Metsyetam analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar
Analog dorilar

Retseptli
Xitoy
Vakil:
Novopharma Plus OT MChJIshlab chiqaruvchi:
Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd
Narxi
8 000 so'm dan
Guruh analoglari
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish
Metsyetam
Piratsetam
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Nevrologiya: bosh miya tomir kasalliklari, surunkali tserebrovaskulyar yetishmovchilik (xotira, diqqat, nutq buzilishi, bosh aylanishi, bosh og'rig'i); miya qon aylanishi buzilishlarining qoldiq ko'rinishlari (ishemik tur bo'yicha); komatoz va subkomatoz holatlar (sh.j. bosh miya travmalari va intoksikatsiyalaridan keyin); rekonvalestsentsiya (harakat va ruhiy faollikni oshirish uchun); intellektual-mnestik funktsiyalar pasayishi va hissiy-irodaviy soha buzilishlari bilan kechuvchi nerv tizimi kasalliklari (sh.j. Altsgeymer kasalligi). Psixiatriya: nevrotik sindrom, astenodepressiv sindrom (turli genezli, klinik manzarasida adinamiya, astenik va senesto-ipoxondrik buzilishlar, ideator tormozlanish ustunlik qiluvchi); lanj-apatik nuqsonli holatlar (shizofreniya, psixoorganik sindrom); kompleks terapiya: `organik to'laqonli bo'lmagan zamin`da kechuvchi ruhiy kasalliklar; antidepressantlarga rezistent depressiv holatlar; yomon o'zlashtira olish
Nojo'ya ta'sirlar
- -Asab tizimi tomonidan: ruhiy qo'zg'alish, harakat tormozlanishining yo'qolishi, ta'sirlanuvchanlik, uyquchanlik, depressiya, asteniya. Ushbu nojo'ya ta'sirlar ko'pincha preparatni 2,4 g/sut dan ortiq dozada qabul qilgan keksa yoshdagi bemorlarda yuzaga keladi. Ko'pchilik hollarda preparat dozasini kamaytirib, bunday simptomlarning regressiga erishish mumkin. Yakka hollarda — bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ataksiya, epilepsiya kechishining kuchayishi, ekstrapiramidal buzilishlar, tremor, muvozanatsizlik, diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi, uyqusizlik, qo'zg'alish, xavotir, gallyutsinatsiyalar, libido oshishi. -Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda — arterial qon bosimining pasayishi yoki oshishi, stenokardiya kechishining yomonlashishi. -Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: yakka hollarda — ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og'riqlar (sh.j. gastralgiya). -Moddalar almashinuvi tomonidan: tana vaznining oshishi — ko'pincha preparatni 2,4 g/sut dan ortiq dozada qabul qilgan keksa yoshdagi bemorlarda yuzaga keladi. -Allergik reaktsiyalar: dermatit, qichishish, toshmalar, angionevrotik shish.
Retseptli / Retsepsiz
Kategoriya
Asab tizimiMavjud chiqarilish shakllari
- Tabletkalar
- Eritma
- Kapsulalar

















