Ташкент
logo
SavatKirish

Steklovidnoe telo

Steklovidnoe telo chiqarish shakllari

- Steklovidnoe telo qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Steklovidnoe teloning tarkibi
- Steklovidnoe telo ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Steklovidnoe telo narxi Toshkent dorixonalarida

Steklovidnoe telo qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Belarusiya
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

STEKLOVIDNOE TELO

CORPUS VITREUM

 

Preparatning savdo nomi: Steklovidnoe telo.

Dori shakli: in‘eksiya uchun suyuqlik

Bir ampulaning tarkibi:

shishasimon tana – 2 ml.

Ta‘rifi: tiniq, biroz sarg‘ish suyuqlik.

Yengil tovlanishi, mayda kristall va to‘qimaviy osilma bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: boshqa dori vositalari.

ATS kodi: V03AX.

Farmakologik ta‘siri

Farmakodinamikasi

Qoramol ko‘zlari shishasimon tanasidan olinadigan, hayvonlardan olinadigan preparatdir.

Preparatning farmakologik ta‘siri suyak va biriktiruvchi to‘qimaning metabolizmini muvofiqlashtirishdan iborat. Shishasimon tana chandiq to‘qimasini yumshatish va so‘rilib ketishi, sinishlarda suyak qadog‘i hosil bo‘lishini tezlashtirish va periferik nervlar shikastlanganida og‘riqni kamaytirish uchun qo‘llanadi.

Farmakokinetikasi

O‘rganilmagan.

Qo‘llanilishi

  • polinevrit, radikulit, nevralgiya, fantom og‘riqlar;
  • operasiyadan keyingi erta davrda biriktiruvchi to‘qimani haddan tashqari o‘sib ketishini oldini olish;
  • kuygan, operasiyadan keyingi, keloid va boshqa chandiqlarni davolash;
  • bo‘g‘imlar kontrakturasi;
  • sinishlarda suyak qadog‘ini hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Har kuni 2 ml dan teri ostiga yuboriladi. Davolash kursi nevralgiyalarda – 8-10 kun, chandiq, kontraktura va sinishlarda – 25 kungachani tashkil qiladi.

Takroriy davolash kurslari bir oydan keyin yoki undan keyinroq tavsiya etiladi.

Davolash kursi davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Og‘riqni kuchayishi va yallig‘lanish shaklida allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin; eshakemi, qichishish, toshma, teri giperemiyasi, eritema, anafilaktik reaksiyalar.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Infeksion kasalliklar, o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari, kaxeksiya, nefrit, nefroskleroz, jigar sirrozi, II va III bosqichdagi yurak yetishmovchiligi, onkologik kasalliklar. Homiladorlik va laktasiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida salbiy ko‘rinishlari aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Anamnezida og‘ir allergik holatlari bo‘lgan pasientlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Dori vositasini homiladorlarda va emizish davrida ayollarda qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun ushbu preparatni bu davrlarda qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Aniqlanmagan.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

“Steklovidnoe telo” dori vositasini qo‘llanganida dozasini oshirib yuborilishini holatlari hozirgi vaqtgacha ta‘riflanmagan.

Chiqarilish shakli

2 ml dan ampulalarda №10 o‘ramda yoki kontur uyali o‘ramda №5x1, №5x2.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Steklovidnoe telo savollari

Steklovidnoe telo fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil