Ташкент
logo
SavatKirish

STOMAGEL

STOMAGEL chiqarish shakllari

STOMA gel 15 g 5 mg/g
STOMA gel 15 g 5 mg/g
Latviya
Ishlab chiqaruvchi:
LMP, OOO
STOMA gel 15 g 20 mg/g
STOMA gel 15 g 20 mg/g
Latviya
Ishlab chiqaruvchi:
LMP, OOO
- STOMAGEL qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- STOMAGELning tarkibi
- STOMAGEL ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- STOMAGEL narxi Toshkent dorixonalarida

STOMAGEL qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Latviya
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

STOMAGEL

STOMAGEL

5mg/20mg/g gel

DORI VOSITASI ISTE‘MOLCHILAR UCHUN

ILOVA-VARAQA

 

Tarkibi:

1 g Stomagel quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: 5 mg Methyluracilum (metilurasil), 20 mg Lidocainum (lidokain gidroxloridi).

Yordamchi moddalar: ignabargli efir moyining og‘ir fraksiyasi, lesitin, silbiol, α-tokoferol, metilparagidroksibenzoat, undesilen kislotasining monoetanolamidi, trolamin, etil spirti, karbomer, tozalangan suv.

Farmakoterapevtik guruhi: asosan stomatologiyada qo‘llaniladigan vosita.

ATX kodi: A01AD11

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Gelning komponentlari to‘qimalar regenerasiyasi va epitelizasiyasini rag‘batlantiradi, shuningdek yumshatuvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ham ega.

Metilurasil – to‘qimalar regenerasiyasiga va epiteliyni tiklanishiga yordam beradi, shilliq qavati to‘qimalarida nuklein kislotasining almashinuvi jarayoniga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega, immunitetni tiklanishini rag‘batlantiradi. Metilurasil klinika amaliyotida ham tizimli, ham mahalliy qo‘llanadi, shu jumladan shilliq qavatlarda ham.

Lidokain gidroxloridi – shilliq qavatga kirganida og‘riq reseptorlarida va nerv oxirlari sohasida to‘planadi. Lidokain shilliq qavatini mahalliy anasteziyasini chaqirib, impulslarni o‘tkazilishini ta‘minlovchi ionlar oqimini ingibisiya qilib, neyronlarning membranalarini barqarorlashtiradi.

 

Farmakokinetikasi

Metilurasil – sirtga qo‘llanganida tizimli qon oqimiga deyarli tushmaydi.

Lidokain gidroxloridi – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati orqali qon aylanishiga lidokainning ozgina miqdori tushadi, faol moddaning plazmadagi maksimal darajasiga taxminan 20-45 minut o‘tgach erishiladi. Organizmda lidokain gastrointestinal yo‘liga tushadi va jigarda to‘liq metabolizmga uchraydi.

Qo‘llanilishi

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanish va nekrotik jarayonlari:

  • o‘tkir stomatit, gingivit, parodontoz;
  • mikrobli yoki zamburug‘li infeksiya bilan bog‘liq bo‘lgan og‘izdagi quruqlik va achishish hissida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Og‘iz bo‘shlig‘ining shikastlangan joylariga kuniga 3-4 marta qo‘yiladi. Qo‘llash davomiyligi shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha.

 

Nojo‘ya reaksiyalari

Kamdan-kam hollarda mahalliy allergik reaksiyalar, yengil bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi bo‘lishi mumkin. Ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaksiya aniqlanganida shifokor va farmasevtga xabar bering!

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

  • faol modda va/yoki har qanday boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik;
  • leykozning o‘tkir va surunkali leykemik shakli, limfogranulomatoz, suyak ko‘migining xavfli kasalliklari;
  • jigarning og‘ir kasalliklari;
  • amid turi lokal anesteziya vositalari yoki gelning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Gel strofantinning ta‘sirini potensiyalaydi, antibiotiklar va sulfanilamid preparatlarining ta‘sirini kuchaytiradi.

Ehtiyotkorlik choralari

Gelni ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki preparat ko‘zning shilliq qavatiga yengil ta‘sirlovchi ta‘sir ko‘rsatadi, gel ko‘zga tushganida katta miqdordagi iliq suv bilan yuvib tashlash kerak.

Faqat maxalliy qo‘llash uchun.

Homiladorlik va laktasiya

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llashga cheklanishlar yo‘q.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Gel transport vositalarini haydash va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Gel yo‘riqnomasiga muvofiq ishlatilganida, dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.

 

Chiqarilish shakli va o‘rami

15 g dan alyumin tubalarda, tubalar ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Gelni namlikdan va yorug‘likdan saqlash kerak. 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi:

Reseptsiz

Ulashish:

STOMAGEL savollari

STOMAGEL fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil