Apteka.uz
SavatKirish

REPRODUKTOL

REPRODUKTOL chiqarilish shakllari

REPRODUKTOL tabletkalar N30
REPRODUKTOL tabletkalar N30
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
«Tocura Ilac San. ve Tic. A.S.»
- REPRODUKTOL qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- REPRODUKTOLning tarkibi
- REPRODUKTOL ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- REPRODUKTOL narxi Toshkent dorixonalarida

REPRODUKTOL haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; homiladorlik va emizish (tajribasi yo'qligi sababli).

Farmakologik ta'siri

Mio-inozitol:

• ayol jinsiy gormonlarining fiziologik muvozanatini saqlashda ishtirok etadi;

• qon zardobidagi androgenlar va prolaktin darajasini normallashtirishga va giperandrogeniyaning namoyon bo'lishini (soch o'sishi, akne, ortiqcha vazn), shu jumladan tuxumdon polikistozini bartaraf etishga yordam beradi;

• hayz siklni tartibga solishda ishtirok etadi va uning normallashishiga yordam beradi;

• muvaffaqiyatli urug'lantirishga tayyorgarlik ko'rish vaqtida tuxum hujayrasining yetilishida muhum rol o'ynaydi;

• insulin reseptorlaridan hujayra ichidagi signalni uzatishda ishtirok etadi, insulinga sezgirligining pasayishi va u bilan bog'liq metabolik kasalliklarni bartaraf etishda, bel va tana vaznini oshishida yordam beradi.

D-xiro-inozitol:

• testosteron darajasini pasaytirish va ovulyasiyani normallashtirishga yordam beradi;

• mio-inozitol ta'sirini kuchaytiradi;

• tana vaznining oshishi bilan uglevod va lipid metabolizmining metabolik ko'rsatkichlarini yaxshilashga yordam beradi.

Foliy kislotasi hujayra bo'linishi jarayonida ishtirok etadi, uning roli homila rivojlanish davrida hujayralarning tez bo'linishi va o'sishi davrida ayniqsa muhimdir. Homilaning uyg'un rivojlanishi va tug'ma nuqsonlarni oldini olish uchun homiladorlikni rejalashtirishda folik kislotasini qabul qilish tavsiya etiladi. Tuxumdon polikistozi va tana vaznining oshishi bilan og'rigan bemorlarda folik kislotasi gipergomosisteinemiya oldini olishga yordam beradi. Gipergomosisteinemiya giperkoagulyasiа sindromi va homiladorlik asoratlarini rivojlanish xavfini oshiradi.

Marganes pidolati turli xil metabolik reaksiyalarda va hayz davrining gormonal boshqarilishida ishtirok etadi. Marganes ionlari organizmning antioksidant manbasini rag'batlantirish orqali normofiziologik siklni qo'llab-quvvatlashga yordam beradi. Marganes predmenstrual sindromning namoyon bo'lishini bartaraf etishga yordam beradi.

Insulinga nisbatan sezgilikning pasayishi xisobiga hayzning buzilishi, tuxumdon polikistozi va bepushtlik uchun xosdir. Marganes pidolati inozitollar (Mio-inozitol, D-xiro-inozitol), xrom va foliy kislotasi bilan birgalikda glikemik nazoratni kuchaytirish uchun samarali hisoblanadi. Reproduktol tuxumdon hujayralari, mushaklarning insulin, gonadotropin, lyuteinlashtiruvchi va follikulani rag’batlantiruvchi gormonlarga sezgirligini oshiradi va shu bilan ovulyatsiya sikllarini rivojlanish ehtimolini oshiradi.

Xrom pikolinati qonda qandni tartibga solish, metabolizm va yurak sog'lig'ini saqlashda muhim rol o'ynaydigan muhim mikroelementdir. Xrom pikolinati organizmdagi glyukoza va lipidlar metabolizmi bilan bog'liq metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. Uning ta’siri periferik to'qimalarning insulinga nisbatan sezgirligining oshirilishi bilan bog'liq bo'lib, bu hujayralar tomonidan glyukozadan yanada samarali foydalanishga yordam beradi. Bu ishtahani pasayishiga, yog' massasining kamayishiga va mushaklar hajmining ko'payishiga yordam beradi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Reproduktol tabletkalarini hayz davrining istalgan kunida qabul qilishni boshlang.

1 tabletkadan kuniga 2 marta, ovqatdan keyin yoki ovqat paytida, har kuni bir vaqtning o'zida, agar shifokor tomonidan boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa.

Davolash kursi 3 oy.

Agar kerak bo'lsa, dozani takrorlash mumkin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. REPRODUKTOL preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

REPRODUKTOL haqida savollar

REPRODUKTOL haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil