Apteka.uz
SavatKirish

NEODERM

NEODERM chiqarilish shakllari

NEODERM krem 15g
Retseptsiz
NEODERM krem 15g
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Jiangsu Chenpai Bond Pharmaceutical Co., Ltd
•113 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
NEODERM krem 10g
Retseptsiz
NEODERM krem 10g
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Jiangsu Chenpai Bond Pharmaceutical Co., Ltd
•109 ta dorixonada bor
Narxi
39 800 so'm dan
- NEODERM qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- NEODERMning tarkibi
- NEODERM ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- NEODERM narxi Toshkent dorixonalarida

NEODERM haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik.

Farmakokinetikasi

Sirtqi qo'llanilganda ketokonazol arzimas darajada tizimli absorbsiyaga uchraydi. Hatto uzoq vaqt qo'llanilganda ham ketokonazol qonda aniqlanmaydi.

Klobetazol propionat gidrokortizonga nisbatan plazma oqsillari bilan bog'lanish qobiliyati pastroq, ammo Т1/2 i kattaroq. Asosan jigar orqali, qolgan qismi-buyraklar orqali metabolizmga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi.

Neomitsin sulfat shikastlanmagan teri va shilliq qavatlar orqali deyarli so'rilmaydi.

Farmakologik ta'siri

Neoderm kremi zamburug'larga qarshi, yallig'lanishga qarshi, qichishishga qarshi, allergiyaga qarshi va antibakterial ta'sirga ega. Kremning samaradorligi uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan belgilanadi.

Ketokonazol keng ta'sir doirasiga ega zamburug'larga qarshi vosita bo'lib, uning o'tkazuvchanligini o'zgartirish orqali zamburug' hujayra membranasiga ta'sir qiladi. Farmakologik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ketokonazol dermatofitlar (masalan Trichophyton sp., Microsporum sp., Epidermophyton sp.), saxaomitsetlar va Candida albicans ga qarshi juda kuchli antimikoz ta'sirga ega. Zamburug' shtammlari ketokonazol ta'siriga tabiiy chidamlilikka ega emas.

Klobetazol propionati kortikosteroid gormon bo'lib, minimal nojo'ya ta'sirlarga ega yuqori samarali yallig'lanishga qarshi va allergiyaga qarshi vosita sifatida namoyon bo'ladi.

Neomitsin sulfati grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga qarshi samarali vosita hisoblanadi.

Neoderm kremi tarkibidagi uchta vositaning kombinatsiyasi uni zamburug'li va bakterial infektsiyalar, yallig'lanish jarayonlari va qichishishda yuqori samarali preparatga aylantiradi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Kremni ko'zga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak! Agar krem tasodifan ko'zga tushsa, ularni ko'p miqdorda oqayotgan suv bilan yaxshilab yuvish kerak.

Preparatni yuz terisiga yoki tananing katta sohalariga uzoq vaqt davomida qo'llash zarurati bo'lganda, doimiy shifokor nazorati talab etiladi.

Dori vositasining avtotransportni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri xususiyatlari:
Aniqlanmagan.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Sirtqi. Zararlangan teri sohalariga kuniga ikki marta yupqa qatlam bilan surtiladi. Silliq terining oddiy trixofitiyasi va chov trixofitiyasini davolashda tavsiya etilgan davolash kursi 2 haftani, oyoq va kaft epidermofitiyasini davolashda esa - 4 haftani tashkil qiladi.

Nojo'ya samaralari

Odatda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Davolash vaqtida krem surtilgan joyda achishish yoki ta’sirlanish paydo bo‘lishi mumkin, biroq bu odatda preparatni bekor qilishni talab etmaydi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. NEODERM preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

NEODERM narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
40 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
40 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №2
Shayxontoxur tumani, Gulobod dahasi, 54 uy, 47-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
40 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №10
Yunusobod tumani, Yunusobod, 8-mavze, 29-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
40 000 so'm
Bron qilish

NEODERM haqida savollar

NEODERM haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil