Ofloksatsinning aptekalardagi narxlari
OFLOKSASIN RADIKS eritma 2mg/ml 100ml
|
|
10 ta dorixonada bor
|
6 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Ofloksatsin ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
OFLOKSASIN
OFLOXACIN
Preparatning savdo nomi: Ofloksasin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ofloksasin
Dori shakli: infuziya uchun eritma
Tarkibi:
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: ofloksasin – 200,0 mg; natriy xloridi – 900,0 mg;
yordamchi moddalar: xlorid kislotasi, natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: biroz sarg‘ish-yashil rangli tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruxi: Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolon guruhi).
ATX kodi: J01MA01
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning bakterisid ta‘sir mexanizmi DNK – giraza faolligini ingibisiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu bakteriyalarning DNKsi replikasiyasini to‘xtashiga olib keladi. Ofloksasin keng ta‘sir doirasiga ega: u ko‘pchilik grammanfiy bakteriyalar – Escherichia coli, Klebsiella, Proteus, Salmonella, Shigella, Enterobacter, Citrobacter, Providentia, Pseudomonas, Hafnia, shuningdek Staphylococcus ga (shu jumladan metisillin va boshqa antibiotiklarga rezistent mikrofloraga) nisbatan faol. Preparatga shuningdek, Neisseria, Mycoplasma, Chlamydia, Campylobacter, Brucella, Vibrio, Aeromonas, Plesiom0nas, Haemophilus influenza, Versinia. sezgirdir. Enterakokklar, streptokokklar (S.pyogenes, S.pneumoniae, S.viridans), Serratia marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter, Mycoplasma (M.hominis, M.pneumoniae), tuberkulez mikobakteriyalari, shuningdek Mycobacterium fortuitum preparatlariga doimiy bo‘lmagan sezgirlikka ega. Ko‘pchilik xolatlarda preparatga Ureaplasma urealyticum, Nocardia asteroids, anaerob bakteriyalar (masalan, Bacteroides shh., peptakokklar, peptostreptokokklar, Eubacterium shh., Fusobacterium spp., Clostridium difficil) sezgir emas. Ofloksasin Treponema pallidum ga nisbatan samarli emas.
Farmakokinetikasi
Ofloksasin tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Preparatning biokiraolishligi deyarli 100% ga yetadi.
Ofloksasinning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 0,5-1soatdan keyin aniqlanadi. Yarim chiqarilish davri 5-7 soatni tashkil etadi. Preparatning taxminan 90% buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi, yuborilgan preparatning taxminan 5% metabolizmga uchraydi.
Qo‘llanilishi
Ofloksasin preparatiga sezgir qo‘zg‘atuvchilar keltirib chiqargan bakterial infeksiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi:
– nafas yo‘llarining Haemophilus influenza yoki boshqa grammanfiy qo‘zg‘atuvchilar, shu jumladan tillarang stafilokokk, ichak tayoqchasi, klebsiella, enterobakteriyalar, protey, Pseudomonas, legionella, stafilakokklar tomonidan chaqirilgan o‘tkir, surunkali va qaytalanuvchi infeksiyalari (bronxitlar, pnevmoniyalar);
– quloq, tomoq va burunning surunkali va qaytalanuvchi infeksiyalarida, agar ularni grammanfiy qo‘zg‘atuvchilar ( shu jumladan, Pseudomonas ) yoki stafilokokk keltirib chiqargan bo‘lsa;
– yumshoq to‘qimalar va teri infeksiyalari;
-suyak va bo‘g‘imlarning infeksiyalari;
-qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a‘zolari, shu jumladan qorin pardasi infeksiyalari;
-bakterial enterit;
-buyrak, siydik chiqarish yo‘llari va jinsiy a‘zolarning infeksiyalari, gonoreyani davolash uchun qo‘llaniladi. Shuningdek ofloksasin organizmning himoya funksiyasi pasaygan bemorlarda. (masalan neytropeniya bo‘lganda). infeksiyalarni profilaktikasi uchun qo‘llaniladi
Qo‘llash usuli va dozalar
Preparatning dozasi infeksiyaning og‘irligi va turiga bog‘liq. Kattalar uchun doza kuniga 200 mg (100 ml) dan 800 mg (400 ml) gacha ni tashkil etadi. Oflaksasinning sutkali bir martalik dozasi sifatida (ertalab qabul qilish uchun) 400 mg (200 ml) gacha buyurishga ruxsat beriladi. Ofloksasinning tavsiya etilgan dozalari:
Nafas yo‘llari, shuningdek tomoq, quloq va burun infeksiyalari – sutkada 400 mg (200 ml) (og‘ir hollarda sutkada 600-800 mg).
Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari – sutkada 400 mg (200 ml).
Suyak va bo‘g‘imlarning infeksiyalari – sutkada 400 mg (200 ml).
Qorin pardasi infeksiyalari – sutkada 400 mg (200 ml).
Bakterial enteritda – sutkada 400 mg (200 ml).
Yuqori siydik chiqarish yo‘llari va jinsiy a‘zolarning infeksiyalari – sutkada 400 mg (200 ml).
Quyi siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infeksiyalari – sutkada 200 mg (100 ml) ni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: qorinda og‘riq, ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketish.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanish, uyquni buzilishi, gallyusinasiyalar.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari: toshmalar ko‘rinishidagi teri reaksiyalari, qichishish, kamdan – kam hollarda fotosinsibilizasiya reaksiyalari, ko‘p shaklli eritema, nuqtali qon quyilishlari (petixiyalar) va boshqalar.
Qonga ta‘siri: juda kam hollarda leykositlar, eritrositlar va/yoki qon plastinkalari sonini kamayishi (leykopeniya, agranulositoz, anemiya, trombositopeniya, pansitopeniya) kuzatiladi.
Boshqa nojo‘ya ta‘sirlari: ayrim hollarda yurak urishni tezlashishi (taxikardiya), holsizlik, bo‘g‘imlarda, paylarda va mushaklarda og‘riq kuzatiladi. Yakka hollarda, qonda qand miqdorini haddan tashqari ko‘payishi yoki kamayishi, xususan, qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda aniqlanadi. Ayrim kam xollardan tashqari, Ofloksasinni qabul qilish natijasida kuzatilgan nojo‘ya ta‘sirlar, preparat bekor qilgandan so‘ng yo‘qoladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ofloksasinni, ofloksasin va boshqa xinolonlar (xinolinkorbon kislotasi hosilalari) ga yuqori sezuvchanlikda tutqanoq anamnezda markaziy nerv tizimi shikastlanishlarida (xususan, bosh miya jaroxati, insult yoki markaziy nerv tizimining yalig‘lanishi jarayonlari) da qo‘llash mumkin emas. Ofloksasinni bolalar, o‘smirlar, homilador va emizikli ayollarga buyurish mumkin emas, chunki bu guruh pasientlari uchun ofloksasinni qo‘llash havfsizligi yuzasidan yetarli ma‘lumotlar yo‘q. Ichak peristaltikasini susaytiruvchi preparatlar qabul qilish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ofloksasinni me‘da shirasining kislotali muhitini pasaytiruvchi (mineral antasidlar) va temir saqlovchi vositalar bilan bir vaqida qo‘llanishi mikroblarga qarshi samarasini susaytiradi, shuning uchun Ofloksasinni yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan preparatlarni qo‘llashdan 2 soat oldin qabul qilish kerak. Probenesid, simetidin, furosemid va metotreksat preparatini chiqarilishini tormozlaydi va toksikligini oshirishi mumkin. Glibenklamidning konsentrasiyasini oshiradi. Geparin bo‘lmagan eritma bilan aralashtirish mumkin emas (presipitasiya xavfi).
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qabul qilayotgan pasientlar quyosh va sun‘iy ultrabinafsha nurlaridan saqlanishlari kerak. Ofloksasin bilan umumiy davolash kursining davomiyligi har qanday holatda 2 oydan oshmasligi zarur. Xaydovchilar uchun ogohlantirish: xatto to‘g‘ri qo‘llanganda ham, preparat tezkor reaksiyalarga bo‘lgan imkoniyatni o‘zgartirishi mumkin, shuning uchun pasientning ko‘cha harakatidagi faol ishtiroki yoki avtomobilni boshqarish qobiliyati buziladi. Ofloksasin pnevmokokklar tomonidan chaqirilgan pnevmoniyada tanlov preparati bo‘la olmaydi; o‘tkir tonzillitni davolashda buyurilmaydi. Kolonoskopik va/yoki gistologik jihatdan isbotlangan psevdomembranoz kolitda vankomisin va metronidozolni peroral buyurish tavsiya qilingan.
Tuberkulezning bakteriologik diagnostikasida soxta manfiy natijasiga olib kelishi mumkin. (Mycobacterium tuberculosisni aniqlanishga to‘sqinlik qiladi). Bolalarda faqat hayot uchun xavf mavjud bo‘lganda, taxmin qilinayotgan foyda va nojo‘ya ta‘sirlarni rivojlanishini potensial havfini hisobga olgan holda, toksikligi kamroq boshqa preparatlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. Bunday holatlarda o‘rtacha sutkalik doza 7,5 mg/kg maksimal – 15 mg/kg.
Dozani oshirib yuborilishi
Simtomlar: uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanish, dezorientasiya, (tormozlanish), ongni chalkashishi.
Davolash: me‘dani yuvish, hayot uchun muhim funksiyalarni tutib turish.
Chiqarilish shakli
100 ml dan 200 mg/100 ml infuziya uchun eritma polipropilen flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatishga yo‘l qo‘yilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda, saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonadan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari