Nevroslip siropi 150ml N1

Nevroslip siropi 150ml N1 o'xshash dorilari


Nevroslip siropi 150ml N1 qo'llanmasi
FAOL moddalar:
Asal – 1,2 g;
Moychechakning quruq ekstrakti (Chamomillae)– 66,6 mg;
Strastosvet gulining quruq ekstrakti va o'ti (Passiflora) - 50 mg;
Limon gulining quruq ekstrakti (Schizandra) – 50 mg;
MElissa barglarini quruq ekstrakti (Mellissa officinalis) - 50 mg;
Yordamchi moddalar:
Sukraloza, karamel bo'yog'i, xushbo'y ta'm beruvchi modda - asal.
150 ml sirop flakonlarda. 1 flakon qo'llanishga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.
Melissa ekstrakti tarkibidagi efir moylari (aqliy faoliyatni oshiradi, spazmlarni engillashtiradi, nerv tizimini tinchlantiradi), dubil moddalar (dezinfektsiyalovchi, yaralarni bitishini tezlashtiradi), qaxva, rozmarin, yantar, askorbin va boshqa foydali kislotalar (yog'larni parchalaydi, xolesterin to'planishini oldini oladi), flavanoidlar (yallig'lanishga qarshi, antibakterial ta'sirga ega), polifenollar (antioksidantlarga o'xshash ta'sir ko'rsatadi), smolalar (patogenlar ko'payishini oldini oladi), fermentlar (xazm qilishni yaxshilaydi) saqlayDi.
Limon gulining quruq ekstrakti vitamin S, A, E va V guruxi vitaminlari, beta - karotin, fitontsidlar, glikozidlar va bioflavonoidlarga boy, bu mexnatga layoqatlikni oshiradi, toliqishni, jizzakilikni va stressni oldini oladi, bosh og'rig'i va migrenda yaxshi yordam beradi.
Strastosvet guli va o'ti - vitaminlar, karotinoidlar, flavonoidlar, glikozidlar, saponinlar, indol qatoridagi alkaloidlar, mikroelementlar (temir, selen, kaltsiy, magniy va hokazo) o'z ichiga oladi. Bundan tashqari u erkin fenolli birikmalar, aminokislotalar va bir qator organik kislotalar olma, chumoli, linol va boshqalarni saqlaydi.
Moychechak ekstrakti – quyidagi efir moyini o'z ichiga oladi - levomenol,
xamazulen, fitontsidlar, flavonoidlardan - flavonoglikozidlar, shu qatorda kversetin, gidroksikumarinlar, seskviterpenli laktonlar (xamazulen), sitosterin, shilliq moddalar, karotin, polisaxaridlar, askorbin, izovalerian va boshqa organik kislotalar, mikroelementlardan kaliy, mis, tsink, selen.
Asal- vitaminlar va minerallarga boy manbadir. U V, K, E, S gurux vitaminlari va provitamin A saqlaydi. Yallig'lanishga qarshi, bakteritsid, bakteriostatik, zamburug'larga qarshi va antiseptik ta'sirga ega.
Komponentlarga individual sezuvchanlikni oshishi mumkin bo'lgan reaktsiyalar.
Biologik faol qo'shimcha sifatida bolalar va kattalar uchun, birinchi navbatda, Markaziy asab tizimining normal fiziologik funktsiyasini ta'minlash uchun tavsiya etiladi. Yumshoq tinchlantiruvchi ta'siri tufayli u qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari muvozanatini tiklaydi, asabiylikni kamaytiradi, asabiy va ruhiy ortiqcha zo'riqishlarga qarshilik ko'rsatadi. Nevroslip asab tizimi, immun tizimi va ovqat hazm qilish tizimining faoliyatini normallashtirish va saqlashga yordam beradi. Asal va romashka ekstrakti mavjudligi oshqozon-ichak traktining sog'lom bo'lishiga yordam beradi. Oshqozon, safro sekresiyasi normallashtiradi, fermentasiya jarayonlari va ichaklarda gaz hosil bo'lishi va spazmlar kamayadi, bu esa bolaning normal dam olishiga va uxlashiga yordam beradi
Komponentlarga yuqori sezuvchanlik.
Ovqatdan keyin ichga qabul qilish tavsiya etiladi.
Qabul qilishdan oldin yaxshilab chayqatish kerak.
Bolalarga 0 dan 1 yoshgacha 3 ml dan kuniga 1-2 mahal.
1 yoshdan 3 yoshgacha 5 ml kuniga 1-2 mahal.
3 yoshdan 6 yoshgacha 5 ml kuniga 2-3 mahal.
6 yosh va kattalarga 5 ml kuniga 3-4 mahal.
Kattalarga 1-2 osh qoshiqdan kuniga 3 maxal.




