Ташкент
logo
SavatKirish

Myati Perechnoy Listya

- Myati Perechnoy Listya qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Myati Perechnoy Listyaning tarkibi
- Myati Perechnoy Listya ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Myati Perechnoy Listya narxi Toshkent dorixonalarida

Myati Perechnoy Listya qo'llanmasi

Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Rossiya Federatsiyasi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MYATЫ PERECHNOY LISTYa

FOLIA MENTHAE PIPERITAE

 

Savdo nomi: Myatы perechnoy listya.

Yasnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub, ko‘p yillik madaniylashtirilgan qalampir yalpiz (Mentha piperita L.) o‘simligining gullash davrida yig‘ib va quritilgan barglari.

Dori shakli: Dorivor o‘simlik xom ashyosi.

Tarkibida: Efir moyi, uning tarkibida asosan mentol va mentol efirlari, flavonoidlar, ursol va omanol kislotalari bor.

Farmakoterapevtik guruxi: Spazmolitik vositalar.

 

Farmakologik xususiyatlari

Ichga qabul qilinganda reflektor ta‘siri natijasida spazmolitiq, tinchlantiruvchi va safro xaydovchi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Qo‘llanilishi

Ko‘ngil aynishida, qusishda va silliq mushaklarni spazmini yuqotish uchun spazmolitik vosita sifatida qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Damlama ko‘rinishida qo‘llaniladi. Damlamani tayyorlash uchun 5 g qalampir yalpiz barglarini sirlangan idishga solib, ustidan 1 stakan (200 ml) xona xaroratidagi qaynatilgan suv quyiladi, qopqoq bilan yopiladi va qaynayotgan suv xammomida 15 minut davomida qizdiriladi, keyin 45 minut davomida xona xaroratida sovutiladi, doka yordamida suzib o‘tkaziladi, qolgan xom-ashyo siqiladi. Olingan damlama xajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi. Damlamani salqin joyda 2 sutkagacha saqlash mumkin.

Ichga 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 marta ovqatdan 15 minut oldin qabul qilinadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatga yuqori sezuvchanliqda allergik reaqsiyalar bulishi mumkin.

Qullash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

30 g, 50 g, 100 g dan karton yoki polietilen o‘ramlarda yoki 15 kg, 25 kg, 40 kg dan qoplarda, toylarda.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalarda berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Myati Perechnoy Listya barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Myati Perechnoy Listya savollari

Myati Perechnoy Listya fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil