Suprimaning aptekalardagi narxlari
SUPRIMA-LOR tabletkalari N16
|
|
51 ta dorixonada bor
|
16 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
16 800 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Suprima ko'rsatmalar
Препарат болалар олаолмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати ўтганидан сўнг ишлатилмасин.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SUPRIMA-LOR
SUPRIMA-LOR
Preparatning savdo nomi: SUPRIMA-LOR
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): 2,4-dixlorbenzil spirti, amilmetakrezol
Dori shakli: ananasli yoki malinali yoki mentolli shimish uchun tabletkalar; apelsin xushbo‘yi, yoki limon xushbo‘yi, yoki asal va limon xushbo‘yi, yoki qulupnay xushbo‘yi, yoki evkalipt xidli shimish uchun tabletkalar.
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
2,4-dixlorbenzil spirti ………………….1,2 mg,
amilmetakrezol…………………………..…0,6 mg
yordamchi moddalar:
SUPRIMA-LOR malinali: qand S/30 asosi, dekstroza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, azorubin, malina xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR ananasli: qand S/30 asosi, dekstroza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, quyosh botishi sarig‘i va xinolin sarig‘i bo‘yovchilari, ananas xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR mentolli: qand S/30 asosi, dekstroza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, brilliant ko‘ki, yalpiz moyi;
SUPRIMA-LOR apelsin xushbo‘yi: qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, quyosh botishi sarig‘i FCF bo‘yovchisi, apelsin xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR limon xushbo‘yi: qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, quyosh botishi sarig‘i FCF, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi, limon xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR asal va limon xushbo‘yi: qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi, asal xushbo‘yi, limon xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR qulupnoy xushbo‘yi: qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, ponso 4R bo‘yovchisi qulupnoy xushbo‘yi;
SUPRIMA-LOR evkalipt xidli: qand S/30 asosi, suyuq glyukoza 84%, suvsiz limon kislotasi, mentol, brilliant ko‘ki bo‘yovchisi FCF, evkalipt xushbo‘yi.
Ta‘rifi:
SUPRIMA-LOR malinali: qizil-malina rangli, malina hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR ananasli: Sariq rangli, ananas hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR mentolli: Och-xavorang rangli, mentol hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR apelsin xushbo‘yi: Zarg‘aldoq rangli, apelsin hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR limon xushbo‘yi: Sariq rangli, limon hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR asal va limon xushbo‘yi: Och-sariq rangli, asal va limon xidili, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekkis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR qulupnoy xushbo‘yi: Qizil rangli, qulupnoy hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
SUPRIMA-LOR evkalipt hidli: Och-havorang rangli, mentol va evkalipt hidli, dumaloq tabletkalar. Bo‘yalishini bir tekis bo‘lmasligiga, karamel massasida xavo puffakchalarini bo‘lishiga va tabletkalarining yuzasi va chetlarida biroz notekislik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Oq qatlam paydo bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik vosita.
ATX kodi: R02AA20
Farmakologik xususiyatlari
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy antiseptik preparat. Mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol.
Tizimli so‘rilishi past bo‘lganligi tufayli, SUPRIMA-LOR preparatining farmakokinetikasi bo‘yicha ma‘lumotlar mavjud emas.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi. Preparatning samaradorligi keng ta‘sir doirasiga ega ikki antibakterial komponentlarini bo‘lishi bilan bog‘liq.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga tavsiya qilinadi. Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq yallig‘lanishining birinchi simptomlari paydo bo‘lganida tavsiya etiladi:
Kattalarga -1 tabletkadan har 2 soatda.
Maksimal sutkalik doza – 8 tabletka.
6 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan har 4 soatda.
Tabletkani butunlay erigunicha shimish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatilishi bo‘yicha tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida preparatning nojo‘ya ta‘siri aniqlanmagan
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
SUPRIMA-LOR preparatini boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ko‘rsatilgan doza oshirilmasin.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga buyurishda, preparatni qand saqlanishi hisobiga olish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Davolash: simptomatik.
Chiqarilish shakli
Ananasli yoki malinali, yoki mentolli so‘rish uchun tabletkalar; apelsin xo‘shbo‘yli, yoki limon xushbo‘yli, yoki asal va limon xushbo‘yli, yoki qulupnay xushbo‘yli, yoki evkalipt hidili so‘rish uchun tabletkalar.
4 tabletkadan alyumin stripda.
4 yoki 25 ta striplar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
150 strip 1 ta tabletkadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga PET flakonga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Бронхиал секретига амоксициллин, цефуроксим, эритромицин ва доксициклиннинг киришини оширади.
фаол модда: амброксол гидрохлориди 30 мг.
ёрдамчи моддалар: маккажўхори крахмали 36,00мг, лактоза 123,90мг, натрий кросскармелоза 4 мг, коллоид кремний диоксиди 0,50 мг магний стеарати 0,80 мг.
Даволаш: сунъий қусишни чақириш, препарат қабул қилинганидан кейинги биринчи 1-2 соатларда меъдани ювиш; ёғ сақловчи махсулотларни қабул қилиш. Симптоматик даволаш.
Chiqarish shakllari