Apteka.uz
SavatKirish

NEO VITES

NEO VITES chiqarilish shakllari

NEO VITES sirop150ml N1
NEO VITES sirop150ml N1
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Vegapharm GmbH.
NEO VITES sirop 150ml N1
NEO VITES sirop 150ml N1
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Vegapharm GmbH
- NEO VITES qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- NEO VITESning tarkibi
- NEO VITES ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- NEO VITES narxi Toshkent dorixonalarida

NEO VITES haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Bfqning har qanday komponentiga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va emizish davrida (xavfsizligi bo'yicha klinik ma'lumotlarning yo'qligi sababli).

Tarkibi

faol moddalar:
Asalari suti 150 mg
V3 vitamini (nikotinamid) 24 mg
Qizilmiya ekstrakti (Glycyrrhiza glabra) 20 mg
V6 vitamini (piridoksin) 2,96 mg
Marganes glyukonati 2mg
V12 vitamini (tsianokobalamin) 3,6 mkg
yordamchi moddalar: fruktoza, kaliy sorbati (E-202), qulupnayli xushbo'ylashtirgich,
karboksimetilsellyuloza E-466, karmin kislotasi (E-120), tozalangan suv.

Farmakologik ta'siri

Asalari suti vitaminlar, erkin yog'li kislotalar, gormonlar, organik kislotalar (pirouzumli,
sutli), mineral tuzlar, mikroelementlarning boy manbai. Asalari suti almashinuv
jarayonlarini tartibga soladi, ovqat hazm qilish organlari ishini me'yorlashtiradi, organizmni
tetiklashtiradi, viruslar va infektsiyalar oldida bardoshliligini oshiradi.
Qizilmiya ekstraktida mineral tuzlar, organik kislotalar, pektinlar, saponinlar, kraxmal,
shilimshiq, glyukoza, flavonoidlar, glisirrizin, shuningdek vitaminlar mavjud. Ular ko'pgina
almashinuv jarayonlarining katalizatorlari, me'da devorlarini qamrab oluvchi va tozalovchi
ta'sir ko'rsatadi.
V3 (nikotinamid), V6 (piridoksin), V12 vitaminlari me'daning motor funktsiyasini
me'yorlashtiradi, oshqozonosti bezi shirasini ishlab chiqarilishini va tarkibini yaxshilaydi,
jigar ishini me'yorlashtiradi, me'da-ichak trakti shilliq qavatini yangilanishiga ta'sir
ko'rsatadi.
Marganes ovqat hazm qilish jarayonini barqarorlashtiradi, oshqozonosti bezining ishida faol
ishtirok etadi.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Tavsiya etiladigan sutkalik dozasi 2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga 0,5 choy qoshiqdan kuniga 1
marta, 7 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga 1 choy qoshiqdan kuniga 1 marta. Tavsiya etilgan
dozani oshirmaslik kerak. Foydalanishdan oldin flakonni chayqatish zarur.

Maxsus ko‘rsatmalari

Turli-tuman muvozanatlangan ovqatlanishni o'rniga qo'llash kerak emas. Fruktozani nasliy ko'tara
olmaslikda qo'llash tavsiya etilmaydi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Tavsiya etiladigan sutkalik dozasi 4 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarga kuniga 0,5 choy qoshiqdan, 11
yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga kuniga 1-2 choy qoshiqdan. Tavsiya etilgan dozani oshirmaslik
kerak. Foydalanishdan oldin flakonni chayqatish zarur.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. NEO VITES preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

NEO VITES haqida savollar

NEO VITES haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil