SOMAZINAning aptekalardagi narxlari
SOMAZINA eritma 1000mg/4ml 4ml N5
|
|
24 ta dorixonada bor
|
241 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
290 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
349 800 so'mdan
Bron qilish
|
SOMAZINA eritma 100mg/ml 30ml N1
|
|
196 ta dorixonada bor
|
184 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
260 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
225 000 so'mdan
Bron qilish
|
SOMAZINA eritma 1000mg/ml 10ml N6
|
|
71 ta dorixonada bor
|
220 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
310 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
269 000 so'mdan
Bron qilish
|
SOMAZINA eritma 500mg/4ml 4ml N5
|
|
87 ta dorixonada bor
|
180 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
240 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
214 900 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
SOMAZINA ko'rsatmalar
SOMAZINA® (SOMAZINA®)
preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Tarkibi:
ta‘sir qiluvchi modda: 1 ampula (4 ml) eritma 500 mg yoki 1000 mg sitikolin (natriyli tuzi ko‘rinishida) saqlaydi;
yordamchi moddalar: rN ni muvofiqlashtirish uchun konsentrasiyalangan xlorid kislotasi yoki natriy gidroksidi.
Dori shakli: In‘eksiya uchun eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Psixostimullovchi va nootrop vositalar.
ATS kodi N06V X06
Klinik xarakteristikasi
Qo‘llanilishi.
– O‘tkir bosqichdagi insult va uning nevrologik asoratlari
– Bosh miya jarohatlari va uning nevrologik asoratlari
– Surunkali qon tomir va degenerativ serebral buzilishlar oqibatidagi kognitiv buzilishlar va xulqni buzilishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar. Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik. Parasimpatik nerv tizimining yuqori tonusi.
Qo‘llash usuli va dozalari. Preparat vena ichiga yoki mushak ichiga qo‘llanadi, vena ichiga preparat sekin vena ichiga in‘eksiya (buyurilgan dozaga qarab, 3-5 minut davomida) ko‘rinishida yoki vena ichiga tomchilab (minutiga 40-60 tomchi) buyuriladi.
Kattalar uchun tavsiya qilingan doza bemorning holatiga qarab, sutkada 500-2000 mg ni tashkil qiladi.
Maksimal sutkalik doza – 2000 mg.
O‘tkir va shoshilinch holatlarda maksimal terapevtik samaraga, preparatni birinchi 24 soat davomida buyurilganida erishiladi.
Maksimal terapevtik samaraga erishiladigan davolashni tavsiya qilingan muddati 12 haftani tashkil qiladi.
Keksa yoshdagi pasientlar uchun dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.
Preparat barcha vena ichiga infuzion eritmalar, shuningdek glyukozaning gipertonik eritmalari bilan mutanosib. Ushbu eritma bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Eritmani darhol ampula ochilganidan keyin yuborish kerak. Ishlatilmagan eritmani yo‘qotish kerak.
Zarurati bo‘lganida davolash peroral qo‘llash uchun eritma shaklidagi preparat bilan davom ettiriladi.
Nojo‘ya reaksiyalari. Juda kam (<1/10000) (shu jumladan pasientlarning xabarlari ham).
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: kuchli bosh og‘rig‘i, vertigo, gallyusinasiyalar.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya, arterial gipotenziya.
Nafas tizimi tomonidan: hansirash.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Teri tomonidan: giperemiya, allergik toshmalar, ekzantema, purpura, eshakemi.
Umumiy reaksiyalar: etni uvishishi, shish.
Dozani oshirib yuborilishi. Ma‘lum emas. Preparatning kam zaharliligini hisobga olib, terapevtik dozalar ta‘sodifan oshirilganida ham, zaharlanishning ehtimoli kam.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homilador ayollarda sitikolinni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘q. Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida, faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila yoki bola uchun mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Sitixolinni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Bolalar. Preparatni bolalarda qo‘llash bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘q.
Qo‘llashning o‘ziga xosligi. Persistirlovchi bosh miya ichki qon ketishi holida preparatni juda sekin vena ichiga infuziya (minutiga 30 tomchi) ko‘rinishida yuborish va sutkalik dozani 1000 mg dan oshirmaslik tavsiya qilinadi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Sitikolin transport vositalarini boshqarish yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirining boshqa turlari. Meklofenoksat saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda preparatni qo‘llash mumkin emas. Levodopaning samarasini kuchaytiradi.
Farmakologik xususiyatlari.
Farmakodinamikasi. Sitikolin neyronlar membranalarining struktur fosfolipidlari biosintezini rag‘batlantiradi, bu magnitorezonansli sopektroskopiya ma‘lumotlari bilan tasdiqlangan. Sitikolin ion nasoslari va reseptorlar kabi membrana mexanizmlarining faoliyatini yaxshilaydi, ularni boshqarilishisiz nerv impulslarini normal o‘tkazilishi mumkin emas. Neyronlarning membranasiga barqarorlashtiruvchi ta‘siri tufayli, sitikolin miya shishini qayta so‘rilishiga yordam beruvchi shishga qarshi xususiyat namoyon qiladi. Eksperimental tadqiqotlar sitikolinni ayrim fosfolipazalarning (A1, A2, S va D) faollanishini ingibirlashini, erkin radikallarni hosil bo‘lishini kamaytirib, mebrana tizimlarini buzilishini oldini olishini va glyutation kabi antioksidant himoya tizimini saqlashini ko‘rsatadi.
Sitikolin neyronlardagi energiya zahirasini saqlaydi, apoptozni ingibirlaydi va asetilxolin sintezini rag‘batlantiradi.
Eksperimentda setikolinni, shuningdek bosh miyaning fokal ishemiyasida profilaktik neyroprop ta‘siri ham isbotlangan. Klinik tadqiqotlar sitikolinni, miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi bo‘lgan pasientlarda funksional tuzalish ko‘rsatgichlarini ishonchli oshirishini ko‘rsatadi, bu neyrovizualizasiya ma‘lumotlari bo‘yicha bosh miyani ishemik shikastlanishini kattalashishini sekinlashishi bilan mos keladi. Bosh miya jarohatlari bo‘lgan pasientlarda sitikolin tiklanishni tezlashtiradi va posttavmatik sindromning davomiyligi va jadalligini kamaytiradi. Sitikolin diqqat va ong darajasini yaxshilaydi, bosh miyaning ishemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan amneziya ko‘rinishlarini, kognitiv va nevrologik buzilishlarni kamayishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi. Sitikolin peroral, mushak ichiga va vena ichiga yuborilganidan keyin yaxshi so‘riladi. Yuqorida qayd etilgan yo‘llar orqali yuborilganida qon plazmasida xolinning darajasi ahamiyatli oshadi. Og‘iz orqali yuborilganidan keyin so‘rilishi deyarli to‘liq va biokiraolishligi amalda vena ichiga qo‘llangandagi bilan bir xil. Yuborish yo‘liga qarab, preparat ichakda, jigarda xolin va sitidingacha metabolizmga uchraydi. Yuborilganidan keyin bosh miya strukturalarida xolin fraksiyasini struktur fosfolipidlarga va sitidin fraksiyasini sitidin nukleotidlari va nuklein kislotalariga tezda kirishi bilan keng taqsimlanadi. Bosh miyaga yetib, sitikolin fosfolipidlarning fraksiyalarini tuzilishida ishtirok etib, hujayra sitoplazmatik va mitoxondrial membranalariga tizilib oladi.
Dozaning faqat ozgina qismi (3% kamrog‘i) siydik va ahlatda aniqlanadi. Dozaning taxminan 12%, SO2 bilan nafas orqali chiqariladi. Preparatni siydik bilan chiqarilishida ikki bosqich ajratiladi: birinchi bosqich-taxminan 36 soat, unda chiqarilish tezligi tez kamayadi va ikkinchi bosqich, unda chiqarilish tezligi ancha sekinroq kamayadi. SO2 bilan chiqarilganida xam shunday bosqichlilik kuzatiladi, nafas bilan chiqariladigan SO2 ning chiqarilishi tezligi taxminan 15 soat o‘tgach tez kamayadi, so‘ngra u ancha sekinroq pasayadi.
Farmasevtik xarakteristikasi.
Asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlari: tiniq, rangsiz eritma.
Nomutanosiblik. “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limida ko‘rsatilmagan erituvchilar qo‘llanmasin.
Yaroqlilik muddati. 3 yil.
Saqlash sharoiti. Bolalar olaolmaydigan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
O‘rami.
500 mg/4 ml 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 1 kontur uyali o‘ram karton qutida.
1000 mg/4 ml: 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram karton qutida.
Berish tartibi: Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari