Ташкент
logo
SavatKirish

KAFRA tabletkalari 400mg N5

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gruziya
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Ofloksasin
Ishlab chiqaruvchi:GM Pharmaceuticals Ltd.
Teglar:Sistitdan
Vakil:GMP
ATX kodi:J01MA01
Barcha Kafra dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KAFRA tabletkalari 400mg N5 o'xshash dorilari

MOLOKS-IN tabletkalari 400 mg N5
Retseptli
MOLOKS-IN tabletkalari 400 mg N5
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
MEDISTRO PRIVATE LIMITED., OAE proizvedeno: CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
INNOKLAV tabletkalari 375mg, 625mg, 1000mg N14
INNOKLAV tabletkalari 375mg, 625mg, 1000mg N14
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd
Narxi
43 500 so'm dan

KAFRA tabletkalari 400mg N5 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Preparatning qobiq bilan qoplangan bir tabletkasi 400 mg faol modda – ofloksatsin saqlaydi.

Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, laktoza, natriy kraxmal glikolyati, natriy kroskarmelloza, gidroksipropilsellyuloza, jelatinlangan kraxmal (Uni-pure DW-L), eruvchi polivinilpirrolidon (kollidon 30), magniy stearati.

Farmakologik ta'siri

Ftorxinolonlar guruhi keng taʼsir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita. Oflokssinning bakteritsid taʼsiri bakterial xujayralardagi DNK-giraza fermentini blokadasi bilan bogʻliq. Koʻpchilik grammanfiy mikroorganizmlar: Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Proteus spp., Morganella morgani, Klebsiella spp., shu jumladan Klebsiella pneumoniae; Enterobacter spp., Serratia spp., Citrobacter spp., Yersinia spp., Providencia, Haemophilus influenzae, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Mycoplasma spp., Legionella pneumophila, Acinebacter spp., shuningdek Chlamydia spp. ga nisbatan yuqori faollikka ega. Ayrim grammusbat mikroorganizmlar, xususan Staphylococcus spp., Streptococcus spp. (ayniqsa beta-gemolitik) ga nisbatan faol. Ofloksatsinga Enterococcus faecalis, Streptococcus pneumoniae, Pseudomonas spp. lar oʻrtacha sezgir. Ofloksatsin beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarga nisbatan faol. Ofloksatsinga anaerob bakteriyalar (B. urealiticus dan tashqari) sezgir emas.

Ichga qabul qilinganidan soʻng ofloksatsin MIY dan tez va yengil soʻriladi. Ofloksatsinning plazmadagi Smax ga taxminan 1-2 soatda erishiladi. Preparatning biokiraolishligi 96-100% ni tashkil qiladi.

Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi 25% ni tashkil qiladi. Ofloksatsin organizmning toʻqima va suyuqliklarida (siydik chiqarish tizimi aʼzolari, jinsiy aʼzolar, prostata bezi, oʻpkalar, LOR-aʼzolari, oʻt-safro pufagi, suyaklar, teri) keng tarqaladi.

Ofloksatsin yoʻldosh orqali oʻtadi, koʻkrak suti bilan chiqariladi.

5% gacha ofloksatsin metabolizmga uchraydi. T1/2 6-8 soatni tashkil qiladi. Ofloksatsinning taxminan 80% gachasi oʻzgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi. Jigar va/yoki buyraklarning kasalliklari boʻlgan bemorlarda ofloksatsinning organizmdan chiqarilishi sekinlashishi mumkin.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsik buzilishlar: kam - qon plazmasida jigar fermentlarining faolligini oshishi, bilirubinning miqdorini oshishi.

MNT tomonidan: psixomotor reaksiyalar tezligini sekinlashishi, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, xavotirlik, qoʻzgʻalish, alohida hollarda – tremor, mushak tirishishlari, qoʻl-oyoqlarda paresteziyalar, ekstrapiramid buzilishlar va koordinatsiyani buzilishi, kam – koʻrishni, taʼmni va hid sezishni buzilishi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: kam – anemiya, leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: mochevina, kreatinin miqdorini oshishi bilan kechadigan buyraklarning chiqaruvchi faoliyatini tranzitor buzilishi.

Dermatologik reaksiyalar: toshma, qichishish, fotosensibilizatsiya.

Allergik reaksiyalar: tilni shishi, Kvinke shishi, anafilaktik shok.

Boshqalar: vaskulitlar, mialgiyalar, artralgiyalar.

Qo'llanilishi

Ofloksatsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion yalligʻlanish kasalliklari:

- quyi nafas yoʻllarining infeksiyalari (pnevmoniya);

- quloq, burun, tomoqning infeksiyalari (sinusit, faringit, tonzillit, oʻrta otit, laringit, traxeit);

- teri, yumshoq toʻqimalar, suyaklar, boʻgʻimlarning infeksiyalari (abssess, furunkul, karbunkul, flegmona, piogen artriti);

- qorin boʻshligʻi va kichik chanoq aʼzolarining infeksiyalari (endometrit, salpingit, ooforit, servitsit, prostatit, orxit, epididimit);

- buyraklar va siydik chiqarish yoʻllari, jinsiy aʼzolarning infeksiyalari (piyelonefrit, sistit, gonokokkli infeksiyalar, xlamidioz).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- tutqanoq;

- pasaygan tirishish pogʻonasiga ega boʻlgan MNT ning shikastlanishlari (bosh-miya jarohati, insult, MNT sohasidagi yalligʻlanish jarayonlaridan keyin);

- 18 yoshgacha boʻlganlar;

- homiladorlik;

- laktatsiya (emizish);

- ofloksatsin va boshqa antibiotiklar – xinolonning hosilalariga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Mineral antatsidlar yoki temir saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida preparatning samaradorligi pasayadi, shuning uchun bu preparatlarni qabul qilish zarurati boʻlganida qabul qilishlar orasidagi interval taxminan 2 soatni tashkil qilishi kerak.

Ofloksatsin va NYAQV bir vaqtda qoʻllanganida tirishishlarning paydo boʻlishini ehtimoli oshadi.

Dozirovkasi

Preparatning dozasi va davolashning davomiyligi infeksiyaning turi va ogʻirligi, bemorning umumiy holati va buyraklarning faoliyatiga bogʻliq.

Sutkalik doza davolashning 7-10 kunlik oʻrtacha davomiyligida 200-800 mg ni tashkil qiladi.

Kattalarga 200-400 mg dan sutkada 2-marta yoki 400-800 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg ni tashkil qiladi.

Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari boʻlgan bemorlarda preparatning sutkalik dozasi 400 mg dan oshmasligi kerak.

Buyraklarning faoliyati buzilgan patsiyentlarda preparatning dozasi KK koʻrsatkichlariga qarab belgilanadi. KK 20-50 ml/min boʻlsa birinchi doza 200 mg ni tashkil qiladi, soʻngra har 24 soatda 100 mg dan; KK 20 ml/min dan kam boʻlsa, birinchi doza 200 mg, soʻngra har 48 soatda 100 mg dan buyuriladi.

Tabletkalar butunligicha ovqatdan oldin yoki ovqat qabul qilish vaqtida oz miqdordagi suyuqlik bilan ichib qabul qilinadi.

Keksa patsiyentlarga dozani maxsus toʻgʻrilash talab etilmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, qusish.

Davolash: meʼdani yuvish, zarurati boʻlganida simptomatik terapiya oʻtkaziladi. Spetsifik antidoti mavjud emas.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Kafrani homiladorlikda qoʻllash mumkin emas. Ofloksatsin koʻkrak suti bilan chiqariladi, shuning uchun preparatni laktatsiya davrida qoʻllash zarurati boʻlganida emizishni toʻxtatish kerak.

Ehtiyot choralari

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Buyraklar va jigar faoliyati buzilgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi.

Davolanish davrida bemorlar ultrabinafsha nurlanishiga uchramasliklari kerak.

Ofloksatsin tirishish xurujlarining rivojlanishiga moyil (shu jumladan anamnezida MNT jarohatlari boʻlgan) bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi lozim. Nojoʻya samaralari rivojlangan holda, ayniqsa nerv tizimi tomonidan yoki allergik reaksiyalar, ular birinchi qoʻllashdan keyinroq namoyon boʻlishi mumkin, preparatni darhol bekor qilish kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Preparat patsiyentning yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi faoliyatning potensial xavfli turlari bilan shugʻullanish qobiliyatini buzishi mumkin.

Reaksiya tezligini sekinlashishi bir vaqtda alkogol isteʼmol qilinganida yomonlashishi mumkin.

Xususiyatlar KAFRA tabletkalari 400mg N5

KAFRA tabletkalari 400mg N5 analoglari

OFLOKSASIN 0,002/ML infuziya uchun eritma 100ml N48
Retseptli
OFLOKSASIN 0,002/ML infuziya uchun eritma 100ml N48
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Krasfarma OAO
OFLOKSASIN 0,2 tabletkalari N10
Retseptli
OFLOKSASIN 0,2 tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
OFLOKSASIN 0,4 tabletkalari N10
Retseptli
OFLOKSASIN 0,4 tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
OFLOKSASIN TEVA 0,2 tabletkalari N10
OFLOKSASIN TEVA 0,2 tabletkalari N10
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Prayvet Ko.Ltd Farm.zavod
OFLOKSASIN 0,4 tabletkalari N10
Retseptli
OFLOKSASIN 0,4 tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Rafarma, AO
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
Retseptli
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
Turkiya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
•69 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Retseptli
OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Parenteral Drugs (India) Ltd
•21 ta dorixonada bor
Narxi
28 000 so'm dan
MR OFLODIK infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Retseptli
MR OFLODIK infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO

KAFRA tabletkalari 400mg N5 savollari

KAFRA tabletkalari 400mg N5 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil