Apteka.uz
SavatKirish

Neyromultivit

Neyromultivit chiqarilish shakllari

NEYROMULTIVIT inyeksiya uchun eritma 2ml N5
Retseptli
NEYROMULTIVIT inyeksiya uchun eritma 2ml N5
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Valeant, OOO, Rossiya proizvedeno: G.L. Pharma GmbH
•64 ta dorixonada bor
Narxi
76 500 so'm dan
- Neyromultivit qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Neyromultivitning tarkibi
- Neyromultivit ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Neyromultivit narxi Toshkent dorixonalarida

Neyromultivit qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Avstriya
Kategoriya

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Quyidagi nevrologik kasalliklarning kompleks terapiyasi tarkibida: — turli etiologiyali polinevropatiyalar (sh.j. diabetik, alkogolli); — qovurg'alararo nevralgiya; — uch shoxli nerv nevralgiyasi; — umurtqa pog'onasining degenerativ o'zgarishlari chaqirgan ildizcha sindromi; — bo'yin sindromi; — elka-kurak sindromi; — bel sindromi; — lyumboishialgiya.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — bolalar yoshi (preparatni qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan); — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Neyromultivit®ni homiladorlik va laktatsiya (ko‘krak suti bilan boqish) davrida ushbu davrlarda preparatni qo‘llash xavfsizligini tasdiqlovchi ishonchli klinik ma’lumotlar yo‘qligi sababli qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Tarkibi

  • 1 tab. tiamin gidroxloridi (vit. B1) 100 mg piridoksin gidroxloridi (vit. B6) 200 mg sianokobalamin (vit. B12) 200 mkg Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza - 80 mg, magniy stearati - 4.8 mg, povidon - 15 mg. Qobiq tarkibi: makrogol 6000 - 9 mg, titan dioksidi - 11.25 mg, talk - 30 mg, gipromelloza - 7.5 mg, metilmetakrilat va etilakrilat kopolimeri (1:2) (dispersiya 30%) - 2.25 mg. tiamin gidroxloridi (vit. B1) 100 mg piridoksin gidroxloridi (vit. B6) 200 mg sianokobalamin (vit. B12) 200 mkg Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati, povidon, makrogol 6000, titan dioksidi, talk, gipromelloza, Eudrajit NE30D (metakril kislotasi va etakrilat kopolimeri).

Farmakokinetikasi

Preparat komponentlari suvda eruvchan vitaminlar bo‘lib, bu ularning organizmda kumulyatsiya qilish imkoniyatini istisno qiladi. So‘rilishi va taqsimlanishi: Tiamin va piridoksin ichakning yuqori qismida absorbtsiya qilinadi, absorbtsiya darajasi dozaga bog‘liq. Sianokobalaminning absorbtsiyasi ko‘p jihatdan oshqozon va ichakning yuqori qismida ichki omil mavjudligi bilan belgilanadi, keyinchalik sianokobalaminni to‘qimalarga yetkazib berish transkobalamin II transport oqsili tomonidan amalga oshiriladi. Metabolizmi: Tiamin, piridoksin va sianokobalamin jigarda metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi: Tiamin va piridoksin buyraklar orqali (taxminan 8-10% - o‘zgarmagan holda) chiqariladi. Doza oshirib yuborilganda tiamin va piridoksinning ichak orqali chiqarilishi sezilarli darajada oshadi. Sianokobalamin asosan safro bilan chiqariladi, buyraklar orqali chiqarilish darajasi o‘zgaruvchan - 6 dan 30% gacha.

Farmakologik ta'siri

Farmakologik ta'siri preparat tarkibiga kiruvchi vitaminlarning xususiyatlari bilan belgilanadi. B guruhi vitaminlarining majmuaviy preparati. Tiamin (vitamin B1) inson organizmida fosforillanish jarayonlari natijasida kokarboksilazaga aylanadi, u ko'plab fermentativ reaktsiyalarning kofermenti hisoblanadi. Tiamin uglevod, oqsil va yog' almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Sinapslarda nerv qo'zg'alishini o'tkazish jarayonlarida faol ishtirok etadi. Piridoksin (vitamin B6) markaziy va periferik asab tizimining normal ishlashi uchun zarur. Fosforillangan shaklda aminokislotalar metabolizmida (shu jumladan dekarboksillanish, qayta aminlanish) koferment hisoblanadi. Nerv to'qimalarida harakat qiluvchi eng muhim fermentlarning kofermenti sifatida ishlaydi. Dofamin, noradrenalin, adrenalin, gistamin va GABA kabi neyromediatorlar biosintezida ishtirok etadi. Sianokobalamin (vitamin B12) normal qon yaratish va eritrotsitlarning etilishi uchun zarur, shuningdek organizm hayot faoliyatini ta'minlovchi qator biokimyoviy reaktsiyalarda (metil guruhlarini tashishda, nuklein kislotalar, oqsil sintezida, aminokislotalar, uglevodlar, lipidlar almashinuvida) ishtirok etadi. Asab tizimidagi jarayonlarga (RNK, DNK sintezi) va serebrozidlar va fosfolipidlarning lipid tarkibiga ta'sir ko'rsatadi. Sianokobalaminning koferment shakllari - metilkobalamin va adenozilkobalamin - hujayralar replikatsiyasi va o'sishi uchun zarur.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Yakkahol hollarda: ko'ngil aynishi, taxikardiya, qichishish va eshakemi ko'rinishidagi teri reaktsiyalari. Preparat yaxshi o'zlashtiriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish Belgilari: Neyromultivit® preparati tarkibidagi vitaminlarning dozasi oshirib yuborilishining klinik belgilarini faqat juda uzoq vaqt davomida o‘ta yuqori dozalar qabul qilingandan keyingina kutish mumkin. B1 vitamini - ichga qabul qilingandan so‘ng dozani oshirib yuborish belgilari qayd etilmagan. B6 vitamini - sutkasiga 2 g dan ortiq qabul qilingandan so‘ng ataksiya va sezgirlikning buzilishi, EEG o‘zgarishi bilan kechuvchi tirishishlar bilan nevropatiyalar va ayrim hollarda gipoxrom anemiya va seboreyali dermatit tasvirlangan. B12 vitamini - parenteral yuborilgandan so‘ng (kamdan-kam hollarda ichga qabul qilingandan so‘ng ham) ekzematoz teri o‘zgarishlari va akne kuzatilgan. Davolash: simptomatik terapiya o‘tkazish.

Dori shaklining ta'rifi

  • Dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli, parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko'ndalang kesimda oqdan och-pushti ranggacha, och-pushtidan to'q-pushti ranggacha dog'lari bor. Dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli, parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko'ndalang kesimda oqdan och-pushti ranggacha, och-pushtidan to'q-pushti ranggacha dog'lari bor.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Neyromultivit® preparati va levodopa bir vaqtda qo‘llanilganda levodopaning parkinsonizmga qarshi samaradorligi pasayishi kuzatiladi. Neyromultivit® preparati va etanol birga qo‘llanilganda preparat tarkibiga kiruvchi tiaminning absorbsiyasi keskin pasayadi (qondagi darajasi 30% ga kamayishi mumkin). Neyromultivit® preparati bilan davolash vaqtida tarkibida B guruhi vitaminlari bo‘lgan polivitamin komplekslarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEYROMULTIVIT®

NEUROMULTIVIT

 

Preparatning savdo nomi: Neyromultivit ®

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:         tiamin gidroxloridi (V1vitamini) ……….100 mg,

                                   piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) .200 mg,

                                   sianokobalamin (V12  vitamini)……………..0,241 mg,

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, povidon.

qobiq tarkibi: makrogol 6000, titan dioksidi (Ye171), talk, gipromelloza, poliakrilat 30% li dispersiyasi2.

1 Miqdori 20% ortiqchasini o‘z ichiga oladi:

2 2,25 mg quruq modda 7,5 mg suspenziyaga mos keladi.

Ta‘rifi: oqdan yoki deyarli oq rangligacha bo‘lgan, ikki tomoni qavariq yuzali, dumaloq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: V1 vitaminining V6 va V12 vitaminlari bilan majmuasi.

ATX kodi: A11DB.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi vitaminlarning hususiyatlari bilan belgilanadi.

Tiamin (V1 vitamini) odam organizmida fosforlanish jarayonlari natijasida kokarboksilazaga aylanadi, u ko‘pchilik ferment reaksiyalarining kofermentidir. Tiamin uglevod, oqsil va yog‘ almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Sinapslarda nerv qo‘zg‘alishlarini o‘tkazish jarayonlarida faol qatnashadi.

Piridoksin (V6 vitamini) markaziy va periferik nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarurdir. Fosforlangan holda aminokislotalar metabolizmining (dekarboksillanish, pereaminlanish va boshqalarda) kofermenti hisoblanadi Nerv to‘qimalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muhim fermentlarning kofermenti sifatida namoyon bo‘ladi. Dopamin, noradrenalin, adrenalin, gistamin va GAMK kabi ko‘pchilik neyromediatorlarning biosintezida ishtirok etadi, glutamin kislotasi almashinuvida ishtirok etadi.

Sianokobalamin (V12 vitamini) normal qon hosil bo‘lishi va eritrositlarni yetilishi uchun zarur, shuningdek organizmning hayot faoliyatini ta‘minlovchi qator biokimyoviy reaksiyalarda: metil guruhlarini tashib o‘tilishida, nuklein kislotalar, oqsillar sintezida, aminokislotalar, uglevodlar, lipidlar almashinuvida ishtirok etadi. Nerv tizimidagi jarayonlarga (nuklein kislotalarini sintezida va serebrozidlar va fosfolipidlarni lipid tarkibiga) ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Sianokobalaminning koferment shakllari – metilkobalamin va adenozilkobalamin xujayralarni replikasiyasi va o‘sishi uchun zarur.

Farmakokinetikasi

Preparatning komponentlari suvda eruvchan vitaminlar hisoblanadi, bu ularni organizmga to‘planib qolish ehtimolini istisno qiladi.

Tiamin va piridoksin ichakning yuqori qismida so‘riladi, so‘rilish darajasi dozaga bog‘liq. Sianokobalaminni so‘rilishi me‘dadan boshlanadi, sianokobalaminni to‘qimalarga yetkazib berilishi transkobalamin II transport oqsili yordamida amalga oshiriladi. Preparatning tarkibiga kiruvchi hamma vitaminlar jigarda metabolizmga uchraydi.

Tiamin va piridoksinni organizmdan chiqarilishi buyrak orqali amalga oshiriladi (taxminan 8-10% o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi).

Sianokobalamin asosan safro bilan chiqariladi, uning buyraklar orqali chiqarilishi 6% dan 30% gachani tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

  • turli etiologiyali (diabetik, alkogol va boshqa) polineyropatiyalar;
  • nevritlar va nevralgiyalar;
  • umurtqa pog‘onasining degenerativ o‘zagarishlari fonidagi radikulitlar;
  • bel sindromi;
  • bo‘yin sindromi;
  • ishias, lyumbago;
  • pleksitlar;
  • qovurg‘alararo nevralgiya;
  • uchlamchi nerv nevralgiyasi;
  • yuz nervining falajida qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalarni ovqatdan keyin, chaynamasdan va ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan  qabul qilish lozim.

Odatda 1 tabletkadan sutkada 1-3 marta buyuriladi.

6 yoshdan katta bolalarga shifokor tavsiyasiga ko‘ra, 1 tabletkadan sutkada 1-3 martadan buyuriladi.

Kurs davomiyligi odatda 2-3 haftani (shifokor tavsiyasi bo‘yicha) tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi.

Kam hollarda:

  • bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi
  • ko‘ngil aynishi

Juda kam hollarda:

  • V6 vitaminini juda katta dozalarda noto‘g‘ri qo‘llanganda sezuvchanlikni buzilishi
  • qichishish va urtikar toshma ko‘rinishidagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatiladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

  • levodopa bilan birga qo‘llanganda neyromultivit levodopaning parkinsonizmga qarshi samarasini pasaytiradi.
  • etanol bilan – tiaminni so‘rilishini keskin pasaytiradi.

Neyromultivitni qabul qilish vaqtida tarkibida V guruhi vitaminlari bo‘lgan polivitamin komplekslarini qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Nevrologik simptomlarni boshlanishi mumkinligi sababli, preparatning yuqori dozalari bilan 4 haftadan ortiq vaqt davomida davolash tavsiya qilinmaydi. V12 vitaminini saqlaydigan preparatlar funikulyar mieloz va xafvli anemiyaning klinik manzarasini va laboratoriya tekshirishlari natijalarini yashirishi mumkin.

Dori vositasini transport vositalari va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyati ta‘sirining o‘ziga xosligi.

Ta‘siri aniqlanmagan.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ataksiya va sezuvchanlikni buzilishlari bilan kechuvchi nevropatiya, EEG dagi o‘zgarishlar bilan kechuvchi serebral tirishishlar, allergik reaksiyalar.

Davolash: dozani oshirib yuborilishini ko‘rinishlarini og‘irligiga bog‘liq holda o‘tkaziladi. Me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, keyinchalik simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli va o‘rami

20 tabletkadan polivinilxlorid/polivinildenxlorid plyonkali va laklangan, chop etilgan alyumin folga konturuyali o‘ramda tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

1 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi tiiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Neyromultivit preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Neyromultivit narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Algoritm 19
Chilonzor tumani, Sharq dahasi, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
80 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
80 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
80 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
80 000 so'm
Bron qilish

Neyromultivit haqida savollar

Neyromultivit haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil