Piratsetam
Piratsetam chiqarilish shakllari





Piratsetam qo'llanmasi
- Nevrologiya: bosh miya tomir kasalliklari, surunkali tserebrovaskulyar yetishmovchilik (xotira, diqqat, nutq buzilishi, bosh aylanishi, bosh og'rig'i); miya qon aylanishi buzilishlarining qoldiq ko'rinishlari (ishemik tur bo'yicha); komatoz va subkomatoz holatlar (sh.j. bosh miya travmalari va intoksikatsiyalaridan keyin); rekonvalestsentsiya (harakat va ruhiy faollikni oshirish uchun); intellektual-mnestik funktsiyalar pasayishi va hissiy-irodaviy soha buzilishlari bilan kechuvchi nerv tizimi kasalliklari (sh.j. Altsgeymer kasalligi). Psixiatriya: nevrotik sindrom, astenodepressiv sindrom (turli genezli, klinik manzarasida adinamiya, astenik va senesto-ipoxondrik buzilishlar, ideator tormozlanish ustunlik qiluvchi); lanj-apatik nuqsonli holatlar (shizofreniya, psixoorganik sindrom); kompleks terapiya: `organik to'laqonli bo'lmagan zamin`da kechuvchi ruhiy kasalliklar; antidepressantlarga rezistent depressiv holatlar; yomon o'zlashtira olish
- Piratsetam yoki pirrolidon hosilalariga, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga individual o‘zlashtira olmaslik. Miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (gemorragik insult) Buyrak yetishmovchiligining oxirgi bosqichi (kreatinin klirensi 20 ml/daq dan kam bo‘lganda). 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Homiladorlik va laktatsiya. Piratsetam yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda preparat kontsentratsiyasi uning onadagi qondagi kontsentratsiyasining 70-90% iga yetadi. Maxsus holatlardan tashqari piratsetam homiladorlik vaqtida tayinlanmasligi kerak. Ayolga piratsetam tayinlanganda ko‘krak suti bilan boqishdan saqlanish kerak.
- 1 ml 1 amp. piratsetam 200 mg 1 g Yordamchi moddalar: bir o‘rinbosarli natriy fosfat, ikki o‘rinbosarli kaliy fosfat, in'ektsiya uchun suv. 1 ml 1 amp. piratsetam 200 mg 1 g Yordamchi moddalar: bir o‘rinbosarli natriy fosfat, ikki o‘rinbosarli kaliy fosfat, in'ektsiya uchun suv. 1 ml 1 amp. piratsetam 200 mg 1 g Yordamchi moddalar: bir o‘rinbosarli natriy fosfat, ikki o‘rinbosarli kaliy fosfat, in'ektsiya uchun suv. 1 kaps piratsetam 400 mg 1 ml piratsetam 200 mg 1 ml piratsetam 200 mg Yordamchi moddalar: natriy atsetat trigidrati (sirka kislotali natriy trigidrati) - 1 mg, suyultirilgan sirka kislotasi 30% - pH 5.8 gacha, in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha. 1 ml 1 amp. piratsetam 200 mg 1 g Yordamchi moddalar: bir o‘rinbosarli natriy fosfat, ikki o‘rinbosarli kaliy fosfat, in'ektsiya uchun suv. 1 ml piratsetam 200 mg yordamchi moddalar: natriy atsetat trigidrati, suyultirilgan sirka kislotasi, in'ektsiya uchun suv. 1 ml preparat saqlaydi: faol modda sifatida 0,2 g piratsetam; yordamchi moddalar: natriy atsetat, suyultirilgan sirka kislotasi, in'ektsiya uchun suv. 1 tab. piratsetam 200 mg 1 tab. piratsetam 400 mg 1 tab. piratsetam 800 mg Faol modda: piratsetam 200 g Yordamchi moddalar: natriy atsetat, suyultirilgan sirka kislotasi - pH 5,8 gacha, in'ektsiya uchun suv 1 l gacha ta'sir etuvchi modda: - piratsetam – 1,0 g 5 ml da; yordamchi moddalar: natriy atsetat, suyultirilgan sirka kislotasi, in'ektsiya uchun suv. piratsetam 0,4g; Yordamchi moddalar: kaltsiy stearati, kartoshka kraxmali piratsetam 0,4g; Yordamchi moddalar: natriy kraxmal glikolati, magniy karbonat asosli, natriy dodetsilsulfat. piratsetam 1200 mg, Yordamchi moddalar — oldindan jelatinlangan kraxmal, kroskarmelloza natriy, povidon (polivinilpirrolidon), magniy stearati. Yordamchi moddalar (qobiq): gipromelloza, makrogol 4000, titan dioksidi. piratsetam 200 mg; Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, povidon, magniy karbonat asosli, kaltsiy stearin kislotali, saxaroza, kolloid kremniy dioksidi, titan ikki oksidi piratsetam 800 mg Yordamchi moddalar: polietilenglikol 6000, natriy kroskarmelloza (primelloza), magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi (aerosil), gidroksipropiltsellyuloza, titan dioksidi, xinolin sariq. piratsetam 800 mg, Yordamchi moddalar — oldindan jelatinlangan kraxmal, kroskarmelloza natriy, povidon (polivinilpirrolidon), magniy stearati. Yordamchi moddalar (qobiq): gipromelloza, makrogol 4000, titan dioksidi. 1 ml da tarkibi Faol modda Piratsetam 200,0 mg Yordamchi moddalar natriy atsetat trigidrati (sirka kislotali natriy 3-suvli) 1 mg suyultirilgan sirka kislotasi 30 % pH 5,6-5,8 gacha in'ektsiya uchun suv 1,0 ml gacha
- -Asab tizimi tomonidan: ruhiy qo'zg'alish, harakat tormozlanishining yo'qolishi, ta'sirlanuvchanlik, uyquchanlik, depressiya, asteniya. Ushbu nojo'ya ta'sirlar ko'pincha preparatni 2,4 g/sut dan ortiq dozada qabul qilgan keksa yoshdagi bemorlarda yuzaga keladi. Ko'pchilik hollarda preparat dozasini kamaytirib, bunday simptomlarning regressiga erishish mumkin. Yakka hollarda — bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ataksiya, epilepsiya kechishining kuchayishi, ekstrapiramidal buzilishlar, tremor, muvozanatsizlik, diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi, uyqusizlik, qo'zg'alish, xavotir, gallyutsinatsiyalar, libido oshishi. -Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda — arterial qon bosimining pasayishi yoki oshishi, stenokardiya kechishining yomonlashishi. -Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: yakka hollarda — ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og'riqlar (sh.j. gastralgiya). -Moddalar almashinuvi tomonidan: tana vaznining oshishi — ko'pincha preparatni 2,4 g/sut dan ortiq dozada qabul qilgan keksa yoshdagi bemorlarda yuzaga keladi. -Allergik reaktsiyalar: dermatit, qichishish, toshmalar, angionevrotik shish.
- 0,2 g 0,4g 1200 mg 200 mg 200 mg/ml 200, 400, 800mg 400 mg 400mg 800 mg
- tiniq rangsiz yoki kuchsiz bo'yalgan suyuqlik Kapsulalar tiniq rangsiz yoki biroz bo'yalgan suyuqlik Tiniq rangsiz yoki biroz bo'yalgan suyuqlik. Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tiniq, rangsiz yoki biroz bo'yalgan Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tiniq, rangsiz yoki biroz bo'yalgan. Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tiniq, rangsiz yoki biroz bo'yalgan. Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma biroz sarg'ish, tiniq, rangsiz Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma biroz sarg'ish, tiniq, rangsiz. qobiq bilan qoplangan tabletkalar Qobiq bilan qoplangan tabletkalar
ILOVA-VARAQA
(pasient uchun ma‘lumot)
PIRASETAM
Preparatning savdo nomi: Pirasetam
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pirasetam
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
Bir ampula (5 ml) quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: pirasetam –1,0 g;
yordamchi moddalar: natriy asetati trigidrati, suyultirilgan sirka kislotasi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq rangsiz yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik
Farmakoterapevtik guruhi: boshqa psixostimulyatorlar va nootroplar.
ATX kodi: N06BX03
Qo‘llanilishi
Pirasetam demensiya tashxisi bo‘lmaganida (surunkali psixoorganik sindromni simptomatik davolash) xotira buzilishlarini yoki intellektual buzilishlarni simptomatik davolashda qo‘llanadi. Pirasetam po‘stloq miokloniyasi belgilarini kamaytirishi mumkin. Po‘stloq miokloniyasi bo‘lgan pasientlarda pirasetamni samaradorligini aniqlash uchun davolashni sinov kursini o‘tkazish zarur.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat vena ichiga (v/i) yoki mushak ichiga (m/i) 30-160 mg/kg sutkalik dozada (sutkada 3-12 g) buyuriladi, yuborish soni – sutkada 2-4 marta.
Psixoorganik sindromini simptomatik davolashda simptomlarning yaqqolligiga qarab, preparat sutkada 1,2-2,4 g; birinchi hafta davomida esa – sutkada – 4,8 g buyuriladi.
Psixoorganik sindrom va kortikal miokloniyada davolash sutkada 7,2 g dozadan boshlanadi, har 3-4 kunda dozani maksimal sutkada 24 g dozagacha erishilguncha sutkada
4,8 g ga oshiriladi. Davolash kasallikning butun davri davomida davom ettiriladi. Har 6 oyda hurujni oldini olish maqsadida, har 2 kunda dozani 1,2 ga asta-sekin kamaytirib dozani kamaytirish yoki preparatni bekor qilishga urinib ko‘rish kerak. Samara bo‘lmaganida yoki ahamiyatsiz terapevtik samarada davolash to‘xtatiladi.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozalash tartibiga KK qarab tuzatish kiritish talab qilinadi.
| Buyrak yetishmovchi-ligining darajasi | Kreatinin klirensi (ml/min) | Dozalash |
| Norma | >80 | Odatdagi doza |
| Yengil | 50-49 | Odatdagi dozaning 2/3 qismi 2-3 qabulda |
| O‘rtacha | 30-49 | Odatdagi dozaning 1/3 qismi 2 qabulda |
| Og‘ir | <30 | Odatdagi dozaning 1/6 qismi, bir marta |
| Yakuniy bosqichi | – | Qo‘llash mumkin emas |
Keksa bemorlarda buyrak yetishmovchiligi bo‘lganida dozaga tuzatish kiritiladi va uzoq muddatli davolashda buyraklar faoliyatining funksional holatini nazorat qilish kerak.
Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Buyrak va jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dozaga yuqorida ko‘rsatilganidek, KK ga qarab tuzatish kiritiladi.
Pirasetamni in‘eksion shakllari dori vositasini peroral qabul qilish imkoni bo‘lmaganda buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nerv tizimi tomonidan: ruhiy qo‘zg‘alish, harakatni to‘xtab qolishi, ta‘sirchanlik, o‘zini tutib turaolmaslik, diqqatni jamlay olmaslik, xavotirlik, uyqusizlik yoki uyquchanlik, depressiya, ataksiya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ekstrapiramid buzilishlar (shu jumladan giperkinez), tirishishlar, tremor.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: abdominal og‘riqlar, qorinning yuqori qismida og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani pasayishi.
Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuchanlik, shu jumladan anafilaksiya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: dermatit, qichishish, toshmalar, shish.
Qon tizimi tomonidan: qon ivishini buzilishi.
Qon tomir buzilishlari: kam hollarda tromboflebit (in‘eksion shakli uchun), arterial gipotenziya (in‘eksion shakli uchun).
Boshqalar: jinsiy faollikni oshishi, stenokardiyani kechishini yomonlashishi, tana vaznini oshishi, asteniya.
Nojo‘ya samaralar ko‘pincha, sutkada 2,4 g dan yuqori dozani qabul qilayotgan keksa yoshdagi bemorlarda aniqlanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Pirasetamga yoki pirrolidon hosilalariga, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
Preparatni buyurish vaqtida psixomotor qo‘zg‘alish.
Gentington xoreyasi.
Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlari (gemorragik insult).
Buyrak yetishmovchiligining yakuniy bosqichi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam).
Homiladorlik va laktasiya davri.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: gemostazni buzilishi, katta jarrohlik aralashuvlari, og‘ir qon ketishi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Qalqonsimon bezi gormonlari bilan bir vaqtda buyurilganda ongni chalkashishi, ta‘sirchanlik, dezorientasiya va uyquni buzilishi bo‘lishi mumkin.
