Ташкент
logo
SavatKirish

RALMIZOL

RALMIZOL chiqarish shakllari

RALMIZOL krem 30g 2% N1
RALMIZOL krem 30g 2% N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
BioMedicare (India) Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Yash Medicare Pvt. Ltd
- RALMIZOL qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- RALMIZOLning tarkibi
- RALMIZOL ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- RALMIZOL narxi Toshkent dorixonalarida

RALMIZOL qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Kategoriya
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RALMIZOL

RALMIZOL

 

Preparatning savdo nomi: Ralmizol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ketokonazol

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem 2%

Tarkibi:

1 g krem quyidagilarni saqlaydi;

faol modda: 200 mg ketokonazol;

yordamchi moddalar: oq yumshoq parafin, setostearil spirti, setomakrogol 1000, yengil suyuq parafin, xlorokzesol, propilenglikol, tozalangan suv.

Ta‘rifi: oq rangli yumshoq krem.

Farmakoterapevtik guruhi: sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vosita.

ATX kodi: D01AC08

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ketokonazol – zamburug‘larga qarshi preparatdir. Zamburug‘larga qarshi samarasi ergosterol sintezi susaytirishi va zamburug‘lar membranasining qolgan lipid komponentlarining tarkibini o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ketokonazol dermatofitlar (Trichophyton spp., Epidermophyton floccosum, Microsporum spp.), achitqi zamburug‘lari (Candida spp., Pityrosporum, Torulopsis, Cryptococcus, Malassezia furfur), dimorf yuqori zamburug‘lar (eumisetlar) ga nisbatan fungisid va fungistatik ta‘sir namoyon qiladi. Aspergillus spp., Sporotrix schenskii, ayrim Dermatiaceae, Mucor spp. va Entomophthrales dan tashqari boshqa fukomisetlar ketokonazolga kamroq sezgir. Ketokonazol preparatlari bilan davolash davrida rezistentlikni rivojlanishi aniqlanmagan. Preparat qichishishni tez bartaraf etadi.

Farmakokinetikasi

Ketokonazol kremi mahalliy qo‘llanganda deyarli so‘rilmaydi; uzoq vaqt qo‘llanganda qonda aniqlanmaydi.

Qo‘llanilishi

Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Microsporum canis va Epidermophyton floccosum chaqirgan dermatofit teri infeksiyalari:

  • silliq teri dermatomikozi,
  • chov epidermofitiyasi,
  • kaft va panja epidermofitiyasi,
  • teri kandidozi,
  • kepaklanuvchi temiratki,
  • Pityrosporum ovale chaqirgan seboreyali dermatitda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Krem mahalliy qo‘llanadi. Preparatni surtishdan oldin shikastlangan sohalarni sinchkovlik bilan tozalash va quritish kerak. Silliq teri dermatomikozi, chov epidermofitiyasi, kaft va panja epidermofitiyasi, teri kandidozi, shuningdek kepaklanuvchi temiratkini davolaganda kremni shikastlangan sohaga va unga yaqin joydagi teriga sutkada 1 marta surtish tavsiya etiladi. Seboreyali dermatitni davolaganda krem shikastlanish darajasiga qarab sutkada 1 yoki 2 marta surtiladi.

Davolashni yetarli darajada davomiylikda, kasallikning barcha simptomlari yo‘qolgandan keyin va mikologik tekshiruvning manfiy natijalari olingandan keyin yana bir necha kun davom ettirish kerak.

Odatda davolash muddati quyidagilarni tashkil etadi: kepaklanuvchi temiratki – 2-3 hafta; achitqi infeksiyalari – 2-3 hafta; chov epidermofitiyasi – 2-4 hafta; silliq teri dermatomikozi – 3-4 hafta; panja epidermofitiyasi – 4-6 hafta; seboreyali dermatit – 2-4 hafta, lekin bunday kasallikda samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun krem haftada 1-2 marta surtish davom ettiriladi.

Preparatni qo‘llashni o‘tkazib yubormang! Agar Siz qo‘llashni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, kremni iloji boricha tezroq surting. Lekin keyingi qo‘llash vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, muntazam qo‘llash usuliga qayting.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat surtilgan joylarda kam hollarda terini ta‘sirlanishi va achishish hissi yoki kontakt dermatit ko‘rinishidagi allergik reaksiyalarni mahalliy ko‘rinishlari paydo bo‘lishi mumkin.

Har qanday noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lgan hollarda shifokor bilan maslahatlashish kerak!

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ketokonazol yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Yuqori sezuvchanlik simptomlariga preparat qo‘llanilgandan keyin paydo bo‘ladigan terini qizarishi va qichishishi kiradi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

O‘rganilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Krem faqat teriga sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Kremni ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak. Kremni ko‘zlarga tushgan holatda ularni suv bilan yuvish kerak. Mahalliy yoki allergik reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda kremni oqava suv bilan yuving va darhol shifokorga murojaat eting! Agar davolash boshlangandan 4 haftadan keyin klinik yaxshilanish kuzatilmasa, diagnozni mikrobiologik usulda tasdiqlash va kasallikning boshqa sababini inkor etish kerak. Agar Siz kortikosteroidlar saqlovchi kremlar, surtmalar yoki losonlardan foydalansangiz, Ralmizol kremi bilan davolashni kortikosteroidlarni qo‘llash bilan birga boshlash mumkin. Kortikosteroidlar bilan davolashni to‘satdan to‘xtatganda terini qizarishi yoki qichishishi paydo bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rinishlarni oldini olish uchun kortikosteroidlar bilan davolashni davom ettirish tavsiya etiladi. Davolashni quyidagicha davom ettiring:

  • bir hafta davomida kortiksteroid saqlovchi preparatni ertalab, Ralmizolni esa kechqurun qo‘llang;
  • keyingi 1-2 hafta davomida kortiksteroid saqlovchi preparatni ertalab 2-3 sutkada 1 marta, Ralmizol kremini har kun kechqurun qo‘llang;
  • va nihoyat, kortikosteroidni qo‘llashni to‘xtating va zarurati bo‘lganida Ralmizol kremi bilan davolashni davom ettiring.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi

Homilador va emizikli ayollarda tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparat homilador va emizikli ayollarda qo‘llanganida xavfli bo‘lishi mumkinligi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga ta‘sir etish qobiliyati

Preparatning avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga ta‘sir qilishi tekshirilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Kremlar mahalliy qo‘llanganida ketokonazol tizimli qon oqimiga deyarli so‘rilmaganligi tufayli, dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam. Kremni ortiqcha miqdorda qo‘llash eritema, terini shishi va achishish hissiga olib kelishi mumkin. Bu simptomlar odatda davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi.

Chiqarilish shakli

30 g krem alyumin tubada. 1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

RALMIZOL barcha rasmlari

Barcha rasmlar

RALMIZOL savollari

RALMIZOL fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil