POLIMIKning aptekalardagi narxlari
POLIMIK tabletkalari 200mg/500mg N10
|
|
38 ta dorixonada bor
|
60 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
65 500 so'mdan
Bron qilish
|
POLIMIK tabletkalari N10
|
|
156 ta dorixonada bor
|
43 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
70 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
63 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
POLIMIK ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
POLIMIK®
POLIMIK
Preparatning savdo nomi: Polimik®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): ofloksasin, ornidazol
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Har bir qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: ofloksasin – 200 mg, ornidazol – 500 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, povidon K-30, magniy stearati, tozalangan suv, Opadray 03V53217 to‘q sariq bo‘yovchisi.
Ta‘rifi: kapsula shaklidagi, bir tomonida sindirish chizig‘i va boshqa tomoni silliq bo‘lgan qobiq bilan qoplangan, to‘q sariq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun antibakterial preparatlar, antibakterial preparatlarning majmuasi.
ATX kodi: J01RA09.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ofloksasin ftorxinolonlar guruhiga mansub. Keng ta‘sir doirasiga ega. Ofloksasinning bakterisid ta‘siri, boshqa ftorxinolonlar kabi bakteriyalarning DNK-giraza (mikroorganizmlar ularsiz yashay olmaydi) fermentini bloklab qo‘yish xususiyatiga bog‘liq.
Ofloksasin penisillin, aminoglikozidlar, sefalosporinlarga chidamli, shuningdek ko‘p sonli chidamlilikka ega mikroorganizmlarga nisbatan keng ta‘sir doirasiga ega. Preparatga viruslar va zamburug‘lar sezgir emas.
Ornidazol protozoy va aralash infeksiyalarni davolashda yuqori samaradorlikka ega.
Ornidazol Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis), shuningdek Gardnerella vaginalis, Bacteroides va Clostridium spp., Fusobacterium, kabi ayrim anaerob bakteriyalarga va anaerob kokklarga nisbatan ham samaralidir.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ornidazol tez so‘riladi, o‘rtacha so‘rilishi 90% ni tashkil qiladi. Plazmada cho‘qqi konsentrasiyaga 3 soatdan keyin erishiladi. Ofloksasin ichga yuborilgandan keyin deyarli to‘liq so‘riladi.
Taqsimlanishi
Ornidazolni plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi 13% ni tashkil qiladi. Ornidazol orqa miya suyuqligiga yaxshi o‘tadi. Plazmadagi konsentrasiyasi preparatni qo‘llanishiga bo‘lgan turli ko‘rsatmalar uchun (6-36 mg/l) optimal chegarada bo‘lgan. Ofloksasinni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 32% ni tashkil qiladi. Ofloksasin organizmning to‘qimalarida keng taqsimlanadi.
Metabolizimi
Ornidazol asosan jigarda metabolizmga uchraydi va natijada 2-gidroksimetil-va α-gidroksimetil metabolitlari hosil bo‘ladi. Ikkala metabolit o‘zgarmagan ornidazolga qaraganda Trichomonas vaginalis va anaerob bakteriyalarga nisbatan kamroq faollikka ega. Ofloksasin yuborilgandan so‘ng 1-3 soatdan keyin qonda maksimal konsentrasiyasi kuzatiladi.
Chiqarilishi
Ornidazolning yarim chiqarilish davri taxminan 13 soatni tashkil qiladi. Bir marta qabul qilingandan keyin dozaning 85% 5 kun davomida asosan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 4% buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Ofloksasinning yarim chiqarilish davri 4-6 soatni tashkil qiladi. Ofloksasin asosan o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Polimik® preparatining komponentlariga sezgir qo‘zg‘atuvchilar (mikroorganizmlar va sodda hayvonlar) tomonidan chaqirilgan quyidagi aralash infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi:
- siydik-tanosil tizimining kasalliklari: o‘tkir va surunkali pielonefrit, prostatit, sistit, epididimit, jarohlik infeksiyalari, siydik tanosil yo‘llarining asoratlangan yoki qaytalanuvchi infeksiyalari, ginekologik kasalliklar;
- penisillinga chidamli gonokokklar, xlamidiyalar, trixomonadalar va boshqa mikroorganizmlar tomonidan chaqiriladigan, jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklar;
- qorin bo‘shlig‘i a‘zolari va o‘t yo‘llarining infeksiyalari, shuningdek amyobiaz–amyoba dizenteriyasi, ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa jigarning amyobali abssessi, lyamblioz va qorin tifi, salmonellez, ishegellez kabi boshqa infeksion kasalliklar;
- og‘iz bo‘shlig‘ining infeksiyalari, o‘tkir nekrotik yarali gingivit;
- immuntanqisligi bo‘lgan bemorlar yoki neytropeniyali bemorlarda infeksion asoratlarni oldini olish; operasiyadan oldingi tayyorgarlik va jarrohlik infeksiyalarni operasiyadan keyingi davolash, ayniqsa gastroenterologiya.
Qo‘llash usuli va dozalari
Polimik®ni chaynamasdan, suv bilan birga, ichga qabul qilish lozim.
Preparatni ovqatdan oldin ham, keyin ham qabul qilishga ruxsat beriladi. 2 oydan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi. Polimik®ning dozasini va davolash davomiyligini shifokor belgilaydi. Kattalar uchun o‘rtacha doza 1 tabletkadan sutkada 2 marta, davolash davomiyligi 7-10 kun; davolashni kasallikning klinik belgilari yo‘qolganidan keyin kamida 3 kun davom ettirish lozim.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak yo‘llari: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, enterokolit, gipoglikemik preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipoglikemiya.
Nerv tizimi: qo‘zg‘alish, bosh aylanashi, bosh og‘rig‘i, uyquni buzilishi (uyqusizlik yoki uyquchanlik), periferik sezuvchanlikni buzilishi, koordinasiyani buzilishi.
Qon yaratish a‘zolari: anemiya, leykopeniya, eozinofiliya, trombositopeniya, pansitopeniya.
Buyrak: plazmada kreatininni oshiradi.
Jigar: jigar fermentlari faolligini va bilirubinni oshishi.
Yurak qon-tomir tizimi: arterial gipotenziya, taxikardiya.
Suyak-mushak tizimi: tendenitlar, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarda, shuningdek artralgiyalar, mialgiya.
Allergik reaksiyalar: terini qizib ketishi, qichishish, fotosensibilizasiya, angionevrotik shish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya), tutqanoq, markaziy nerv tizimining tirishishga moyilligi bo‘lgan shikastlanishlari (bosh miya jarohati, insult, miya va miya pardalarini yallig‘lanish jarayonlaridan keyin), 16 yoshgacha bolalar, homiladorlik, emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Agar Siz antasid preparatlarni yoki temir saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Polimik® ning samaradorligi susayadi, shuning uchun preparatni ko‘rsatilgan preparatlardan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish lozim.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida MNT ga va tutqanoq xurujlarining rivojlanishiga rag‘batlantiruvchi ta‘siri xavfi oshadi.
Probensid, simetidin, furosemid va metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llanganida, Polimik® ni siydik bilan chiqarilishi kamayadi, yarim chiqarilish davri uzayadi va uning zaharli ta‘sir xavfi oshadi.
Kumarin qatori antikoagulyantlarining samarasini kuchaytiradi, vekuroniy bromidining miorelaksiyalovchi ta‘sirini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar Siz Polimik® bilan davolanayotgan bo‘lsangiz, zarurat bo‘lmasa, bevosita tushadigan quyosh nurlari ta‘siri ostida bo‘lmasligingiz, ultrabinafsha nurlari (simob-kvars lampalari, solyariy) bilan nurlanishdan saqlanishingiz kerak.
Qandni kamaytiradigan preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan bemorlar Polimik® ni ehtiyotkorlik bilan qo‘llashlari lozim.
Buyrak faoliyatini buzilishi yoki jigarni og‘ir shikastlanishi (sirroz) bo‘lgan bemorlar o‘rtacha sutkalik dozani (2 tabletka) oshirmasliklari lozim.
Transport vositalarini boshqarayotgan, mashina va mexanizmlarda ishlaydigan pasientlar nerv tizimi tomonidan ro‘y bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush samaralarni unutmasliklari lozim.
Polimik® ni uzoq muddat qo‘llanishi preparatga chidamli mikroorganizmlarni o‘sishi bilan bog‘liq ikkilamchi infeksiyani chaqirishi mumkin.
Preparat bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarini iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.
Homiladorlik va laktasiya:
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri:
Preparatni transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishining eng muhim belgilari bu markaziy nerv tizimi tomonidan bo‘lgan simptomlaridir: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tutqanoq xurujlari, ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan reaksiyalar – ko‘ngil aynishi va qusish. Doza oshirib yuborilgan hollarda darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda, 1 yoki 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari