Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Antibiotiklar  / OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml

OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Ofloksasin
Ishlab chiqaruvchi:Parenteral Drugs (India) Ltd
Teglar:Sistitdan
ATX kodi:J01MA01
Barcha OFLODEKS dorilari
26 ta dorixonada bor
Narxi 28 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 26 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

200 mg ofloksatsin bir marta 60 daqiqalik vena ichiga infuziya qilingandan so'ng o'rtacha maksimal plazma kontsentratsiyasi 2,7 mkg/ml ni tashkil qiladi; yuborilgandan 12 soat o'tgach kontsentratsiya 0,3 mkg/ml ga teng bo'ladi.
Muvozanatli kontsentratsiyalar to'rtta doza yuborilgandan keyin erishiladi.

O'rtacha eng yuqori va minimal muvozanatli kontsentratsiyalar 200 mg ofloksatsin har 12 soatda 7 kun davomida vena ichiga yuborilgandan so'ng erishiladi va mos ravishda 2,9 va 0,5 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Ofloksatsin organizmning ko'plab suyuqliklari va to'qimalariga, shu jumladan so'lak, bronxial sekret, safro, ko'z yoshi va orqa miya suyuqligi, yiring, o'pka, prostata bezi, teriga keng kirib boradi. Ofloksatsin jigarda qisman (5%) metabolizmga uchraydi.

Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 20-25% ni tashkil qiladi. Ofloksatsinning yarim chiqarilish davri 6-7 soatga teng. Ichga qabul qilingan preparatning 80% gachasi buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi, faol moddaning kichik qismi axlat bilan ham chiqariladi.

Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda (kreatinin klirensi 50 ml va undan kam) ofloksatsinning yarim chiqarilish davri uzayadi.

Farmakologik ta'siri

Ftorxinolonlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita, bakteriyalar DNK si barqarorligini ta'minlovchi (DNK zanjirlarining beqarorlashishi ularning o'limiga olib keladi) bakterial ferment DNK-gidrazaga ta'sir qiladi. Bakteritsid samara ko'rsatadi.

Beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar va tez o'suvchi atipik mikobakteriyalarga nisbatan faol.

Sezgir: Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Escherichia coli, Citrobacter, Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella pneumonia), Enterobacter spp., Hafhia, Proteus spp. (shu jumladan Proteus mirabilis, Proteus vulgaris - indol-musbat va indol-manfiy), Salmonella spp., Shigella spp. (shu jumladan Shigella sonnei), Yersinia enterocolitica, Campilobacter jejuni, Aeromonas hydrophila, Plesiomonas aeruginosa, Vibrio cholerae, Vibrio parahaemolyticus, Haemophilus influenzae, Chlamydia spp., Legionella spp., Serratia spp., Providencia spp., Haemophilus ducreyi, Bordetella parapertussis, Bordetella pertussis, Moraxella catarrhalis, Propionibacterium acnes, Staphylococcus spp., Brucella spp.

Preparatga turli xil sezgirlikka ega: Enterococcus faecalis, Streptococcus pyogenes, pneumoniae va viridans, Serratio marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter, Mycoplasma hominis va pneumoniae, Mycobacterium tuberculosis, shuningdek Mycobacterium fortuim, Ureaplasma urealyticum, Clostridium perfringens, Corynebacterium spp., Helicobacter pylori, Listeria monocytogenes, Gardnerella vaginalis.

Ko'pgina hollarda sezgir emas: Nocardia asteroides, anaerob bakteriyalar (masalan, Bacteroides spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp., Eubacterium spp., Fusobacterium spp., Clostridium difficile). Treponema pallidum ga ta'sir qilmaydi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:

- gastralgiya;
- anoreksiya;
- ko‘ngil aynishi;
- qusish;
- diareya;
- meteorizm;
- abdominal og‘riqlar;
- "jigar" transaminazalari faolligining oshishi;
- giperbilirubinemiya, xolestatik sariqlik;
- soxta membranoz enterokolit.

Asab tizimi tomonidan:

- bosh og‘rig‘i;
- bosh aylanishi;
- harakatlar noaniqligi;
- tremor;
- tirishishlar;
- oyoq-qo‘llar uvishishi va paresteziyalari;
- jadal tush ko‘rishlar;
- "dahshatli" tush ko‘rishlar, psixotik reaksiyalar, xavotirlik, psixomotor qo‘zg‘alish, fobiyalar, depressiya, ongning chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, kalla ichi bosimining oshishi.
Tayanch-harakat aparati tomonidan: tendinit, mialgiyalar, artralgiyalar, tendosinovit, pay uzilishi.
Sezgi a’zolari tomonidan: rang ajratishning buzilishi, diplopiya, ta’m, hid bilish, eshitish va muvozanatning buzilishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial bosimning pasayishi (v/i yuborilganda; arterial bosim keskin pasayganda yuborish to‘xtatiladi), vaskulit, kollaps.
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, teri qichishishi, eshakemi, allergik pnevmonit, allergik nefrit, eozinofiliya, isitma, Kvinke shishi, bronxospazm, Stivens-Djonson va Layell sindromi, fotosensibilizatsiya, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, anafilaktik shok.
Teri qoplamalari tomonidan: nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar), bullez gemorragik dermatit, qatqaloqli papulyoz toshma, tomirlar shikastlanishidan dalolat beruvchi (vaskulit).
Qon yaratish a’zolari tomonidan: leykopeniya, agranulotsitoz, anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, gemolitik va aplastik anemiya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: o‘tkir interstitsial nefrit, buyrak funksiyasining buzilishi, giperkreatininemiya, mochevina miqdorining oshishi.
Boshqalar: disbakterioz, superinfeksiya, gipoglikemiya (qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda), vaginit.
Mahalliy reaksiyalar: og‘riq, yuborilgan joyda qizarish, tromboflebit (v/i yuborilganda).

Maxsus saqlash sharoitlari

Pnevmokokklar chaqiradigan pnevmoniyada tanlov preparati hisoblanmaydi.

O‘tkir tonzillitni davolashda ko‘rsatilmagan.

2 oydan ortiq qo‘llash, quyosh nurlari ta'sirida bo‘lish, ultrabinafsha nurlari (simob-kvars lampalar, solyariy) bilan nurlanish tavsiya etilmaydi.


Markaziy asab tizimi tomonidan nojo‘ya ta'sirlar, allergik reaksiyalar, soxtamembranoz kolit yuzaga kelganda preparatni bekor qilish zarur.

Kolonoskopik va/yoki gistologik tasdiqlangan soxtamembranoz kolitda vankomitsin va metronidazolni peroral tayinlash ko‘rsatilgan.

Kamdan-kam yuzaga keladigan tendinit paylarning uzilishiga (asosan axill payi) olib kelishi mumkin, ayniqsa keksa bemorlarda.

Tendinit belgilari paydo bo‘lganda, davolashni darhol to‘xtatish, axill payini immobilizatsiya qilish va ortoped bilan maslahatlashish kerak.

Davolash davrida avtotransportni boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish zarur, etanol iste'mol qilish mumkin emas.

Preparatni qo‘llashda ayollarga tampon ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki molochnitsa rivojlanish xavfi yuqori.

Davolash fonida miasteniya kechishi yomonlashishi, moyilligi bo‘lgan bemorlarda porfiriya xurujlari tezlashishi mumkin.

Sil kasalligining bakteriologik diagnostikasida soxta manfiy natijalarga olib kelishi mumkin (Mycobacterium tuberculosis ajralib chiqishiga to‘sqinlik qiladi).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- gipersezuvchanlik;

- glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi;

- epilepsiya (shu jumladan anamnezda);

- talvasa bo'sag'asining pasayishi (shu jumladan kalla-miya jarohati, insult yoki markaziy asab tizimidagi yallig'lanish jarayonlaridan keyin);

- 18 yoshgacha bo'lgan yosh (skelet o'sishi tugallanmaguncha);

- homiladorlik, laktatsiya davri.

Ehtiyotkorlik bilan:

- bosh miya tomirlari aterosklerozi;

- miya qon aylanishining buzilishi (anamnezda);

- surunkali buyrak yetishmovchiligi;

- markaziy asab tizimining organik shikastlanishlari.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Quyidagi infuzion eritmalar bilan mos keladi: natriy xloridning izotonik eritmasi, Ringer eritmasi, 5% li fruktoza eritmasi, 5% li dekstroza eritmasi.

Geparin bilan aralashtirmang (cho'kma tushish xavfi).

Teofillin klirensini 25% ga kamaytiradi (bir vaqtda qo'llanilganda teofillin dozasini kamaytirish kerak).

Simetidin, furosemid, metotreksat va naychalar sekretsiyasini blokirovka qiluvchi preparatlar - plazmada ofloksatsin konsentratsiyasini oshiradi.

Plazmada glibenklamid konsentratsiyasini oshiradi.

K vitamini antagonistlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda qon ivish tizimini nazorat qilish kerak.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, nitroimidazol va metilksantinlar hosilalari bilan buyurilganda neyrotoksik ta'sirlar rivojlanishi xavfi ortadi.

Glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda buyurilganda, ayniqsa keksa odamlarda paylarning uzilishi xavfi ortadi.

Siydikni ishqoriy qiluvchi preparatlar (karboangidraza ingibitorlari, sitratlar, natriy bikarbonat) bilan buyurilganda kristalluriya va nefrotoksik ta'sirlar xavfi ortadi.

Dozirovkasi

Vena ichiga tomchilab.

Dozalar infeksiyaning lokalizatsiyasi va kechishining og'irligiga, shuningdek mikroorganizmlarning sezgirligi, bemorning umumiy holati va jigar va buyrak funksiyasiga qarab individual ravishda tanlanadi.

Vena ichiga tomchilab yuborishni bir martalik 200 mg dozadan boshlaydilar, u sekin 30-60 daqiqa davomida yuboriladi. Bemor holati yaxshilanganda preparatni xuddi shu sutkalik dozada peroral qabul qilishga o'tkazadilar.

Siydik chiqarish yo'llari infeksiyalari - 100 mg dan sutkasiga 1-2 marta, buyrak va jinsiy a'zolar infeksiyalari - 100 mg dan sutkasiga 2 martadan 200 mg gacha sutkasiga 2 marta;

Nafas yo'llari infeksiyalari, shuningdek LOR-a'zolari, teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalari, suyak va bo'g'imlar infeksiyalari, qorin bo'shlig'i infeksiyalari, bakterial enterit, septik infeksiyalar - 200 mg dan sutkasiga 2 marta.
Zarurat bo'lganda doza 400 mg gacha sutkasiga 2 marta oshiriladi.

Immuniteti yaqqol pasaygan bemorlarda infeksiyalar profilaktikasi uchun - 400-600 mg/sut dan.
Zarurat bo'lganda v/i tomchilab - 200 mg 5% glyukoza eritmasida. Infuziya davomiyligi -30 daqiqa. Faqat yangi tayyorlangan eritmalarni ishlatish kerak.

Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda (kreatinin klirensi (KK) 50-20 ml/min bo'lganda) bir martalik doza sutkasiga 2 marta tayinlanganda o'rtacha dozaning 50% ini tashkil qilishi kerak yoki to'liq bir martalik doza sutkasiga 1 marta yuboriladi.
KK 20 ml/min dan kam bo'lganda bir martalik doza - 200 mg, keyin - 100 mg dan sutkasiga kunora.
Gemodializ va peritoneal dializda - 100 mg dan har 24 soatda. Jigar yetishmovchiligida maksimal sutkalik doza - 400 mg/sut.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml o'xshash dorilari

NUTRIFLAV infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Retseptli
NUTRIFLAV infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Hindiston
Vakil:
NUTRIMED
Ishlab chiqaruvchi:
M/S Pek Pharma

OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml xususiyatlari

OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml analoglari

OFLOKSASIN 0,002/ML infuziya uchun eritma 100ml N48
Retseptli
OFLOKSASIN 0,002/ML infuziya uchun eritma 100ml N48
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Krasfarma OAO
OFLOKSASIN 0,2 tabletkalari N10
Retseptli
OFLOKSASIN 0,2 tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
OFLOKSASIN 0,4 tabletkalari N10
Retseptli
OFLOKSASIN 0,4 tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
OFLOKSASIN TEVA 0,2 tabletkalari N10
OFLOKSASIN TEVA 0,2 tabletkalari N10
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Teva Prayvet Ko.Ltd Farm.zavod
OFLOKSASIN 0,4 tabletkalari N10
Retseptli
OFLOKSASIN 0,4 tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Rafarma, AO
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
Retseptli
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
Turkiya
Vakil:
Rotapharm
Ishlab chiqaruvchi:
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: World Medicine Ilas San. Ve Tic. A.S.
•58 ta dorixonada bor
Narxi
46 900 so'm dan
KAFRA tabletkalari 400mg N5
Retseptli
KAFRA tabletkalari 400mg N5
Gruziya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
MR OFLODIK infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
Retseptli
MR OFLODIK infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Merrymed Farm, OOO

OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
29 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №2
Shayxontoxur tumani, Gulobod dahasi, 54 uy, 47-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
32 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
32 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
32 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №9
Mirobod tumani, Oybek koʻchasi 44-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
32 000 so'm
Bron qilish
Shafran №9
Olmazor tumani, Keles ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
28 000 so'm
Shafran №1
Olmazor tumani, Qora qamish 1-ko'chasi, 14D uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-01:00
28 000 so'm
Shafran №14
Yashnobod tumani, Beshariq ko'ch., 115uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
28 000 so'm
Marjon Farm Trade №2
Mirzo Ulug'bek tumani, Mirzo Ulug'bek ko'ch., 109 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
28 000 so'm
Marjon Farm Trade №4
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruz ko'ch., 1 uy, 27 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
28 000 so'm

OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml haqida savollar

OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil