Ташкент
logo
SavatKirish

Novokvik

Novokvik chiqarish shakllari

Novokvik kapsulalar N10
Retseptsiz
Novokvik kapsulalar N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
East African (India)Overseas
•5 ta dorixonada bor
Narxi
53 900 so'm dan
NOVOKVIK KIDS poroshok 3 g/30 ml
Retseptsiz
NOVOKVIK KIDS poroshok 3 g/30 ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
EAST AFRICAN (INDIA) OVERSEAS
- Novokvik qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Novokvikning tarkibi
- Novokvik ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Novokvik narxi Toshkent dorixonalarida

Novokvik qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Nojo'ya ta'siri ichakda havo to'planishi va meteorizm.Kamdan kam holda ich qotishi va chanqashni oshishi.

Tarkibi

Har bir 5 ml tayyor suspenziya saqlaydi:

Faol moddalar:

  • Streptococcus Faecalis 30 Million

  • Clostridium butyricum 2 Million

  • Bacillus mesentericus 1 Million

  • Lactobacillus sporogenes 50 Million

  • Saccharomyces boulardii 50 Million

Yordamchi moddalar:

  • Natriy benzoati,

  • Maltodekstrin,

  • Karboksi metil natriy tsellyulozasi,

  • Kolloidli silikon dioksid,

  • Neo sukraloza,

  • Limon kislota monogidrat,

  • Quruq aralash mevalar ta'mi,

  • Quruq Suxoy aromatizator ananas,

  • Svet: xinolin tyomno-jeltiy.

Farmakodinamikasi

Novovik ichak va vaginal mikroflorasini tartibga soluvchi probiotik, prebiotik va immunobiotikdir (sinbiotik). Novokvik preparatining bir kapsulasini normal ichak mikroflorasini liofilizasiya qilingan bakteriyalar kamida 1.3•107 (133 million) muvozanatlangan majmuasini tashkil qiladi: Lactobacillus sporogenes, Streptococcus faecalis, Clostridium butyricum, Bacillus mesentericus, Saccharomyces boulardii. Novokvik preparatining tarkibidagi tirik bakteriya va zamburug'lar tabiiy ichak va vaginal mikrofloraning normal tarkibiy qismi bo'lib, ko'ngil aynishi, qorin og'rig'i, kekirish, qabziyat qorinni dam bo'lishi yoki meteorizm kabi belgilari paydo bo'lsa, organizmni chidamliligini oshiradi va disbakteriozning oldini olish uchun katta biokimyoviy ahamiyatga ega. Bu simptomlar ovqat hazm qilish buzilishi yoki dispeptik sindrom bilan bog'liq. Novokvik patogen va shartli-patogen bakteriyalarning o'sishiga to'sqinlik qiladi, ovqat hazm qilish fermentlarining optimal ta'sirini ta'minlaydi va ichak ishini normallashtiradi.

  • V, K gurux vitaminlari, askorbin kislotasi sintezida ishtirok etadi, shu bilan noxush tashqi muxitning noxush omillariga organizm chidamliligini oshiradi;

  • o't pigmentlari va o't kislotalari metobolizmida ishtirok etadi;

  • bakteriyalarga qarshi faollikga va yallig'lanishini yaqqolligini susaytirish bilan moddalarni sintezlaydi;

  • organizmni immun tizimini va umumiy chidamliligini ximoya funktsiyasini oshiradi;

Oddiy ichak mikroflorasining yuqori miqdoriy darajasi va uning mikrobiosenozdagi ustunligi, Novokvik yordamida erishiladi, natijada me'da - ichak yo'llari faoliyatini normallashtiradi, metabolik jarayonlarni yaxshilanadi, ichak kasalliklarining uzoq vaqt davom etuvchi shakllarini shakllantirishga to'sqinlik qilinadi, organizmning o'ziga xos bo'lmagan qarshiligini oshiradi.

Novokvik nafaqat me'da - ichak yo'llarini normallashtiradi, balki qinning biosenozini tiklaydi, ginekologik patologiyalarda patogen va shartli patogen mikrofloraning o'sishini to'xtatadi. Atrof-muhitning kislotali rn muxitini yaratishga yordam beradi, biostatik ta'sir ko'rsatadi, mahalliy immunitetni rag'batlantiradi va himoya to'siqni ta'minlaydi.



Farmakologik ta'siri

Probiotiklar.Antibiotiklar qo'llayotgan bemorlarga probiotiklar qo'shimcha sifatida yo'g'on ichakni kerakli bakteriyalar bilan to'yintirish, antibiotiklar kursi foydali va zarur bo'lmagan bakteriyalarni yo'q qilish maqsadida buyuriladi.Ba'zan probiotiklarni qabul qilish dorilarning OIT (oshqozon ichak trakti) yon ta'siriga qarshi kurashishi va bijg'ituvchi bakteriyalar infektsiyasiga olib keladigan ko'payishini oldini olish maqsadida ham qo'llaniladi.

Prebiotiklar.Ichak bakteriyalariga ta'sir qiladi, foydali anaerob bakteriyalar sonini ko'paytiradi va potentsial patogen mikroorganizmlar sonini kamaytiradi.Bu shilliq qavatining immunitet mexanizmlariga ta'sir qilish, qo'zg'aluvchan yoki potentsial patogen mikroblar bilan o'zaro ta'sir qilib, metabolizmning so'nggi mahsulotlari, masalan; qisqa zanjirli yog'kislotalar va kimyoviy bog'lanish orqali hujayralarni bog'lash bilan ichak florasiga ta'sir etadi.Ushbu mexanizmlar potentsial patogenlarning antogonizmiga olib keladi, ichak muhitini yaxshilaydi, ichak muhitini saqlaydi, yalig'lanishni pasaytiradi va immunitetni oshiradi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va emizish davrida qo'llash, albatta mutaxassis bilan maslahatlashgan holda iste'mol etiladi.

Dozirovkasi

1 yoshdan katta bolalarga 5 ml (1 choy qoshiq) bir kunda 2 mahal, 1 yoshdan kichik bolalarga 2.5 ml (1/2 choy qoshiq) kuniga 1 mahal.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshib ketishi holatida simptomatik va qo'llab quvvatlab davolanish tavsiya etiladi

Maxsus saqlash sharoitlari

Har qanday jiddiy kasallik yoki quyidagi holatidan aziyat chekayotgan bemorlar (masalan, zaif immunitet tizimi yoki qisqa ichak sindromi); yoki biron bir davolanish uchun beriladigan ozuqaviy qo'shimchalar ovqatlanishni o'rnini bosishi kerak emas.Mutaxassis tavsiyasi asosida kerakli dozadan oshib ketmasligi kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antibiotiklar bilan birga qo'llashdan saqlaning, chunki ular ichakning bir qismini yoki ko'p qismini ishdan chiqarishi mumkin.Antibiotiklarni qabul qilishda 2 soatlik vaqt oralig'i bo'lishi kerak. Immunodepressantlar bilan birga qo'llashdan saqlaning, chunki ular probiotik-prebiotik va immunobiotik quruq sirop iste'molini oshirishi mumkin.Probiotik - prebiotik va immunobiotik vositalarini boshqa dori vositalari bilan birga qo'llashdan odin shifokor bilan maslahatlashib keyin qo'llash tavsiya etiladi.


Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

3.0 g quruq kukun 30 ml PVP oq rangli flakonlarga quyilgan, karton qutiga o'lchamli qopqoq va tibbiyotga doir qo'llash uchun yo'riqnoma bilan birga joylashtirilgan.

Farmakologik guruhlari

Probiotik-prebiotik va Immunobiotik.

Dori shakli

Bir kapsula qo'yidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Lactobacillus sporogenes 50 mln,

Streptococcus faecalis 30 mln

Clostridium butyricum 2 mln,

Bacillus mesentericus 1 mln,

Saccharomyces boulardii 50 mln.

Nojo'ya samaralari

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik kuzatilishi mumkin.

Qo'llanilishi

NOVOKVIK DS qo'llaniladi;

  • Diareya antibiotiklar bilan bog'liq,

  • Qo'zg'algan ichak sindromi,

  • Ichak yalig'lanishi,

  • Ichak mikrobiot balansining tiklanishi,

  • Ko'chirib bo'lmaydigan laktoza alomatliri engillashtirilishi,

  • Immun tizimining ko'tarilishi,

  • Bakterial vaginoz va kandidoz,

  • Nafas orqali infektsiya yuqish xavfining kamayishi va atopik dermetit.



Novokvik barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Novokvik savollari

Novokvik fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil