Fezam
Fezam chiqarilish shakllari

Fezam haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — miya qon aylanishi yetishmovchiligi (miya tomirlari aterosklerozi, ishemik va gemorragik insultlardan, kalla-miya travmalaridan keyingi tiklanish davri, turli genezli entsefalopatiyalar); — intoksikatsiyalar; — intellektual-mnestik funktsiyalarning pasayishi bilan kechuvchi MNS kasalliklari (xotira, diqqat, kayfiyat buzilishi); — asteniya va adinamiya simptomlari ustunlik qiluvchi psixoorganik sindrom; — astenik sindrom; — labirintopatiyalar; — Mener sindromi; - kinetozlar profilaktikasi; — migren profilaktikasi; — bolalarda intellektual rivojlanishning orqada qolishi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — jigar funksiyasining og‘ir buzilishlari; — buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari; — parkinsonizm; — homiladorlik; — laktatsiya (ko‘krak suti bilan boqish); — 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Parkinson kasalligida preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Tarkibi
- TARKIBI 1 kapsula faol moddalar sifatida - piratsetam 400 mg, tsinnarizin 25 mg saqlaydi. Yordamchi moddalar - laktoza 55,0 mg, kolloid kremniy dioksidi 15,0 mg, magniy stearati 5,0 mg. Kapsula qobig‘i titan dioksidi 2%, jelatin 98% saqlaydi.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Juda kamdan-kam hollarda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari - teri toshmasi, dermatit, qichishish, shish, fotosuvchanlik ko'rinishidagi allergik reaktsiyalar. Oshqozon-ichak trakti tomonidan: ayrim hollarda so'lak ajralishining kuchayishi, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og'riqlar bo'lishi mumkin. Markaziy va periferik asab tizimi tomonidan: giperkineziya, asabiylik, uyquchanlik, depressiya; yakka hollarda - bosh aylanishi, bosh og'riqlari, ataksiya, muvozanat buzilishi, uyqusizlik, sarosima, qo'zg'alish, xavotir, gallyutsinatsiyalar. Boshqalar: seksual faollikning oshishi. Keksa bemorlarda uzoq muddatli terapiyada tremor paydo bo'lishi mumkin.
Dozirovkasi
- 400 mg + 25 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Kapsulalar
Maxsus ko‘rsatmalari
Jigar va/yoki buyrak kasalliklari bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.
Yengil va o'rtacha og'irlikdagi buyrak yetishmovchiligida (KK 60 ml/min dan kam) terapevtik dozani kamaytirish yoki preparatni qabul qilish orasidagi intervalni oshirish kerak.
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda jigar fermentlari miqdorini nazorat qilish zarur.
Bemorlar Fezam qabul qilish vaqtida alkogol iste'mol qilishdan saqlanishlari kerak.
Preparat qalqonsimon bez gormonlari faolligini kuchaytiradi va tremor va bezovtalikni chaqirishi mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Fezam® preparatini qabul qilish vaqtida bemorlar transport vositalarini boshqarishda va mashinalar va uskunalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak, chunki davolash boshida tsinnarizin uyquchanlik chaqirishi mumkin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Kattalarga preparat 1-2 kaps. dan sutkasiga 3 marta kasallikning og‘irligiga qarab 1-3 oy davomida tayinlanadi. Davolash kursi - yiliga 2-3 marta.
5 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 kaps. dan sutkasiga 1-2 marta tayinlanadi. Davolash kursi - 1,5-3 oy.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)

