Markaziy nerv tizimini (MNT) rag‘batlantiradigan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda MNT haddan ziyod rag‘batlantiradigan bo‘lishi mumkin.
Neyroleptiklar bilan buyurilganda ekstrapiramid buzilishlarini paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.
Klonazepam, fenitoin, fenobarbital, natriy valproati bilan o‘zaro ta‘sirlari aniqlanmagan.
Pirasetam yuqori dozalarda (sutkada 9,6 g) venoz trombozi bo‘lgan bemorlarda asenokumarolning samaradorligini oshiradi (trombositlar agregasiyasining darajasini, fibrinogenning darajasini, Villebrand omillarini, qon va plazmaning qovushqoqligini faqat asenokumarolning o‘zini qo‘llash bilan solishtirganda, yaqqolroq pasaytirishi aniqlangan).
Pirasetamning farmakodinamikasini boshqa dori preparatlarning ta‘sirida o‘zgarishini ehtimoli kam, chunki preparatning 90% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
In vitro sharoitda Pirasetam 142, 426 va 1422 mkg /ml konsentrasiyalarda CYP1A2, 2B6, 2C8, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1 va 4A9/11 izofermentlarini susaytirmaydi. Pirasetamning
1422 mkg/ml konsentrasiyasida CYP2A6 (21%) va 3A4/5 (11%) biroz susayishi aniqlangan. Ammo ushbu ikki izofermentni Ki darajasi 1422 mkg/ml dan oshganda ham yetarli. Shuning uchun boshqa preparatlar bilan metabolik o‘zaro ta‘sirlari ehtimoli kam.
Tutqanoqqa qarshi preparatlarni (karbamazepin, fenobarbital, valproat) muntazam qabul qiladigan tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda pirasetamni sutkada 20 mg dozada qabul qilinganda ushbu preparatlarni qon zardobidagi cho‘qqi konsentrasiyasini va egri chizig‘i darajasini o‘zgartirmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda buyrak faoliyatining ko‘rsatkichlarini – qoldiq azot va kreatinin, jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda – jigarning funksional holatini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi.
Pirasetam bilan davolashni zarur bo‘lganda psixofaol, yurak-qon tomir va boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llash mumkin.
Kortikal miokloniyani davolashda, preparatni keskin bekor qilishdan (xurujlarni qayta boshlanish xavfi) saqlanish lozim.
Uyquni buzilishi paydo bo‘lgan hollarda kechqurungi qabulni bekor qilish, bu dozani kunduzgi dozaga qo‘shish kerak.
Gemodializ uchun apparatlarning filtrlovchi membranalari orqali o‘tadi.
Pirasetamni trombositlarni agregasiyasiga ta‘siri tufayli qon ketishini rivojlanish xavfi omillari: me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, ilgari o‘tkazilgan bosh miya ichiga qon quyilishlari, yaqinda o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvlari (shu jumladan stomatologik) bo‘lgan pasientlarga antikoagulyantlarni yoki antiagregantlarni, shu jumladan aspirinni kichik dozalarda qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Homiladorlik va laktasiya
Homiladorlik va emizish davrida buyurilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Avtomobilni haydashda va boshqa diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalarini tezligini talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori vositasi deyarli toksik emas. Dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam. Ammo u paydo bo‘lgan hollarda ta‘riflangan nojo‘ya samaralarni, ayniqsa markaziy nerv tizimi tomonidan–bezovtalanish, uyqusizlik yoki uyquchanlikni kuchayishi mumkin. Giperkinezalar, ataksiya.
Davolash: ko‘rsatilgan simptomlar dori vositasi bekor qilinganda tezda o‘tib ketadi. Dori vositasini klirensini oshirish uchun ko‘p suyuqlik va saluretiklarni buyurish mumkin. Gemodializni (pirasetamin 50-60% chiqarilishi) buyurish mumkin.
Chiqarilish shakli
5 ml dan ampulalarda, o‘ramda №10; №5x1; №5x2.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Piratsetam narxlari
Piratsetam barcha rasmlari





































