PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10

PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda MITYdan tez va deyarli to'liq so'riladi. Plazmada Cmax ga taxminan 30 daqiqadan so'ng, likvorda - 2-8 soatdan keyin erishiladi. Ko'rinadigan Vd 0,6 l/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanmaydi.
Barcha organlar va to'qimalarda taqsimlanadi, GEB va yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Bosh miya po'stlog'i to'qimalarida, asosan peshana, tepa va ensa bo'laklarida, miyacha va bazal gangliyalarda tanlab to'planadi.
Plazmadan T 4-5 soatni, likvordan - 6-8 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligida T ortadi.
Farmakologik ta'siri
Nootrop vosita. Miya qon aylanishi va metabolik jarayonlarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Glyukoza utilizatsiyasini oshiradi, metabolik jarayonlarning kechishini yaxshilaydi, ishemiyalangan zonalarda mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, faollashgan trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qiladi. Gipoksiya, intoksikatsiya, elektroshok keltirib chiqaradigan bosh miya shikastlanishlarida himoya ta'sirini ko'rsatadi. Miyaning integrativ faoliyatini yaxshilaydi. Sedativ va psixostimulyatsiya qiluvchi ta'sir ko'rsatmaydi.
Nojo'ya samaralari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - dispeptik alomatlar, qorinda og'riq.
MNS tomonidan: kamdan-kam hollarda - asabiylik, qo'zg'alish, ta'sirchanlik, bezovtalik, uyqu buzilishi, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, tremor; ba'zi hollarda - holsizlik, uyquchanlik.
Boshqalar: seksual faollikning oshishi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Gemostazning yaqqol buzilishi bo'lgan bemorlarda, katta jarrohlik amaliyotlarida va og'ir qon ketishlarda; buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Buyrak funksiyasi ko'rsatkichlarini doimiy nazorat qilish tavsiya etiladi.
Uyqu buzilishlari paydo bo'lgan taqdirda piratsetamning kechki qabulini bekor qilib, ushbu dozani kunduzgi qabulga qo'shish tavsiya etiladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Gemorragik insult, og'ir buyrak yetishmovchiligi (KK<20 ml/daq bo'lganda), piratsetamga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Pirasetamning triyod-tironin va tetrayod-tironin saqlovchi qalqonsimon bez ekstrakti bilan bir vaqtda qo'llanilganda o'zaro ta'siri holati tasvirlangan, bunda bemorda bezovtalik, ta'sirchanlik va uyqu buzilishi kuzatilgan.
Qalqonsimon bez gormonlari preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda markaziy samaralar - tremor, bezovtalik, ta'sirchanlik, uyqu buzilishi, ong chalkashishi rivojlanishi mumkin.
MNS stimulyatorlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda psixostimulyatsiya qiluvchi ta'sir kuchayishi mumkin.
Neyroleptiklar bilan bir vaqtda qo'llanilganda ekstrapiramidal buzilishlarning kuchayishi kuzatiladi.
Dozirovkasi
Muayyan preparatning qo'llash usuli va dozalash rejimi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Optimal dozalash rejimini shifokor belgilaydi. Muayyan preparatning qo'llaniladigan dori shaklining qo'llash ko'rsatmalariga va dozalash rejimiga qat'iy rioya qilish kerak.
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10 o'xshash dorilari




PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10 xususiyatlari
Piratsetam boshqa chiqarish shakllari



PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10 analoglari










