Apteka.uz
SavatKirish

Pentovit

Pentovit chiqarilish shakllari

PENTOVIT tabletkalari N50
Retseptsiz
PENTOVIT tabletkalari N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Altayvitamini, ZAO
- Pentovit qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Pentovitning tarkibi
- Pentovit ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Pentovit narxi Toshkent dorixonalarida

Pentovit haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PENTOVIT

Preparatning savdo nomi: Pentovit

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

tiamin xloridi (V1 vitamini) – 0,01 g,

piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) – 0,005 g,

nikotinamid – 0,02 g,

folat kislotasi – 0,0004 g,

sianokobalamin (V12 vitamini) – 0,00005 g,

Yordamchi moddalar: qand (saxaroza), talk, kalsiy stearati, kartoshka kraxmali, asalari mumi, magniy karbonat asosi, bug‘doy uni, metilsellyuloza, ozuqa jelatini, titan dioksidi.

Ta‘rifi:

Dumaloq, ikki tomoni qavariq, oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi

Polivitamin.

ATX kodi: [A11VA]

 

Farmakologik ta‘siri:

Polivitamin preparati, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi vitaminlarning xususiyatlari bilan bog‘liq. Ushbu vitaminlarning kombinasiyasi uchun asos markaziy va periferik nerv tizimining funksional holatiga yig‘indi ta‘siri hisoblanadi.

 

Qo‘llanilishi:

Periferik (radikulit, nevralgiyalar nevritlar) va markaziy nerv tizimining kasalliklarini majmuaviy davolash, turli genezli astenik holatlarda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Qo‘llash usuli va dozalari:

Ichga, 2-4 tabletkadan kuniga 3 marta (ovqatdan keyin) buyuriladi. Davolash kursi – 3-4 hafta. Takroriy kurslar shifokor tavsiyasi bo‘yicha.

 

Nojo‘ya ta‘siri:

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri:

Ushbu majmua tarkibiga kiruvchi V6 vitamini levodopaning parkinsonizmga qarshi ta‘sirini pasaytiradi. Alkogol V1 vitaminining so‘rilishini keskin pasaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar:

Tavsiya etilgan sutkalik doza oshirilmasin. Tarkibida V guruhi vitaminlarni saqlovchi polivitamin majmualari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

 

Chiqarilishi shakli:

10, 50 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 10 tabletkali 1, 2, 3, 4, 5 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

50 tabletkadan kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan birga (o‘ramlar soni bo‘yicha) qutisiz guruh o‘ramiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti:

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati:

3 yil. Preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan sanasigacha ishlatish kerak.

 

Dorixonalardan berish tartibi:

Reseptsiz.

 

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Pentovit preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Pentovit haqida savollar

Pentovit haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 3 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil