Ташкент
logo
SavatKirish

PROFEPLAST

PROFEPLAST chiqarish shakllari

PROFEPLAST plastir 50 mg N5
PROFEPLAST plastir 50 mg N5
Janubiy Koreya
Ishlab chiqaruvchi:
DAE HWA PHARMACEUTICAL CO. LTD
- PROFEPLAST qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- PROFEPLASTning tarkibi
- PROFEPLAST ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- PROFEPLAST narxi Toshkent dorixonalarida

PROFEPLAST qo'llanmasi

Farmakoterapevtik guruh

Nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita

Ishlab chiqarilish joyi
Janubiy Koreya
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

1. Loksoprofen yoki plasterning bashqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda.

2. Atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQV lariga (anamnezida bronxial astma, eshakemi) yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarida qo'llash mumkin emas.

Farmakodinamikasi

Boshqa ko'pchilik NYaQV kabi loksoprofen tsiklooksigenazaning noselektiv ingibitori bo'lib xisoblanadi va araxidon kislotadan prostaglandinlar sintezini kamaytiradi.



Farmakokinetikasi

Teri orqali in vivo yutilish xususiyati quyon tanasining orqa qismida Cmax va AUC tahlil usullari orqali o'rganilgan.
Izopropilmiristat (IPM) va IPM monoetil efiri sopolimeri – dietilenglikoli (DGME) erituvchilari qo'shilganida propilenglikol laurat-DGME sopolimeri erituvchilariga nisbatan plaster yuqoriroq o'tishini namoyish qilgan.

LP miqdori plasterda 0,56 mg/sm2 dan 1,19 mg/sm2 gacha oshganda, ta'sir etuvchi moddaning ajralib chiqishi va teriga so'rilishi proportsional oshgan. 1,19 mg/sm2 dozada so'rilishi 35,6 mkg/sm2/soat gacha erishilgan. Yangi plasterlar yaxshi adgeziv xususiyatlar namoyon qilgan va kristall xosil qilmagan. LP plasterning (60 mg/70 sm2) dermal ko'llangandan keyin AUC 0-24 hr va Cmax 6951 ± 230 ng.hr/ml va 400 ± 44 ng/ml muvofiq tashkil qilgan. Plazmadagi kontsentratsiyasi esa 24 soat davomida 300 ng/ml dan yuqori darajada saqlanib turgan. 

Dozirovkasi

Sirtga qo'llanadi.

Yupqa plyonkani olinib va shikastlangan soxaga kuniga bir marta yopishtiriladi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslaxatlashing.

1. Bronxial astmasi bo'lgan patsientlar.

2. Shifokor kuzatuvi ostida bo'lgan patsientlarda.

Quyidagi soxalarga qo'llamang: ko'z, shilliq qavat, shikastlangan teriga, ekzema va toshma. Zamburug'li shikastlangan tovon soxasiga qo'llamang.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Plasterni boshqa peroral va parenteral NYaQV bilan birga qo'llamaslik kerak. 

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

1 transdermal plaster quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: loksoprofen – 50 mg;

yordamchi moddalar: α-monoizostearilglitseril efiri, kremniy dioksidi, L-mentol, etanol, akrilat/vinilatsetatli yelim modda, atsetilatsetonat alyuminiy polietilentereftalat separatori, matoli asos.

Сhiqarilish shakli

5 ta transdermal plaster alyumin folgadan tayyorlangan termik qadoqlangan paketga joylangan. 50 termik qadoqlangan paket tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.

Farmakoterapevtik guruh

Nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita

Dori shakli

Transdermal plaster

Nojo'ya samaralari

Qichishish (2,1%), eritema (1,5%), kontakt dermatit (1,4%), dispepsiya (0,65%), ALT ko'rsatkichini oshishi (0,6%), ASTko'rsatkichini oshishi (0,5%).

Ushbu simptomlar paydo bo'lganda plasterni qo'llashni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Qo'llanilishi

ProfePlast tservikobraxialgiyada og'riq va yallig'lanish sindromlarini pasaytirish uchun artrit, artroz, lyumbagoda qo'llaniladi. ProfePlast yumshoq to'qimalarning teri qoplamalari butunligini buzilishlarisiz shikastlanishlarida (pay cho'zilishi, lat yeyish, chiqish) og'riq sindromini kamaytirishda samaralidir.

Ta'rifi

Teri rangli mato asosli, yorqin sariq va yopishqoq modda bilan qoplangan himoya plyonkali plaster.

Ehtiyot choralari

1. Simptomatik davolash sifatida qo'llaniladi.

2. Preparatni infektsiyalangan teriga qo'llanganda antibakterial yoki zamburug'larga qarshi vositalar bilan birga qo'llang.

3. Surunkali kasalligi bo'lgan patsientlarda qo'llanganda, dori-darmonsiz davolash usullari bilan majmuada qo'llash ehtimolini ko'rib chiqing.

4. Okklyuzion bog'lamni qo'llamang.

5. ProfePlastni 65 yoshdan katta patsientlarda qo'llaganda plasterni olib tashlashda ehtiyot bo'ling.


PROFEPLAST barcha rasmlari

Barcha rasmlar

PROFEPLAST savollari

PROFEPLAST fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil