Apteka.uz
SavatKirish

Nazivin

Nazivin chiqarilish shakllari

NAZIVIN burun uchun tomchilar 0.025%
Retseptsiz
NAZIVIN burun uchun tomchilar 0.025%
Portugaliya
Ishlab chiqaruvchi:
Merck Selbstmedikation GmbH, Germaniya proizvedeno: Sofarimex-Industria Quimica e Farmaceutica, S.A.
•5 ta dorixonada bor
Narxi
65 000 so'm dan
NAZIVIN burun uchun tomchilar 0.05%
Retseptsiz
NAZIVIN burun uchun tomchilar 0.05%
Portugaliya
Ishlab chiqaruvchi:
Merck Selbstmedikation GmbH, Germaniya proizvedeno: Sofarimex-Industria Quimica e Farmaceutica, S.A.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
NAZIVIN sprey 10ml 0,05%
Retseptli
NAZIVIN sprey 10ml 0,05%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merck KGaA
•1 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
NAZIVIN burun uchun tomchilar 10ml 0,05%
NAZIVIN burun uchun tomchilar 10ml 0,05%
Portugaliya
Ishlab chiqaruvchi:
Sofarimeks-Industriya Kimika e Farmasuetika S.A.
•4 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
NAZIVIN burun uchun tomchilar 10ml 0,025%
NAZIVIN burun uchun tomchilar 10ml 0,025%
Portugaliya
Ishlab chiqaruvchi:
Sofarimeks-Industriya Kimika e Farmasuetika S.A.
•5 ta dorixonada bor
Narxi
65 000 so'm dan
NAZIVIN burun uchun tomchilar 5ml 0,01%
NAZIVIN burun uchun tomchilar 5ml 0,01%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk KGaA
•17 ta dorixonada bor
Narxi
44 900 so'm dan
- Nazivin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Nazivinning tarkibi
- Nazivin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Nazivin narxi Toshkent dorixonalarida

Nazivin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Germaniya,
Portugaliya,
Ispaniya/Avstriya
Kategoriya
Faol modda

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • - rinit ko'rinishlari bilan kechuvchi o'tkir respirator kasalliklar; - o'tkir allergik rinit; - vazomotor rinit zo'rayishi; - sinusitlar, evstaxiit, o'rta otitda burun yondosh bo'shliqlaridan ajralma oqib chiqishini yengillashtirish uchun; - burun yo'llaridagi diagnostik manipulyatsiyalardan oldin shishni bartaraf etish uchun

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Sekret ajralmasdan burun yo‘llari shilliq qavatining yallig‘lanishi, surunkali yurak yetishmovchiligi, gipertireoz, qandli diabet, homiladorlik, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ko‘z tomchilari uchun), oksimetazolinga yuqori sezuvchanlik, atrofik rinit, laktatsiya davri, aritmiyalar, yaqqol ateroskleroz, arterial gipertenziya, SBE (surunkali buyrak yetishmovchiligi), yopiq burchakli glaukoma.

Tarkibi

  • Nazivin 0,01% – Oksimetazolin gidroxloridi 0,1 mg; Yordamchi moddalar: Limon kislotasi monogidrati 0,6093 mg Natriy sitrat 3,823 mg Glitserol (85%) 24,348 mg Benzalkoniy xlorid (50% eritma) 0,100 mg Tozalangan suv 979,020 mg (0,1% uchun) Nazivin 0,025% – Oksimetazolin gidroxloridi 0,25 mg; Yordamchi moddalar: Limon kislotasi monogidrati 0,6093 mg Natriy sitrat 3,823 mg Glitserol (85%) 24,348 mg Benzalkoniy xlorid (50% eritma) 0,100 mg Tozalangan suv 978,870 mg (0,25% uchun) Nazivin 0,05% – Oksimetazolin gidroxloridi 0,5 mg; Yordamchi moddalar: Limon kislotasi monogidrati 0,6093 mg Natriy sitrat 3,823 mg Glitserol (85%) 24,348 mg Benzalkoniy xlorid (50% eritma) 0,100 mg Tozalangan suv 978,600 mg (0,5% uchun) Nazivin® Sensitiv 11,25 mkg/doza – Oksimetazolin gidroxloridi 0,250 mg Yordamchi moddalar: Limon kislotasi monogidrati 0,609 mg Natriy sitrat digidrati 3,823 mg Glitserol (85%) 24,921 mg Tozalangan suv 978,397 mg (11,25 mkg/doza uchun) Oksimetazolin 0,250mg; Yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati, natriy sitrat digidrati, glitserol /85%/, suv Oksimetazolin 0,500mg; Yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati, natriy sitrat digidrati, glitserol /85%/, suv Oksimetazolin gidroxloridi 0,100 mg Yordamchi moddalar: Limon kislotasi monogidrati 0,609 mg Natriy sitrat digidrati 3,823 mg Glitserol (85%) 24,921 mg Tozalangan suv 978,547 mg Oksimetazolin gidroxloridi 0,5 mg Yordamchi moddalar: Limon kislotasi monogidrati 0,6093 mg Natriy sitrat 3,823 mg Glitserol (85%) 24,348 mg Benzalkoniy xlorid (50% eritma) 0,100 mg Tozalangan suv 978,600 mg

Farmakokinetikasi

Mahalliy intranazal qo‘llanilganda oksimetazolin tizimli ta'sirga ega emas. Intranazal yuborilganda oksimetazolinning yarim chiqarilish davri 35 soatni tashkil qiladi. Oksimetazolinning 2,1% siydik bilan va taxminan 1,1% axlat bilan chiqariladi

Farmakologik ta'siri

Nazivin® Sensitiv (oksimetazolin) tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Yallig'langan burun shilliq qavatiga mahalliy surtilganda uning shishini va burundan ajralmalarni kamaytiradi. Burun orqali nafas olishni tiklaydi. Burun shilliq qavati shishining bartaraf etilishi burun yondosh bo'shliqlari, o'rta quloq bo'shlig'i aeratsiyasini tiklashga yordam beradi, bu esa bakterial asoratlar (gaymorit, sinusit, o'rta otit) paydo bo'lish ehtimolini kamaytiradi. Terapevtik kontsentratsiyalarda mahalliy intranazal qo'llanilganda burun shilliq qavatini ta'sirlamaydi va giperemiyani keltirib chiqarmaydi. Oksimetazolin tez ta'sir qila boshlaydi, bir necha daqiqa ichida. Nazivin® Sensitiv ta'sirining davomiyligi 12 soatgacha.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ba'zida: burun qobiqlarining achishishi yoki qurishi, aksirish. Kamdan-kam hollarda: Nazivin® qo'llash samarasi o'tgandan keyin burunning kuchli "bitishi" hissi (reaktiv giperemiya). Mahalliy nazal foydalanishda ko'p marta doza oshirib yuborilishi ba'zida puls tezlashishi (taxikardiya) va arterial qon bosimining oshishi kabi tizimli simpatomimetik ta'sirlarga olib keladi. Juda kamdan-kam hollarda bezovtalik, uyqusizlik, charchoq, bosh og'riqlari va ko'ngil aynishi kuzatilgan. Qon tomirlarni toraytiruvchi preparatlardan uzoq muddat uzluksiz foydalanish taxifilaksiya, burun bo'shlig'i shilliq qavati atrofiyasi va burun shilliq qavatining qaytalanuvchi shishiga (medikamentoz rinit) olib kelishi mumkin.

Dozirovkasi

  • 0,01% 0,025% 0,05%

Dozani oshirib yuborilishi

Sezilarli darajada doza oshirib yuborilganda yoki ichga qabul qilinganda qorachiqlarning torayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, tsianoz, tana haroratining ko‘tarilishi, taxikardiya, aritmiya, kollaps, yurak faoliyatining susayishi, arterial gipertenziya, o‘pka shishi, nafas olishning buzilishi kuzatilishi mumkin.

Dori shaklining ta'rifi

  • Nazal tomchilar nazal tomchilar Nazal sprey 0.05% Dozalangan nazal sprey

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi dori vositalarining so‘rilishini sekinlashtiradi, ularning ta’sirini uzaytiradi. Oldingi 2 hafta davomida va ular bekor qilingandan so‘ng 2 hafta davomida monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlarini, tritsiklik antidepressantlar yoki arterial bosim oshishiga yordam beruvchi boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarda — arterial bosim oshishi. Boshqa tomir toraytiruvchi dori vositalarini birga tayinlash nojo‘ya samaralar rivojlanish xavfini oshiradi.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NAZIVIN®

NASIVIN

Preparatning savdo nomi: Nazivin®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): oksimetazolin

Chiqarilish shakli: nazal tomchilar

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda:

0,01% li Nazivin – 0,1 mg oksimetazolin gidroxloridi

0,025% li Nazivin – 0,25 mg oksimetazolin gidroxloridi

0,05% li Nazivin – 0,5 mg oksimetazolin gidroxloridi

Yordamchi moddalar:

Limon kislotasi monogidrati ……………………0,6093 mg

Natriy sitrati digidrati ………………………….3,823 mg

Gliserol (85%)…………………………………………..24,348 mg

Benzalkoniy xloridi (50% li eritma) …………0,100 mg

Tozalangan suv …………………………………………979,020 mg (0,01% li uchun); 978,870 mg (0,025% li uchun); 978,600 mg (0,05% li uchun)

Ta‘rifi: deyarli tiniq, rangsizdan biroz sarg‘ish rangligacha bo‘lgan eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: alfa2–adrenomimetik vosita.

ATX kodi: R01AA05.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Nazivin® (oksimetazolin) preparati tomirlarni toraytiruvchi ta‘sirga ega. Yallig‘langan burun shilliq qavatiga mahalliy qo‘llanganida, uning shishi va burundan ajralmalarni kamaytiradi.

Burun orqali nafasni tiklaydi.

Burun shilliq qavatini shishini bartaraf qilinishi, burunning yondosh bo‘shliqlarining, o‘rta quloq bo‘shlig‘ining aerasiyasini tiklanishga yordam beradi, bu bakterial asoratlarni (gaymoritni, sinusitni, o‘rta otitni) rivojlanishini oldini oladi.

Preparat tez ta‘sir qila boshlaydi (bir necha minut davomida).

Preparatning ta‘sir davomiyligi 12 soatgacha.

Farmakokinetikasi

Mahalliy intranazal qo‘llanganida oksimetazalin tizimli ta‘sirga ega emas. Yarim chiqarilish davri intranazal yuborilganida 35 soat tashkil qiladi. 2,1% oksimetazolin siydik bilan va taxminan 1,1% ahlat bilan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

  • tumov bilan kechuvchi o‘tkir respirator kasalliklarni davolash;
  • allergik rinit;
  • vazomotor rinit;
  • burunning yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanishida, yevstaxiitda, o‘rta otitda drenajni tiklanishi uchun;
  • burun yo‘llarida o‘tkaziladigan diagnostik muolajalardan oldin shishni bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

0,01%, 0,025% va 0,05% li Nazivin® tomchilari burunga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar: 0,05% li Nazivin® tomchilari 1-2 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta qo‘llanadi.

1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 0,025% li Nazivin® tomchilari 1-2 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta qo‘llanadi.

1 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 4 haftalikkacha bo‘lgan bolalarga 0,01% li Nazivin® 1 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta buyuriladi. 5 haftalikdan boshlab 1 yoshgacha – 1-2 tomchidan har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta buyuriladi.

Aniq dozalashni ta‘minlash uchun 0,01% li Nazivin® tomchilari bo‘lgan flakon, tomchilarning miqdorini belgilari bo‘lgan darajalangan pipetkaga ega. Masalan, agar 1 tomchi buyurilgan bo‘lsa, pipetkani eritma bilan 1 belgisigacha to‘ldirish lozim.

Shuningdek quyidagi muolajaning ham samaradorligi isbotlangan: yoshiga qarab 0,01% li eritmaning 1-2 tomchisini paxtaga tomiziladi va burun yo‘llariga surtiladi.

0,01%, 0,025% va 0,05% li Nazivin® tomchilarini 3-5 kun davomida qo‘llash kerak. Tavsiya qilinganidan yuqori dozalarni faqat shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ba‘zida: burun shilliq qavatini achishishi yoki quruqligi, aksirish.

Kam hollarda: Nazivin® ning samarasi o‘tganidan so‘ng, burunni kuchli “bitishi” hissi bo‘ladi (reaktiv giperemiya). Mahalliy nazal qo‘llanganida, ko‘p marta dozani oshirib yuborilishi ba‘zan pulsni tezlashishi (taxikardiya) va arterial bosimni oshishi kabi tizimli simpatomimetik samaralarga olib keladi. Juda kam hollarda bezovtalik, uyqusizlik, toliqish, bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishi kuzatilgan.

Uzoq davomiylik tinimsiz tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni qo‘llanilishi taxifilaksiyaga, burun bo‘shlig‘ini shilliq pardasini atrofiyasiga va burun bo‘shlig‘ini shilliq pardasini qayta shishiga (dori riniti) olib kelishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Atrofik rinit, yopiq burchakli glaukoma; preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Turli yosh toifalari uchun mo‘ljallangan preparatning tavsiya qilingan konsentrasiyalariga rioya qilish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).

Ehtiyotkorlik bilan

Monoaminooksidaza ingibitorlarini va arterial bosimni oshishiga yordam beruvchi boshqa preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda ularni qabul qilgandan keyin 10 kun o‘tgandan keyingi davrda; ko‘z ichki bosimi oshganida, homiladorlik va laktasiya davrida, yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir shakllarida (gipertoniya, stenokardiya); tireotoksikozda va qandli diabetda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

MAO ingibitorlari va trisiklik antidepressantlar bir vaqtda buyurilganida – arterial bosimni oshishi.

Tomirlarni toraytiruvchi boshqa dori vositalarni birga buyurilishi nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni uzoq muddat ishlatishga va dozasini oshirib yuborishga, ayniqsa bolalarda yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanganida tavsiya etilgan dozani oshirish mumkin emas. Preparat faqat, ona va homila uchun xavf va foyda nisbati sinchkov baholanganidan keyin qo‘llanishi lozim.

Transport vositalari va qurilmalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Uzoq muddat qo‘llanganidan keyin yoki tavsiya qilinganidan ortiqroq dozalarda oksimetazolin saqlovchi tumovga qarshi vositalarni qabul qilgandan keyin, yurak-tomir tizimiga va markaziy nerv tizimiga umumiy ta‘sirini inkor etish mumkin emas.

Bunday hollarda transport vositalari va qurilmalarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani sezilarli oshirib yuborilishida yoki tasodifan ichga qabul qilinganida quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: qorachiqni torayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, sianoz, tana haroratini oshishi, taxikardiya, aritmiya, kollaps, yurak faoliyatini susayishi, arterial gipertenziya, o‘pka shishi, nafas buzilishlari. Bundan tashqari, ruxiy buzilishlar, shuningdek uyquchanlik, tana haroratini pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, nafasni to‘xtab qolishi va komani rivojlanishi mumkin bo‘lgan markaziy nerv tizimining faoliyatini susayishi paydo bo‘lishi mumkin.

Preparatni ichga qabul qilish bilan bog‘liq dozani oshirib yuborilishida, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish buyuriladi.

Chiqarilish shakli

0,01%; 0,025% va 0,05% li nazal tomchilar

0,01% li Nazivin® uchun: 5 ml dan pipetka-qopqoqchali to‘q shisha flakonlarda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

0,025% va 0,05% li Nazivin® uchun: 10 ml dan pipetka-qopqoqchali to‘q shisha flakonlarda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Nazivin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Nazivin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
50 000 so'm
Buyurtma berish
А5
Mirobod tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00
50 000 so'm
А5 Filial Markaz 1
Mirzo Ulug'bek tumani, 1 mavze, 6/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
50 000 so'm
Maks Medico Biznes
Uchtepa tumani, Zulfizar ko'chasi, 119-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
58 000 so'm

Nazivin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Nazivin haqida savollar

Nazivin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil