SEPTANAZAL
SEPTANAZAL chiqarilish shakllari


SEPTANAZAL haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- - rinitlarda burun shilliq qavati shishini kamaytirish uchun va burun shilliq qavati shikastlanishlarini bitishi uchun tutib turuvchi terapiya sifatida,
- - vazomotor rinit simptomlarini yengillashtirish uchun,
- - burun bo'shlig'idagi jarrohlik aralashuvlaridan keyin burun orqali nafas olish buzilishlarini davolash uchun.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Faol moddalarga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, quruq rinit (rhinitis sicca), anamnezda transsfenoidal gipofizektomiya yoki qattiq miya pardasiga ta’sir qiluvchi boshqa jarrohlik aralashuvlari.
- Kattalar uchun Septanazal 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mumkin emas.
- Bolalar uchun Septanazal 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mumkin emas.
- Homiladorlik:
- Kattalar uchun Septanazal/Bolalar uchun Septanazalni homiladorlik vaqtida qo‘llash kerak emas, chunki homilador ayollar tomonidan ksilometazolin gidroxloridni qo‘llashga oid yetarli ma’lumotlar yo‘q.
- Kattalar uchun Septanazal/Bolalar uchun Septanazalni laktatsiya davrida qo‘llash kerak emas, chunki ksilometazolin gidroxlorid ko‘krak sutiga ajralib chiqishi noma’lum.
Tarkibi
- 1 doza
- ksilometazolin gidroxloridi 0.05 mg
- dekspantenol 5 mg
- Yordamchi moddalar: kaliy digidrofosfat - 0.9 mg, natriy gidrofosfati dodekagidrati - 0.03 mg, tozalangan suv - 0.1 ml gacha.
Farmakokinetikasi
Nojo'ya ta'sirlar
- Tez-tez emas ( 1/1,000, lekin
- Kamdan-kam ( 1/10,000, lekin
- Juda kamdan-kam (
- Noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo'yicha baholab bo'lmaydi): burun shilliq qavatining achishishi yoki qurishi, aksirish.
Dozirovkasi
- 0,05 mg + 5 mg/doza
Dori shaklining ta'rifi
- Dozalangan nazal sprey (bolalar uchun) tiniq, rangsiz.
Maxsus ko‘rsatmalari
Ushbu dori vositasini faqat xavf va afzalliklarni sinchkovlik bilan baholagandan so‘ng quyidagi hollarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash mumkin: bemorlar monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari va arterial bosimni potensial oshiruvchi boshqa preparatlar bilan davolanishayotganda, ko‘z ichi bosimining oshishi, ayniqsa yopiq burchakli glaukoma, jiddiy yurak-qon tomir kasalliklari (masalan, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya), feoxromotsitoma, moddalar almashinuvi buzilishlari (masalan, gipertireoz, qandli diabet), porfiriya, prostata bezi giperplaziyasi.
Qo‘llashdan oldin burun yo‘llarini tozalash kerak. Surunkali rinitda preparatni faqat shifokor nazorati ostida qo‘llash mumkin, chunki burun shilliq qavati atrofiyasi yuzaga kelishi xavfi mavjud.
Simpatomimetik dimlanishga qarshi vositalarni uzoq muddat qo‘llash va dozasini oshirib yuborish burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining reaktiv giperemiyasiga olib kelishi mumkin. Bu nojo‘ya ta'sir nafas yo‘llarining obstruksiyasiga olib kelishi mumkin, bu esa o‘z navbatida bemorni preparatni takroran yoki hatto doimiy qo‘llashga majbur qiladi. Bu surunkali shish (medikamentoz rinit) yoki hatto burun shilliq qavati atrofiyasiga sabab bo‘lishi mumkin.
O‘tkir bo‘lmagan hollarda simpatomimetik preparatni bitta burun teshigiga yuborishni to‘xtatish, asorat kamayganda esa, hech bo‘lmaganda qisman burun orqali nafas olishni saqlab qolish uchun davolashni boshqa burun teshigiga yuborish bilan davom ettirish mumkin.
Dori vositasini ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Noto‘g‘ri qo‘llanilganda yoki spreyning ortiqcha miqdori qo‘llanilganda, ksilometazolinning so‘rilishi tizimli nojo‘ya ta'sirlarni, ayniqsa bolalarda (yurak-qon tomir va nevrologik nojo‘ya ta'sirlar) chaqirishi mumkin.
Preparatni grippni mahalliy yoki tizimli davolash uchun dori vositalari bilan va tarkibida simpatomimetiklar saqlovchi shamollash va yo‘talga qarshi preparatlar (masalan psevdoefedrin, efedrin, fenilefrin, oksimetazolin, ksilometazolin, tramazolin, nafazolin, tuaminogeptan) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki ehtimoliy yurak-qon tomir va nevrologik nojo‘ya ta'sirlar rivojlanishi xavfi oshishining oldini olish kerak.
Infeksiyalanishni oldini olish uchun har bir o‘ramdan faqat bitta shaxs foydalanishi kerak.
Dozani oshirib yuborish:
Imidazol hosilalari bilan intoksikatsiya klinik manzarasi xilma-xil bo‘lishi mumkin, chunki stimulyatsiya fazalari markaziy asab tizimi va yurak-qon tomir tizimining susayishi davrlari bilan almashinishi mumkin
Belgilari: tirishishlar va koma, bradikardiya, apnoe, arterial gipertenziya, shuningdek arterial gipotenziya, bezovtalik, qo‘zg‘algan holat, gallyutsinatsiyalar, tana haroratining pasayishi, charchoq, uyquchanlik, mioz, midriaz, terlash, isitma, oqarish, sianoz, ko‘ngil aynishi, taxikardiya, bradikardiya, yurak aritmiyasi, yurak to‘xtashi, arterial gipertenziya, shoksimon gipotenziya, o‘pka shishi, nafas olishning buzilishi va apnoe.
Davolash: og‘ir dozani oshirib yuborish hollarida jadal statsionar davolash ko‘rsatilgan. Faollashtirilgan ko‘mir (adsorbent), natriy sulfat (surgi) tayinlash yoki oshqozonni yuvishni (katta miqdorlar holatida) darhol o‘tkazish kerak, chunki ksilometazolin tez so‘riladi. Arterial bosimni pasaytirish uchun neselektiv alfa-adrenoreseptorlar antagonistini tayinlash mumkin. Vazopressor agentlar mumkin emas. Zarurat tug‘ilganda – tana haroratini pasaytirish, tirishishga qarshi terapiya va kislorod ingalyatsiyasi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Avval purkagichdan himoya qopqoqchasini olib tashlash kerak. Birinchi marta qo'llashdan oldin yoki, agar sprey uzoq vaqt davomida ishlatilmagan bo'lsa, mayda tomchilar paydo bo'lguncha purkagich boshchasini bir necha marta bosish kerak.
Purkagich uchligini iloji boricha vertikal holda bir burun teshigiga kiritish va purkagich boshchasini bir marta bosish kerak. Bemor purkash vaqtida burun orqali yengil nafas olishi kerak. Zarurat bo'lganda muolajani boshqa burun teshigi uchun takrorlash kerak.
Har foydalanishdan keyin purkagich uchligini qog'oz salfetka bilan artish va qopqoqchani purkagichga qayta kiygizish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)



















