PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N10

PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N10 o'xshash dorilari



PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N10 qo'llanmasi
Preparatning qon plazmasidan yarim chiqarilish davri 4-5 soatni va orqa miya suyuqligidan 8,5 soatni tashkil qiladi, bu buyrak yetishmovchiligida uzayadi. Jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda piratsetamning farmakokinetikasi o'zgarmaydi. Gematoensefalik va yo'ldosh to'siqlari, shuningdek gemodializ membranalari orqali o'tadi.
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotda piratsetam bosh miya po'stlog'i to'qimalarida, asosan peshana, tepa va ensa bo'laklarida, miyacha va bazal gangliylarda tanlab to'planishi aniqlangan.
Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanmaydi, organizmda metabolizmga uchramaydi va buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi. Piratsetamning 80-100 % i buyraklar orqali o'zgarmagan holda buyrak filtratsiyasi yo'li bilan chiqariladi. Sog'lom ko'ngillilarda piratsetamning buyrak klirensi 86 ml/daqiqani tashkil qiladi.
Quyida sanab o‘tilgan noxush dori reaksiyalari klinik tadqiqotlarda va ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyingi kuzatuv natijalari bo‘yicha aniqlangan hamda tizim-a’zolar sinflari bo‘yicha guruhlangan. Tezlik gradatsiyasi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 dan 1/1000 dan 1/10000 dan 1/1000), juda kam hollarda (
Qon va limfa tizimi tomonidan Tezligi noma’lum: qonash.
Immun tizimi tomonidan
Tezligi noma’lum: anafilaktoid reaksiyalar, o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Ruhiyat tomonidan Tez-tez: asabiylik.
Tez-tez emas: depressiya.
Tezligi noma’lum: ajitatsiya, xavotir, ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar.
Asab tizimi tomonidan Tez-tez: giperfaollik.
Tez-tez emas: uyquchanlik.
Tezligi noma’lum: ataksiya, muvozanat buzilishi, epilepsiya kechishining zo‘rayishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, tremor.
Eshitish a’zosi va labirint tomonidan Tezligi noma’lum: vertigo.
Tomirlar tomonidan
Kam hollarda: tromboflebit, arterial gipotenziya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan
Tezligi noma’lum: abdominal og‘riq (sh.j. yuqori bo‘limlarda), diareya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan
Tezligi noma’lum: angionevrotik shish, dermatit, qichishish, eshakemi.
Reproduktiv tizim tomonidan
Tezligi noma’lum: seksual maylning kuchayishi.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar Tez-tez emas: asteniya.
Kam hollarda: yuborilgan joyda og‘riq, isitma.
Laborator-instrumental ma’lumotlar Tez-tez: tana vaznining oshishi.
Antiagregant ta'siri oqibatida («Farmakodinamika» bo‘limiga qarang), piratsetam og‘ir gemorragik buzilishlari bo‘lgan, qon ketish xavfi (masalan, oshqozon yarasida), gemostaz buzilishlari, jarrohlik amaliyotlari, shu jumladan stomatologik aralashuvlar bo‘lgan bemorlarga, antikoagulyantlar va antiagregantlar, sh.j. asetilsalisil kislotasining past dozalarini qabul qilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan tayinlanishi kerak.
Piratsetam buyraklar orqali chiqarilishi sababli, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga preparatni tayinlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qarang).
Kortikal miokloniyani davolashda davolashni keskin to‘xtatishdan saqlanish kerak, chunki bu xurujlarning qaytalanishini keltirib chiqarishi mumkin.
Keksa yoshdagi bemorlarni uzoq muddatli terapiyasida buyrak funksiyasi ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi, zarurat tug‘ilganda KK tekshiruvi natijalariga qarab dozani to‘g‘irlash o‘tkaziladi.
Gemodializ apparatlarining filtrlovchi membranalari orqali o‘tadi.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Piratsetamga, pirrolidon hosilalariga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Gemorragik insultning o‘tkir fazasi.
Buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlari (kreatinin klirensi (KK) 20 ml/daq dan kam).
Preparat tayinlash vaqtidagi psixomotor qo‘zg‘alish.
Gentington xoreyasi.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Ehtiyotkorlik bilan:
• gemostazning buzilishi;
•keng ko‘lamli jarrohlik amaliyotlari;
• og‘ir qon ketish;
• buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi KK 20-80 ml/daq).
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Homiladorlik vaqtida piratsetamni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma’lumotlar yo‘q. Hayvonlardagi tadqiqotlar homiladorlikka, embrion/homila rivojlanishiga, tug‘ruqqa yoki postnatal rivojlanishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatmadi.
Piratsetam yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda piratsetam plazma konsentratsiyasi onanikining 70-90% ini tashkil qiladi. Piratsetamni homiladorlik vaqtida faqat istisno hollarda, agar ona uchun foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lsa va homiladorning klinik holati piratsetam bilan davolashni talab qilsa, tayinlash kerak.
Emizish davri
Piratsetam ko‘krak sutiga o‘tadi. Piratsetamni emizish davrida qo‘llash mumkin emas yoki piratsetam bilan davolashda emizishni to‘xtatish kerak. Emizishni bekor qilish yoki piratsetam bilan davolashdan voz kechish to‘g‘risida qaror qabul qilishda bola uchun emizishning foydasi va ayol uchun terapiyaning foydasini o‘zaro solishtirish kerak.
Piratsetam farmakokinetikasining boshqa dori preparatlari ta'sirida o'zgarish ehtimoli past, chunki preparatning 90 foizi o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.
Qalqonsimon bez gormonlari
Piratsetam va qalqonsimon bez ekstrakti (triyodtironin + tiroksin) bir vaqtda qo'llanilganda ongning chalkashishi, asabiylashish va uyqu buzilishi qayd etilgan.
Atsenokumarol
Qaytalovchi venoz trombozi bo'lgan bemorlarda o'tkazilgan e'lon qilingan ko'r klinik tadqiqotga ko'ra, piratsetam sutkada 9,6 g dozada 2,5-3,5 ga teng xalqaro normallashtirilgan nisbatga erishish uchun zarur bo'lgan atsenokumarol dozasiga ta'sir qilmaydi, ammo faqat atsenokumarolning o'zi ta'siri bilan solishtirganda, piratsetamni sutkada 9,6 g dozada qo'shish trombotsitlar agregatsiyasini, beta-tromboglobulin ajralib chiqishini, fibrinogen va Villebrand omili (VIII: C; VIII: vW: Ag; VIII: vW: RCo) konsentratsiyasini, shuningdek to'liq qon va plazma qovushqoqligini sezilarli darajada kamaytiradi.
Farmakokinetik o'zaro ta'sirlar
142, 426 va 1422 mg/ml konsentratsiyalarda piratsetam in vitro sharoitda sitoxrom P450 izofermentlarini (CYP1A2, 2B6, 2C8, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1 va 4A9/11) ingibitsiya qilmaydi. 1422 mg/ml konsentratsiyada CYP2A6 (21 %) va 3A4/5 (11%) izofermentining minimal ingibitsiyasi kuzatilgan. Biroq ingibitsiya konstantasi (Kj) qiymatlari, ehtimol, 1422 mg/ml konsentratsiyadan ancha tashqarida. Shunday qilib, piratsetamning boshqa preparatlar bilan metabolik o'zaro ta'sirlari ehtimoldan yiroq.
Tutqanoqqa qarshi vositalar
Epilepsiyasi bo'lgan, tutqanoqqa qarshi preparatlarni (karbamazepin, fenitoin, fenobarbital va valproat kislotasi) doimiy dozalarda qabul qilayotgan bemorlarda piratsetamni sutkada 20 g dozada 4 hafta davomida qabul qilish ularning maksimal va minimal konsentratsiyasini o'zgartirmagan.
Alkogol
Alkogol bilan bir vaqtda qabul qilish plazmadagi piratsetam konsentratsiyasiga ta'sir qilmagan; 1,6 g piratsetam qabul qilinganda plazmadagi etanol konsentratsiyasi o'zgarmagan.
Farmatsevtik moslik
Farmatsevtik nomoslik to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Xotira buzilishlari, intellektual buzilishlarda
2,4-4,8 g/sut dan dastlabki bir necha hafta davomida, so'ngra 2,4 g/sut ushlab turuvchi terapiyaga o'tiladi, 1,2 g/sut qabul qilish mumkin.
Kortikal miokloniyani davolash
Davolash sutkasiga 7,2 g dan boshlanadi, dozani har 3-4 kunda 4,8 g/sut ga oshirib, 24 g gacha yetkaziladi, 2-3 marta yuborishga bo'lingan holda. Miokloniyani davolash uchun boshqa preparatlar dozasini o'zgartirmaydilar. Keyinchalik davolash natijalariga ko'ra, imkon qadar miokloniyani davolash uchun boshqa dori preparatlari dozasini kamaytirish zarur.
O'tkir epizodli bemorlarda kasallik kechishi vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin, shuning uchun har 6 oyda dozani kamaytirish yoki preparatni bekor qilishga urinib ko'rish kerak. To'satdan qaytalanishni oldini olish uchun doza har 2 kunda 1,2 g ga kamaytiriladi (Lans-Adams sindromida talvasalarning to'satdan qaytalanishi ehtimolini oldini olish maqsadida - har 3-4 kunda). Peroral qabul qilish imkoni bo'lmaganda preparat o'sha dozada vena ichiga yuboriladi. Vena ichiga yuborish bir necha daqiqa davomida amalga oshiriladi; vena ichiga infuzion yuborishda sutkalik doza 24 soat davomida kateter orqali doimiy tezlikda yuboriladi.
Keksa bemorlar
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan keksa bemorlarga dozani to'g'rilashni o'tkazish kerak (quyida «Buyrak yetishmovchiligi» ga qarang). Uzoq muddatli davolashda dozani to'g'rilash zaruratini aniqlash maqsadida muntazam ravishda kreatinin klirensini (KK) baholash kerak.
Buyrak yetishmovchiligi
Pirasetam faqat buyraklar orqali chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan yoki buyrak funksiyasini nazorat qilishni talab qiluvchi bemorlarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Yarim chiqarilish davri buyrak funksiyasi va KK ning yomonlashishiga to'g'ridan-to'g'ri proportsional ravishda oshadi; bu kreatinin ekskretsiyasi yoshga bog'liq bo'lgan keksa odamlarga ham tegishli.
Shu munosabat bilan doza quyidagi jadvalga muvofiq to'g'rilanadi.
Buyrak funksiyasi KK (ml/daq)
Dozalash rejimi
Norma >80 Standart doza 2-4 qabulda
Yengil buyrak yetishmovchiligi 50-79 Standart dozaning 2/3 qismi 2-3 qabulda
O'rtacha buyrak yetishmovchiligi 30-49 Standart dozaning 1/3 qismi 2 qabulda
Og'ir buyrak yetishmovchiligi <30 Standart dozaning 1/6 qismi bir marta
Terminal buyrak yetishmovchiligi Qo'llash mumkin emas
Keksa bemorlarga doza buyrak yetishmovchiligi mavjud bo'lganda to'g'rilanadi, (uzoq muddatli terapiyada buyraklarning funksional holatini nazorat qilish zarur.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga dozalash
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlar dozani to'g'rilashga muhtoj emas. Ham buyrak, ham jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga dozalash "Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga dozalash" bo'limida ko'rsatilgan sxema bo'yicha amalga oshiriladi.
Ayollar uchun kreatinin klirensini olingan qiymatni 0,85 koeffitsiyentiga ko'paytirib hisoblash mumkin.
Jigar yetishmovchiligi
Jigar funksiyasining izolyatsiyalangan buzilishi bo'lgan bemorlar dozani to'g'rilashga muhtoj emas. Ham buyrak, ham jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga dozalash sxema bo'yicha amalga oshiriladi (yuqorida «Buyrak yetishmovchiligi» ga qarang).
Mushak ichiga
Preparat vena orqali yuborish qiyin bo'lganda yoki bemor haddan tashqari qo'zg'alganda yuboriladi. Mushak ichiga yuboriladigan eritma hajmi 5 ml dan oshmasligi kerak. Preparatni yuborish takroriyligi uning vena ichiga yoki peroral qo'llanilishiga o'xshash. Imkoniyat paydo bo'lganda preparatni peroral qabul qilishga o'tiladi (preparatning tegishli chiqarilish shakllarini tibbiyotda qo'llash bo'yicha yo'riqnomalarga qarang).
Davolash davomiyligi shifokor tomonidan kasallikka va simptomlar dinamikasini hisobga olgan holda belgilanadi.Dozani oshirib yuborishMumkin bo'lgan nojo'ya ta'sirlarning kuchayishi.
Davolash: maxsus antidoti yo'q. Simptomatik terapiya o'tkazish tavsiya etiladi, u gemodializni o'z ichiga olishi mumkin. Pirasetam uchun gemodializ samaradorligi 50-60% ni tashkil qiladi.
Xususiyatlar PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N10
Piratsetam boshqa chiqarish shakllari


PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 200mg/ml N10 analoglari














