NOKLOTning aptekalardagi narxlari
NOKLOT tabletkalari 75mg N30
|
|
6 ta dorixonada bor
|
74 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
123 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
NOKLOT ko'rsatmalar
Dori shakli: plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Klopidogrel bisulьfat 75 mg klopidogrelga ekvivalent;
Atsetilsalitsil kislotasi 75 mg;
yerdamchi moddalar: laktoza monogidrati, kollidon K-30 (Polivinilpirrolidon /Povidon), magniy stearati, natriy kroskarmelloza (As-Di-Sol), tozalangan talk , Opadry OY-C-7000A (White) , metanol, Amaranth Lake Color, Eudragit E 100 , metilenxlorid , polietilenglikol 6000 , izopropil spirti.
Antiagregant vosita. Ta'sir mexanizmi adenozindifosfatni (ADF) trombotsitlarning retseptorlari bilan bog‘lanishini qaytmas selektiv susayishi va fibrinogenni IIb/IIIa glikoprotein majmuasi bilan ADF-induktsiyalangan bog‘lanishini blokadasi bilan bog‘liq. Preparat shuningdek boshqa agonistlar chaqirgan agregatsiyani, ADF dan halos bo‘lgan trombotsitlarning faolligini oshishini blokada qilish yo‘li bilan susaytiradi. Trombotsitning ADF retseptorlarini qaytmas o‘zgartiradi, shuning uchun trombotsitlar butun hayoti davomida nofunktsional bo‘lib qoladi, normal faoliyatning tiklanishi esa trombotsitlar yangilangan sari (taxminan 7 kundan keyin) yuz beradi. Trombotsitlar agregatsiyasini susaytirib, qon ketishi vaqtini uzaytiradi. Fosfodiesterazaning faolligiga ta'sir qilmaydi.
Antiagregant samarasi dozaga bog‘liq ravishda bir marta qabul qilinganidan keyin 2 soat o‘tgach namoyon bo‘ladi. Preparatni 50-100 mg sutkalik dozada kurslik qabul qilinganida trombotsitlarning ADF induktsiyalangan agregatsiyasi 3-7 sutkalarda barqaror muvozanatga yetadi, bunda trombotsitlar agregatsiyasining maksimal susayishi 40-60% ni tashkil qiladi. Preparat bekor qilinganidan keyin trombotsitlarning agregatsiyasi va qon ketishining vaqti dastlabki ko‘rsatkichlarga, oxirgi doza qabul qilinganidan keyin taxminan 5-7 kun o‘tgach qaytadi, bu trombotsitlarning hayot davriga muvofiq keladi (7-10 kun).
Chiqarish shakllari