12 vitamini) - gemoglobin sintezi va normal qon yaratilishi uchun zarur, nukleotidlar sintezida, folat kislotasining metabolizmida qatnashadi.
Tiamin mononitrat (V1 vitamini) - karbonsuvlar almashinuvida asosiy rolь o'ynaydi, nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur.
Folat kislotasi – suvda eruvchan vitamin, o'sish uchun va qon tomiralari va immun tizimini rivojlanishi uchun zarur.
Biotin (N vitamini) – oqsillarni almashinuvida qatnashadi, proteinlarni va nerv tizimini ishlashini yaxshilash uchun V guruhidagi boshqa vitaminlar bilan birga o'zlashtirilishiga yordam beradi.
Kalьtsiy pantotenati (V5 vitamini) - oqsillar va yog'larning atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rolь o'ynaydi, nerv tizimi, buyrak usti bezlari, qalqonsimon bezi faoliyatini normallashtiradi.
Temir – Preparat tarkibiga kiruvchi temir gemoglobinning tarkibiy qismi bo'lib, eritropoezda ishtirok etadi.
Sink – suyak ko'migini shakllanishida qatnashadi, A vitaminini so'rilishiga yordam beradi, sochlarni xolatini yaxshilaydi, insonni aqliy qobilyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparatning dozalari organizmni vitaminlarga bo'lgan sutkalik ehtiyojidan kelib chiqib aniqlangan, biroq preparat katta dozalarda zararli ta'sir qilishi mumkin bo'lgan temir saqlaydi. Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang!

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa preparatlar bilan birga qabul qilish kerak bo'lganida, shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kattalarga sutkada 1 drajedan buyuriladi (maksimal samaraga erishish uchun dozani sutkada 2 drajega oshirish mumkin).

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. «Mers» drajelari preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

«Mers» drajelari haqida savollar

«Mers» drajelari haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil