Ташкент
logo
SavatKirish

STRESSON kapsulalar 250mg

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:OOO «NATUREX»
ATX kodi:N05CM
Barcha Stresson dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

STRESSON kapsulalar 250mg o'xshash dorilari

STRESSI kapsulalar  N20
STRESSI kapsulalar N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd.
Narxi
61 600 so'm dan
MODITEN DEPO inyeksiya uchun eritma 25mg/1ml N5
Retseptli
MODITEN DEPO inyeksiya uchun eritma 25mg/1ml N5
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•21 ta dorixonada bor
Narxi
141 100 so'm dan
Narxi
50 000 so'm dan

STRESSON kapsulalar 250mg qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Faol moddalar:
Inkarnat passiflora ekstrakti130 mg
Dorivor qulmoq gʻuddalari ekstrakti 36 mg
Arslonquyruq ekstrakti20 mg
Yordamchi moddalar: maltodekstrin.

Farmakologik ta'siri

Inkarnat passiflora ekstrakti tarkibida terpenoidlar, organik kislotalar, efir moylari, R, S vitaminlari, viteksin – flovanoid mavjud. Ular birgalikda markaziy asab tizimidagi qoʻzgʻalish jarayonlarini kuchsizlantiradi va tormozlash jarayonlarini kuchaytiradi, tomirlar, ovqat hazm qilish organlari silliq mushaklarining siqilish jarayonlariga sabab boʻladigan omillar hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladi.
Qulmoq gʻuddalari tarkibida efir moyi (1,8% gacha), polifenol birikmalar (2–5%) va 5 dan 26% gacha achchiq moddalar (qatronsimon moddalar) mavjud. Qatronsimon moddalar orasida quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin: lupulin, gumulen kislota, gumulon, lupulon va boshqalar. Qulmoq tarkibida shuningdek flavonoidlar (0,85% gacha), mumlar, kumarinlar, oshlovchi moddalar, aromatik birikmalar, V guruh vitaminlari, xolin bor. Triterpen birikmalar va flavonoidlar mavjudligi tufayli sillik mushaklar, yurak va bosh miya tomirlarining siqilishi boʻshashadi, tomirlar tonusi meʼyorlashadi, tomir devorlari funksiyasi, yurak toʻqimalarining qisqarish funksiyasi yaxshilanadi.
Arslonquyruq oʻti ekstrakti oʻz tarkibida uglevodlar, efir moyi, oshlovchi moddalar, achchiq moddalar, flavonoidlar, organik kislotalar, beta-karotin, mineral moddalarni saqlaydi, bu ushbu oʻsimlikka biologik faollikning ancha keng doirasini, xususan, asab va yurak-qon tomir tizimlarining funksiyasini faollashtirishni namoyon etish imkonini beradi.

Maxsus saqlash sharoitlari

BFQ dori vositasi hisoblanmaydi.

Qo'llanilishi

“Stresson” biologik faol moddalar kompleksi asab va yurak-qon tomiri tizimi va turli organlarning silliq mushaklariga sinergik taʼsir koʻrsatadi. Shu munosabat bilan bioqoʻshimcha tavsiya etiladi:
- tomirlarning tonusini va qon bosimi darajasini meʼyorida saqlab turish, yurak faoliyatini yaxshilash, kapillyarlar tizimi (ularning egiluvchanligi va oʻtkazuvchanligi) ni mustahkamlash uchun;
- asab tizimini tashqaridan boʻladigan kuchli qoʻzgʻatuvchilardan himoya qilish uchun: yumshoq tinchlantiruvchi taʼsir yaxshi dam olish va sogʻlom uyquga koʻmaklashadi;
- buyraklar funksiyasining (siydikning meʼyorida hosil boʻlishi) yaxshilanishi, safroning ajralib chiqishi va ovqatning yaxshi hazm boʻlishi uchun.
Natijada organizmning ishlash qobiliyati va umumiy jismoniy holati yaxshilanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori taʼsirchanlik.

Dozirovkasi

Kattalarga 1 ta kapsuladan kuniga 1-2-marta yetarli miqdordagi suv bilan ichiladi.

Analoglar STRESSON kapsulalar 250mg
Analoglari yo'q

STRESSON kapsulalar 250mg savollari

STRESSON kapsulalar 250mg fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil