Siavit analoglari
Siavit
Oziq-ovqat qoʻshimchasi Siavit, koʻz shishasimon tanasi darajasida biriktiruvchi toʻqima trofikasiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi, sintez jarayonini ragʻbatlantiruvchi va fermentativ yoki oksidlanish oqibatida degradatsiya jarayonlarini sekinlashtiruvchi moddalarni norma darajasida saqlanishini taʼminlash uchun moʻljallangan. Shunday qilib, koʻz fiziologik tuzilishini normada saqlagan holda, fotooksidlanishdan himoya qilishda ishtirok etuvchi minerallar va vitaminlar isteʼmolini optimallashtirishda yordam beradi.
Bioqoʻshimcha Siavit tarkibida vitaminlar va magniyning mavjudligi asab va yurak-qon tomir tizimlari funksiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, xususan, qon bilan taʼminlanishni yaxshilash va tomirlar butunligini saqlashga yordam beradi.
Shuningdek Siavit charchash, toliqish hissini kamaytirish, jismoniy salomatlikni qoʻllab-quvvatlash va organizmni mustahkamlash uchun tavsiya etiladi.
Retseptli
- Kapsulalar












