Ташкент
logo
SavatKirish

Senamaks

Senamaks chiqarish shakllari

SENAMAKS tabletkalari N10
SENAMAKS tabletkalari N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Herbal Pharm, OOO
- Senamaks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Senamaksning tarkibi
- Senamaks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Senamaks narxi Toshkent dorixonalarida

Senamaks qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SENAMAKS

SENAMAXUM

 

Preparatning savdo nomi: Senamaks

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): A va V sennozidlari (kalsiy tuzlari ko‘rinishida).

Dori shakli: Tabletkalar

Tarkibi:

Xar bir tableka quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: Sano barglarining quruq ekstrakti 20% A va V kalsiy sennozidlari saqlaydi – 140 mg.

Yordamchi moddalar: sut qandi – 0.0778 g, makkajo‘xori kraxmali – 0.274 g, vanilin – 0.0006 g, magniy stearati – 0.003 g, nipagin – 0.0006 g, stearin kislatasi – 0.004 g.

Ta‘rifi: Kulrang tusli och-jigarrang rangdan to‘q-jigarrang rangligacha bo‘lgan, dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida faskali va riskali, vanilin hidiga ega, yassi silindr shaklli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Surgi vositasi.

ATX kodi: A06AB06

Farmakologik xususiyatlari

Preparat qabul qilingandan so‘ng 8-10 soatdan keyin ichni keltiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatning bu samarasi, yo‘g‘on ichakning reseptorlariga ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lib, u ichak peristaltikasini kuchayishiga olib keladi. Chambar ichakka tanlab ta‘sir ko‘rsatadi, ichakning me‘yoriy faoliyatini tiklaydi, o‘rganib qolishni chaqirmaydi, ovqatni hazm bo‘lishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

Preparatning ta‘sir etuvchi moddalari qisman ingichka ichakda so‘riladi va yo‘g‘on ichakdan chiqariladi, bir qismi esa bevosita yo‘g‘on ichakda bakteriyalar ta‘sirida ajralib chiqadi. Organizmdan siydik va ahlat bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Turli etiologiyali spastik va atonik qabziyatlar, shu jumladan gipotoniya va yo‘g‘on ichakning peristaltikasini susayishi bilan bog‘liq qabziyatlar. Gemorroyda, proktitda va orqa teshik yoriqlarida, ich kelishini kuzatib turish kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, kechqurun ovqatdan keyin 1 tabletkadan. Samarasi bo‘lmaganida bir necha kundan so‘ng bir martalik dozani 1,5 tabletkagacha oshirish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qorinda sanchiqsimon og‘riqlar, ich ketishi, meteorizm. Bunday holatlarda dozani kamaytirish yoki preparatani bekor qilish kerak. Uzoq vaqt qo‘llanganida, ayniqsa katta dozalarda elektrolitlarni yo‘qotish (asosan kaliy) albuminuriya, gematuriya, ichak shilliq qavatida melaninni to‘planishi va mushaklararo chigillarning zararlanishi kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Spastik kolit, appendisit, ichakning o‘tkazmasligi, noaniq genezli qorin og‘riqlari, suv va elektrolit almashinuvini buzilishi, qisilgan churra, qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, peritonit, me‘da-ichak yo‘llaridan va bachadondan qon ketishi, sistit.

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar va buyraklarning kasalliklarida, homiladorlik va emizikli davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Ba‘zida preparat qabul qilinganida siydikning rangi o‘zgarishi mumkin, bu klinik ahamiyatga ega emas.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 0,14 g dan №10 kontur-uyali o‘ramlarda.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Senamaks barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Senamaks savollari

Senamaks fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil