Retinalaminning aptekalardagi narxlari
RETINALAMIN liofilizat 5mg/ml 5ml N10
|
|
30 ta dorixonada bor
|
915 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
1 150 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
990 000 so'mdan
Bron qilish
|
Retinalamin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
RETINALAMIN®
RETINALAMIN
Ushbu dori vositasini qabul qilishdan/qo‘llashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.
- Bu yo‘riqnomani saqlab qo‘ying, u yana talab qilinishi mumkin.
- Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.
- Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan va uni boshqa shaxslarga bermang, bu ularga zarar keltirishi mumkin, xatto agar ularda kasallikni xuddi shu belgilari bo‘lsa ham.
Preparatning savdo nomi: RETINALAMIN®
XPN: mavjud emas
Guruhlash nomi: Qoramol ko‘z to‘r pardasining polipeptidlari.
Dori shakli: mushak ichiga va parabulbar yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.
Tarkibi:
Bir flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 5 mg Retinalamin (suvda eruvchan polipeptid fraksiyalarining majmuasi),
yordamchi modda: 17 mg glisin (stabilizator).
Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli liofillangan kukun yoki g‘ovak massa.
Farmakterapevtik guruhi: to‘qimalar reparasiyasining stimulyatori.
ATX kodi: S01XA.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Retinalamin – 10000 Da dan oshmaydigan molekulyar massali suvda eruvchan polipeptid fraksiyalarining majmuasidir.
Preparat fotoreseptorlar va to‘r pardaning xujayra elementlariga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi; distrofik o‘zgarishlarida pigmentli epiteliy va fotoreseptorlarning tashqi segmentlarini, glial xujayralarning funksional o‘zaro ta‘sirini yaxshilanishiga yordam beradi; to‘r pardaning yorug‘likka sezgirligini tiklanishini tezlashtiradi. Ko‘z to‘r pardasining kasalliklari va jarohatlarida reparativ jarayonlarini faollashtiradi, tomirlarning o‘tkazuvchanligini normallashtiradi, mahalliy yallig‘lanish reaksiyalarini ko‘rinishlarini kamaytiradi.
RETINALAMIN® ning ta‘sir mexanizmi uning metabolik faolligi bilan belgilanadi: preparat ko‘z to‘qimalarining metabolizmini yaxshilaydi va xujayra membranalarining faoliyatini normallashtiradi, xujayra ichki oqsil sintezini yaxshilaydi, lipidlarning perekisli oksidlanish jarayonlarini boshqaradi, energetik jarayonlarni uyg‘unlashishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
RETINALAMIN® tarkibi, ta‘sir etuvchi moddasi polipeptid fraksiyalarining majmuasi bo‘lganligi tufayli, uning ayrim komponentlarini odatdagi farmakokinetik tahlilini o‘tkazishning imkoniyati yo‘q.
Qo‘llanilishi
Kompensasiyalangan birlamchi ochiq burchakli glaukoma, diabetik retinopatiya, to‘r pardaning jarohat va yallig‘lanishdan keyingi markaziy distrofiyasi, to‘r pardaning markaziy distrofiyasi, miopiya kasalligi (majmuaviy davolash tarkibida), markaziy va periferik tapetoretinal abiotrofiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda – kompensasiyalangan birlamchi ochiq burchakli glaukoma, diabetik retinopatiya, miopiya kasalligi (samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlarni yo‘qligi tufayli);
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda – to‘r pardaning jarohat va yallig‘lanishdan keyingi markaziy distrofiyasi, markaziy va periferik tapetoretinal abiotrofiyada qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga diabetik retinopatiyada, to‘r pardaning jarohat va yallig‘lanishdan keyingi markaziy distrofiyasida, markaziy va periferik tapetoretinal abiotrofiyada parabulbar yoki mushak ichiga 5-10 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Davolash kursi – 5-10 kun; zarurati bo‘lganida 3-6 oydan keyin takrorlanadi.
Kompensasiyalangan birlamchi ochiq burchakli glaukomada parabulbar yoki mushak ichiga
5 mg dan sutkada 1 marta. Davolash kursi 10 kun; zarurati bo‘lganida 3-6 oydan keyin takrorlanadi.
Miopiya kasalligida parabulbar 5 mg dan sutkada 1 marta. Davolash kursi 10 kun. Angioprotektor vositalar va V guruhi vitaminlari bilan birga tavsiya qilinadi.
Preparat 1-2 ml in‘eksiya uchun suv, 0,9% natriy xloridi eritmasi yoki 5% prokain (novokain) eritmasida eritiladi, ko‘pik hosil bo‘lmasligi uchun igna flakon devoriga yo‘naltiriladi.
1-5 yoshli bolalarga to‘r pardaning jarohat va yallig‘lanishdan keyingi markaziy distrofiyasida, markaziy va periferik tapetoretinal abiotrofiyada parabulbar yoki mushak ichiga 2,5 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.
6-18 yoshli bolalarga to‘r pardaning jarohat va yallig‘lanishdan keyingi markaziy distrofiyasida, markaziy va periferik tapetoretinal abiotrofiyada parabulbar yoki mushak ichiga 2,5-5,0 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.
Preparat 1-2 ml 0,9% natriy xlorid eritmasida eritiladi, ko‘pik hosil bo‘lmasligi uchun igna flakon devoriga yo‘naltiriladi. Davolash kursi – 10 kun; zarurati bo‘lganida 3-6 oydan keyin takrorlanadi.
Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
RETINALAMIN® ni faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha ishlating!
Flakondagi eritilgan dori vositasini saqlash va saqlashdan keyin ishlatish mumkin emas. RETINALAMIN® eritmasini boshqa eritmalar bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi simptomlari, dozani oshirib yuborilganda yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi hollari haqida xabarlar berilmagan.
Dori preparatini birinchi marta qabul qilganda yoki uni bekor qilganda ta‘sir qilishining o‘ziga xosligiga ko‘rsatma, zarurati bo‘lsa.
Dori preparatini birinchi marta qabul qilganda yoki uni bekor qilganda ta‘sir qilishining o‘ziga xosligi yo‘q.
Ta‘rifi, zarurati bo‘lsa, dori preparatining bir yoki bir necha dozalari o‘tkazib yuborilganda shifokor (feldsher), pasient harakatining o‘ziga xosligi
In‘eksiya o‘tkazib yuborilganda ikkita dozani yuborish tavsiya etilmaydi, navbatdagi in‘eksiyani esa belgilangan kunda amalga oshirish lozim.
Dori preparatini qo‘llaganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya samaralari haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Preparatning dorilar bilan o‘zaro ta‘siri ta‘riflanmagan.
Dori preparatini homilador ayollar, emizish davridagi ayollar, bolalar, surunkali kasalliklari bo‘lgan kattalar tomonidan qo‘llash mumkinligi va o‘ziga xosligiga ko‘rsatmalar
Preparatni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi haqida ma‘lumotlar yo‘q). Laktasiya davrida preparatni buyurishning zarurati bo‘lganida, emizishni to‘xtatish kerak.
Tibbiyotda qo‘llash uchun dori preparatini transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri xaqidagi ko‘rsatmalar
Preparat transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Yaroqlilik muddati va dori preparatini yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatishni taqiqlashga ko‘rsatmalar
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2 dan 20oS gacha haroratda.
Dori preparatini bolalar olaolmaydigan joyda saqlash zarurligiga ko‘rsatmalar
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Ishlatilmagan dori preparatlarini yo‘q qilishda maxsus ehtiyotkorlik choralari zarurligiga ko‘rsatmalar
Ishlatilmagan dori preparatini yo‘q qilishda maxsus ehtiyotkorlik choralari talab etilmaydi.
Chiqarilish shakli
Mushak ichiga yoki parabulbar yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat, 5 mg.
22 mg dan liofilazat 5 ml hajmli flakonlarda, 5 flakondan PVX plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha beriladi.
Chiqarish shakllari