Kafra
Kafra chiqarilish shakllari
Kafra haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- tutqanoq;
- pasaygan tirishish pogʻonasiga ega boʻlgan MNT ning shikastlanishlari (bosh-miya jarohati, insult, MNT sohasidagi yalligʻlanish jarayonlaridan keyin);
- 18 yoshgacha boʻlganlar;
- homiladorlik;
- laktatsiya (emizish);
- ofloksatsin va boshqa antibiotiklar – xinolonning hosilalariga yuqori sezuvchanlik.
Farmakologik ta'siri
Ftorxinolonlar guruhi keng taʼsir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita. Oflokssinning bakteritsid taʼsiri bakterial xujayralardagi DNK-giraza fermentini blokadasi bilan bogʻliq. Koʻpchilik grammanfiy mikroorganizmlar: Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Proteus spp., Morganella morgani, Klebsiella spp., shu jumladan Klebsiella pneumoniae; Enterobacter spp., Serratia spp., Citrobacter spp., Yersinia spp., Providencia, Haemophilus influenzae, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Mycoplasma spp., Legionella pneumophila, Acinebacter spp., shuningdek Chlamydia spp. ga nisbatan yuqori faollikka ega. Ayrim grammusbat mikroorganizmlar, xususan Staphylococcus spp., Streptococcus spp. (ayniqsa beta-gemolitik) ga nisbatan faol. Ofloksatsinga Enterococcus faecalis, Streptococcus pneumoniae, Pseudomonas spp. lar oʻrtacha sezgir. Ofloksatsin beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarga nisbatan faol. Ofloksatsinga anaerob bakteriyalar (B. urealiticus dan tashqari) sezgir emas.
Ichga qabul qilinganidan soʻng ofloksatsin MIY dan tez va yengil soʻriladi. Ofloksatsinning plazmadagi Smax ga taxminan 1-2 soatda erishiladi. Preparatning biokiraolishligi 96-100% ni tashkil qiladi.
Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi 25% ni tashkil qiladi. Ofloksatsin organizmning toʻqima va suyuqliklarida (siydik chiqarish tizimi aʼzolari, jinsiy aʼzolar, prostata bezi, oʻpkalar, LOR-aʼzolari, oʻt-safro pufagi, suyaklar, teri) keng tarqaladi.
Ofloksatsin yoʻldosh orqali oʻtadi, koʻkrak suti bilan chiqariladi.
5% gacha ofloksatsin metabolizmga uchraydi. T1/2 6-8 soatni tashkil qiladi. Ofloksatsinning taxminan 80% gachasi oʻzgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi. Jigar va/yoki buyraklarning kasalliklari boʻlgan bemorlarda ofloksatsinning organizmdan chiqarilishi sekinlashishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Kafrani homiladorlikda qoʻllash mumkin emas. Ofloksatsin koʻkrak suti bilan chiqariladi, shuning uchun preparatni laktatsiya davrida qoʻllash zarurati boʻlganida emizishni toʻxtatish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, qusish.
Davolash: meʼdani yuvish, zarurati boʻlganida simptomatik terapiya oʻtkaziladi. Spetsifik antidoti mavjud emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Mineral antatsidlar yoki temir saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida preparatning samaradorligi pasayadi, shuning uchun bu preparatlarni qabul qilish zarurati boʻlganida qabul qilishlar orasidagi interval taxminan 2 soatni tashkil qilishi kerak.
Ofloksatsin va NYAQV bir vaqtda qoʻllanganida tirishishlarning paydo boʻlishini ehtimoli oshadi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Preparatning dozasi va davolashning davomiyligi infeksiyaning turi va ogʻirligi, bemorning umumiy holati va buyraklarning faoliyatiga bogʻliq.
Sutkalik doza davolashning 7-10 kunlik oʻrtacha davomiyligida 200-800 mg ni tashkil qiladi.
Kattalarga 200-400 mg dan sutkada 2-marta yoki 400-800 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg ni tashkil qiladi.
Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari boʻlgan bemorlarda preparatning sutkalik dozasi 400 mg dan oshmasligi kerak.
Buyraklarning faoliyati buzilgan patsiyentlarda preparatning dozasi KK koʻrsatkichlariga qarab belgilanadi. KK 20-50 ml/min boʻlsa birinchi doza 200 mg ni tashkil qiladi, soʻngra har 24 soatda 100 mg dan; KK 20 ml/min dan kam boʻlsa, birinchi doza 200 mg, soʻngra har 48 soatda 100 mg dan buyuriladi.
Tabletkalar butunligicha ovqatdan oldin yoki ovqat qabul qilish vaqtida oz miqdordagi suyuqlik bilan ichib qabul qilinadi.
Keksa patsiyentlarga dozani maxsus toʻgʻrilash talab etilmaydi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
























