SIRIMOL ko'rsatmalar
Farmakoterapevtik guruh: | - Средство для коррекции метаболических процессов |
Ishlab chiqaruvchi: | - Serene Healthcare Pvt. Ltd., Индия произведено: Corona Remedies Pvt. Ltd, Serene Healthcare Pvt Ltd, Индия произведено: Enicar Pharmaceuticals Pvt. Ltd |
Ishlab chiqarilish joyi: | - Hindiston |
Kategoriya: | - Vitaminlar, Oftolmologik vositalar |
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SIRIMOL
SEREMOL
Preparatning savdo nomi: Sirimol
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi:
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar | faol moddalar | ||
L-treonin | 4,2 mg | Sianokobalamin | 2,5 mkg |
L-valin | 6,7 mg | Askorbin kislotasi | 40,0 mg |
DL-metionin | 18,4 mg | Sintetik retinol konsentrati (kukun ko‘rinishida) | 2500 ME |
L-izoleysin | 5,9 mg | Xolekalsiferol | 200 ME |
L-leysin | 18,3 mg | Alfa tokoferil asetati | 7,5 ME |
L-fenilalanin | 5,0 mg | 5-gidroksi antranil kislota gidroxloridi | 0,2 mg |
L-triptofan | 5,0 mg | Kaliya yodidi | 0,1 mg |
L-lizin gidroxlorid | 25,0 mg | Temir sulfati | 20,5 mg |
Tiamin nitrati | 5,0 mg | Mis sulfati | 4,0 mg |
Riboflavin | 3,0 mg | Marganes sulfati | 1,4 mg |
Piridoksin gidroxloridi | 1,5 mg | Magniy sulfati | 7,425 mg |
Nikotinamid | 25,0 mg | Rux sulfati | 3,3 mg |
Kalsiy pantotenati | 5,0 mg | Natriy selenit | 10 mkg |
Folat kislotasi | 0,75 mg |
yordamchi moddalar: granulalar qobig‘i (laktoza, kraxmal, dikalsiy fosfati).
Ta‘rifi: ichida jigarrang, to‘q sariq rangli hamda och sariq rangli granulalarni saqlagan, “0” o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita. Vitaminlar va aminokislotalar.
ATX kodi: A11JC
Farmakologik hususiyatlari
Preparatning ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy preparat.
Aminokislotalar energiya manbai hisoblanadi, shuningdek suyaklar, teri, mushaklarni tiklanishiga yordam beradi.
Leysin qonda glyukozaning darajasini biroz pasaytiradi va o‘sish gormonini ajralib chiqishini rag‘batlantiradi. Izoleysin – mushak hujayralari uchun energiya manbai hisoblanadi, shuningdek triptofanni kirishini cheklanishi hisobiga bosh miyada serotonning miqdorini oshishini oldini oladi.
Fenilalanin – markaziy nerv tizimining neyrotransmitter tizimini aminokislotasi hisoblanadi, bosh miyada nerv impulslarini o‘tishiga yordam beradi. Organizmda boshqa aminokislota – tirozinga aylanishi mumkin, u o‘z navbatida ikkita asosiy neyromediatorlar: noradrenalin va dopaminni sintezida ishlatiladi.
Treonin – organizmda normal oqsil almashinuvini tutib turishga yordam beradi. Kollagen hamda elastinni sintezida, aspartat kislotasi va metionin bilan majmuada yog‘lar almashinuvida ishtirok etadi. Shuningdek immunitetni rag‘batlantiradi, chunki antitelalarni ishlab chiqarilishiga yordam beradi.
Metionin lipotrop samaraga ega (jigardan ortiqcha yog‘larni chiqalishiga yordam beradi), fosfolipidlar sintezi buzilganida xolinni hosil bo‘lishiga yordam beradi. Kreatinin, adrenalin va boshqa birikmalarni sintezida ishtirok etadi, gormonlar, vitaminlar, fermentlarni organizmga ta‘sirini faollashtiradi.
Triptofan serotoninni hosil bo‘lishida, RR vitaminin sintezida ishtirok etadi, shuningdek tabiiy antidepressant sifatida ma‘lum.
V guruhi vitaminlari kichik konsentrasiyalarda biologik faollikka ega va hujayralarning faoliyatiga boshqaruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Fermentlar tizimining tarkibida ular uglevodlar, oqsillar va lipidlar metabolizmini boshqarishda ishtirok etadilar. V1 vitamini pirofosfati koenzim sifatida ham uglevodlar va oqsillar metabolizmida, ham nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi. Sinapslar bo‘ylab nerv impulsini o‘tishiga ta‘sir qiladi. V2 vitamini uglevodlar va oqsillar metabolizmini yaxshilaydi va aminokislotalar metabolizmiga biroz ta‘siri bor. U temir va porfirin almashinuvida, gemoglobin sintezida va to‘qimalar nafasida ishtirok etadi. V6 vitamini quyidagi enzimlar: dekarboksilaza va transaminazalarning bir qismi hisoblanadi. U gistamin, erkin yog‘ kislotalari va aminokislotalar metabolizmida ishtirok etadi. Vitaminlar markaziy hamda periferik nerv tizimlari, teri va me‘da-ichak yo‘llarini normal faoliyat ko‘rsatishida katta rol o‘ynaydi.
Nikotin kislotasi va uning amidi vodorodni tashilishida va to‘qimalar nafasi uchun kerak bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadigan ko-digidrazaning tarkibiga kiradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning ta‘siri uning tarkibidagi komponentlarning birgalikdagi ta‘siri bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q, uning tarkibidagi barcha komponentlar markerlar yoki biotekshiruvlar yordamida kuzatilishi mumkin emas.
Qo‘llanilishi
- Vitaminlar va minerallarni ovqat bilan iste‘mol qilish optimal bo‘lmagan holatlarda, masalan, havfli o‘smalar kabi organik kasalliklarda va OITS kabi immun tanqisligi sindromida;
- Vitaminlar va minerallarni o‘zlashtirilishi optimal bo‘lmagan holatlarda, masalan, ichakni yallig‘lanish kasalligi yoki oqmalarni hosil bo‘lishi, qisqa ingichka ichak sindromi va Kron kasalligi oqibatida so‘rilishni buzilishida;
- Sog‘ayish davrida, masalan, kimyoterapiya yoki radioterapiya olganda anoreksiya yoki kaxeksiya rivojlanganida;
- Operasiyadan keyingi sog‘ayish davrida, masalan, pasient mustaqil ravishda ovqatlana olmaganida;
- Maxsus yoki cheklangan parhezga rioya qiladigan bemorlar uchun, masalan, buyrak kasalliklarida tutiladigan parhezda, yoki tana vaznini pasaytirish uchun terapevtik maqsadlarda bir qancha mahsulotlar guruhi cheklanganida;
- Ovqat mahsulotlarini o‘zlashtirolmaslik, masalan, iste‘mol qilish mumkin bo‘lmagan parhez tutish;
- Sintetik parhezda, masalan, fenilketonuriya, galaktozemiya va ketogen parhezlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va keksalarga – kuniga bir kapsuladan, ovqatdan keyin bir soatdan keyin qabul qilgan afzal. Tavsiya etilgan dozadan oshirilmasin. Butun holda suv bilan yutish kerak.
12 yoshdan kichik bolalarga – ushbu pasientlar guruhida qo‘llashga tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, toshma, ko‘ngil aynishi, qusish, abdominal og‘riq bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Giperkalsiemiya, gemoxromatoz, va organizmda temirning miqdorini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa holatlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Tarkibida A va Ye vitaminlarini, V guruhi vitaminlarini saqlovchi polivitamin komplekslari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sirimol kapsulalarini qabul qilish vaqtida ovqatlanish to‘laqonli bo‘lishi uchun oqsilga boy mahsulotlarni qabul qilish kerak. Shifokor buyurgan vositalardan tashqari, tarkibida A vitaminini saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish mumkin emas. Preparatni och qoringa qabul qilmang. Tavsiya etilgan dozani oshirmang. Agar simptomlar saqlanib tursa, shifokor bilan maslahatlashing.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sirimol kapsulalarining dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan xabarlar kelib tushmagan. Sirimol kapsulalarining katta miqdorini iste‘mol qilish bilan bog‘liq holda kuzatilishi mumkin bo‘lgan har qanday simptomlar preparatning tarkibida yog‘da eruvchan vitaminlarni borligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar temirning miqdorini oshirib yuborilishiga shubha qilinsa, u holda simptomlar ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, abdominal og‘riq, rektal qon ketishi, holsizlik va qon aylanishini buzilishidan iborat bo‘lishi mumkin. Shuningdek giperglikemiya va metabolik asidoz kuzatilishi mumkin. Davolash asta-sekin amalga oshirilishi kerak. Og‘ir holatlarda yashirin bosqichidan so‘ng 24-48 soatdan keyin qaytalanishi mumkin, bu gipotenziya, gepatosellyulyar nekroz va buyrak yetishmovchiligi oqibatida koma bilan namoyon bo‘ladi.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar; 10 kapsula blisterda; 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.
Saqlash sharoiti
30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda yorug‘lik va namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.