Nevroslip
Nevroslip chiqarilish shakllari
Nevroslip haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Komponentlarga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
FAOL moddalar:
Asal – 1,2 g;
Moychechakning quruq ekstrakti (Chamomillae)– 66,6 mg;
Strastosvet gulining quruq ekstrakti va o'ti (Passiflora) - 50 mg;
Limon gulining quruq ekstrakti (Schizandra) – 50 mg;
MElissa barglarini quruq ekstrakti (Mellissa officinalis) - 50 mg;
Yordamchi moddalar:
Sukraloza, karamel bo'yog'i, xushbo'y ta'm beruvchi modda - asal.
Farmakologik ta'siri
Melissa ekstrakti tarkibidagi efir moylari (aqliy faoliyatni oshiradi, spazmlarni engillashtiradi, nerv tizimini tinchlantiradi), dubil moddalar (dezinfektsiyalovchi, yaralarni bitishini tezlashtiradi), qaxva, rozmarin, yantar, askorbin va boshqa foydali kislotalar (yog'larni parchalaydi, xolesterin to'planishini oldini oladi), flavanoidlar (yallig'lanishga qarshi, antibakterial ta'sirga ega), polifenollar (antioksidantlarga o'xshash ta'sir ko'rsatadi), smolalar (patogenlar ko'payishini oldini oladi), fermentlar (xazm qilishni yaxshilaydi) saqlayDi.
Limon gulining quruq ekstrakti vitamin S, A, E va V guruxi vitaminlari, beta - karotin, fitontsidlar, glikozidlar va bioflavonoidlarga boy, bu mexnatga layoqatlikni oshiradi, toliqishni, jizzakilikni va stressni oldini oladi, bosh og'rig'i va migrenda yaxshi yordam beradi.
Strastosvet guli va o'ti - vitaminlar, karotinoidlar, flavonoidlar, glikozidlar, saponinlar, indol qatoridagi alkaloidlar, mikroelementlar (temir, selen, kaltsiy, magniy va hokazo) o'z ichiga oladi. Bundan tashqari u erkin fenolli birikmalar, aminokislotalar va bir qator organik kislotalar olma, chumoli, linol va boshqalarni saqlaydi.
Moychechak ekstrakti – quyidagi efir moyini o'z ichiga oladi - levomenol,
xamazulen, fitontsidlar, flavonoidlardan - flavonoglikozidlar, shu qatorda kversetin, gidroksikumarinlar, seskviterpenli laktonlar (xamazulen), sitosterin, shilliq moddalar, karotin, polisaxaridlar, askorbin, izovalerian va boshqa organik kislotalar, mikroelementlardan kaliy, mis, tsink, selen.
Asal- vitaminlar va minerallarga boy manbadir. U V, K, E, S gurux vitaminlari va provitamin A saqlaydi. Yallig'lanishga qarshi, bakteritsid, bakteriostatik, zamburug'larga qarshi va antiseptik ta'sirga ega.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Ovqatdan keyin ichga qabul qilish tavsiya etiladi.
Qabul qilishdan oldin yaxshilab chayqatish kerak.
Bolalarga 0 dan 1 yoshgacha 3 ml dan kuniga 1-2 mahal.
1 yoshdan 3 yoshgacha 5 ml kuniga 1-2 mahal.
3 yoshdan 6 yoshgacha 5 ml kuniga 2-3 mahal.
6 yosh va kattalarga 5 ml kuniga 3-4 mahal.
Kattalarga 1-2 osh qoshiqdan kuniga 3 maxal.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













