Stresson
Stresson chiqarilish shakllari
Stresson haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori taʼsirchanlik.
Farmakologik ta'siri
Inkarnat passiflora ekstrakti tarkibida terpenoidlar, organik kislotalar, efir moylari, R, S vitaminlari, viteksin – flovanoid mavjud. Ular birgalikda markaziy asab tizimidagi qoʻzgʻalish jarayonlarini kuchsizlantiradi va tormozlash jarayonlarini kuchaytiradi, tomirlar, ovqat hazm qilish organlari silliq mushaklarining siqilish jarayonlariga sabab boʻladigan omillar hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladi.
Qulmoq gʻuddalari tarkibida efir moyi (1,8% gacha), polifenol birikmalar (2–5%) va 5 dan 26% gacha achchiq moddalar (qatronsimon moddalar) mavjud. Qatronsimon moddalar orasida quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin: lupulin, gumulen kislota, gumulon, lupulon va boshqalar. Qulmoq tarkibida shuningdek flavonoidlar (0,85% gacha), mumlar, kumarinlar, oshlovchi moddalar, aromatik birikmalar, V guruh vitaminlari, xolin bor. Triterpen birikmalar va flavonoidlar mavjudligi tufayli sillik mushaklar, yurak va bosh miya tomirlarining siqilishi boʻshashadi, tomirlar tonusi meʼyorlashadi, tomir devorlari funksiyasi, yurak toʻqimalarining qisqarish funksiyasi yaxshilanadi.
Arslonquyruq oʻti ekstrakti oʻz tarkibida uglevodlar, efir moyi, oshlovchi moddalar, achchiq moddalar, flavonoidlar, organik kislotalar, beta-karotin, mineral moddalarni saqlaydi, bu ushbu oʻsimlikka biologik faollikning ancha keng doirasini, xususan, asab va yurak-qon tomir tizimlarining funksiyasini faollashtirishni namoyon etish imkonini beradi.
Maxsus ko‘rsatmalari
BFQ dori vositasi hisoblanmaydi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Kattalarga 1 ta kapsuladan kuniga 1-2-marta yetarli miqdordagi suv bilan ichiladi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













