Apteka.uz
SavatKirish

SUPRIMA BRONXO sirop 100ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Farmakoterapevtik guruh:

Balgʼam koʼchiruvchi vosita.

Ishlab chiqaruvchi:Shreya Life Sciences PVT. LTD.
Teglar:Yo'taldan
ATX kodi:R05C
Barcha Suprima dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SUPRIMA BRONXO sirop 100ml haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

Yorugʼlikdan ximoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori boʼlmagan xararatda saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Retseptsiz.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 
siropning har 5 ml da faol modda sifatida quyidagi dorivor oʼsimliklar ekstrakti mavjud:
faol modda:
Adhatoda vasika (adatoda vasika)             30 mg,
Glycyrrhiza glabra (kizilmiya)             20 mg,
Curcuma longa (zarchava)             10 mg,
Ocimum sanctum (rayxon)         10 mg,
Zingiber officinale (zamjabil)         10 mg,
Solanum xanthocarpum (ituzum)             5 mg,
Piper longum (uzun kalampir)             5 mg,
Elettaria Cardamomum (kardamon)     5 mg
yordamchi moddalar:
saxaroza, sorbitol eritmasi 70%, guar saqichi, mentol, propilenglikol, natriy 
benzoati, metilparagidroksibenzoat, bronopol, karamel, limon kislotasi monogidrati, fenxel xushboʼyi, malina xushboʼyi, xloristovodorod kislotasi, tozalangan suv.

Chiqarilish shakli
Sirop 100 ml birinchi ochilish belgisi boʼlgan metallik burama qopqoqli qoʼngʼir rangli, shisha flakonlarda chikariladi.1 flakondan qoʼllash boʼyicha yoʼriqnomasi bilan karton qutilarga qadoqlangan.

Farmakodinamikasi

Suprima bronxo koʼpgina oʼsimliklarning birikmasidan iborat. Ushbu oʼsimliklar diqqat bilan oʼrganilgan va klinik maqsadlarda qoʼllanilgan. Preparat tarkibidagi komponentlarga bogʼliq boʼlib bronxolitik, mukolitik, balgʼam koʼchiruvchi va yalligʼlanishga qarshi taʼsirlari bilan namoyon boʼladi. Аsosiy tarkibiy qismlari turli xil yoʼtal yoʼllari orqali yoʼtalga qarshi taʼsirini taʼminlash uchun tanlangan boʼlib, ularning xususiyatlari quyidagichadir:
Mukolitik taʼsiri: adhatoda vasica (adatoda vasika), glycrrhiza glabra (Qizilmiya),
Bronxolitik va balgʼam koʼchiruvchi taʼsiri: adhatoda vasica (adatoda vasika)
Yumshatuvchi taʼsiri: glycrrhiza glabra (qizilmiya), ocimum sanctum (payxon), zingiber officinale (zanjabil).
Nafas yullaringa tonik taʼsiri: adhatoda vasica (adatoda vasika), solanum xanthocarpum (ituzum), glycrrhiza glabra (Qizilmiya),
Virusga karshi taʼsiri: ocimum sanctum (payxon).
Аntiseptik va yalligʼlanishga qarshi taʼsiri: curcuma longa (zarchava)
Yutalga karshi taʼsiri: solanum xanthocarpum (ituzum),
Аllergiyaga qarshi va antigistamin taʼsiri: piper longum (yzun qalampir).
Virusostatik i bronxolitik taʼsiri: elettaria cardamomum (kardamon).

Farmakokinetikasi

Suprima – bronxo siropining taʼsiri uning tarkibiy qismlarining majmuaviy taʼsiri xisoblanadi, shuning uchun farmakokinetik tadqiqotlar oʼtkazishning iloji yoʼq.

Farmakoterapevtik guruh

Balgʼam koʼchiruvchi vosita.

Nojo'ya samaralari

Suprima - bronxo siropidan qisqa muddatli va uzoq muddatli foydalangandan keyin xech qanday jiddiy nojoʼya taʼsiri xaqida maʼlumotlar boʼlmadi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Shu bilan birga, diabetga chalingan bemorlar Suprima-bronxo 5 ml siropida (1 choy qoshikda) 1,5 g shakar saqlashini xisobga olishi kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllanishi
Homiladorlik va emiziklik davrida preparatni undan keladigan foyda mumkin boʼladigan ziyondan ustun boʼlganidagina qoʼllash tavsiya etiladi.

Qo'llanilishi

Yoʼtal, faringit, laringit, traxeit, bronxit, pnevmoniya, koʼkyoʼtalning (koklyush) boshlangʼich davri, nafas aʼzolarining surunkali kasalliklari (chekuvchilar bronxiti, lektorlar laringiti) bilan namoyon boʼladigan nafas yoʼllari kasalliklarini simptomatik terapiya vositasi sifatida qoʼllaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning aktiv yoki yordamchi moddalariga boʼlgan yuqori sezuvchanlikda patsientlarga qabul qilish mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Suprima-bronxo preparatining boshqa gurux dori-darmonlari bilan klinik jixatdan axamiyatga ega boʼlgan taʼsiri aniqlanmagan.

Ta'rifi

Oʼziga xos xidga ega boʼlgan yarimshaffof jigarrang suyuqlik. Oʼsimliklar ekstrakti choʼkmasi va mayda zarralari boʼlishi mumkin.

Dozirovkasi

3-5 yoshli bolalarga bir kunda 1/2 choy qoshiqdan (2,5 ml) 3 mahal, 6-14 yoshli bolalarga – bir kunda 1/2–1 choy qoshiqdan (2,5-5 ml) 3 mahal, kattalarga va 14 yoshdan katta bolalarga – 1-2 choy qoshiqdan (5-10 ml) bir kunda 3 mahal buyuriladi.
Davolash kursi 2-3 hafta.

Dozani oshirib yuborilishi

Suprima-Bronxo siropi tabiatda xavfsiz boʼlgan oʼsimliklarning suvli ekstraktlaridan tayyorlangan. Xozirgacha xech qanday dozani oshirilib yuborilishining belgilari maʼlum boʼlgan emas.

Ehtiyot choralari

Suprima-bronxo siropi muayyan davolanish uchun moʼljallangan emas. Faqat maxsus davolash bilan bir vaqtning oʼzida kasallik alomatlarini yengillashtirish uchun tavsiya etiladi. Bu nafas olish yoʼllarining kasalliklarini davolashda maxsus terapiya uchun muqobil (alьternativ) sifatida qoʼllanmasligi kerak.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil. 
Yaroqlilik muddati tugagandan soʼng qoʼllanilmasin.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SUPRIMA BRONXO sirop 100ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SUPRIMA BRONXO sirop 100ml o'xshash dorilari

LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
Retseptsiz
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
Italiya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Opella Xelskeya Italiya S.r.l. Vial Yevropa,11, 21040 Oridjio (VA)
•27 ta dorixonada bor
Narxi
52 990 so'm dan
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
ASS LONG SHIPUCHIE tabletkalari 600mg N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Germes Arsnaymittel GmbX/ Salyutas Farma GmbX
•821 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
SINUPRET draje N50
Retseptsiz
SINUPRET draje N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Bionorica SE
Narxi
75 000 so'm dan

SUPRIMA BRONXO sirop 100ml xususiyatlari

Suprima boshqa chiqarish shakllari

SUPRIMA PLYUS maz 20g
Retseptsiz
SUPRIMA PLYUS maz 20g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Life Sciences PVT. LTD.
•2 ta dorixonada bor
Narxi
22 000 so'm dan
SUPRIMA LOR limon ta’mli tabletkalari N16
Retseptsiz
SUPRIMA LOR limon ta’mli tabletkalari N16
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Life Sciences PVT. LTD.
Narxi
16 800 so'm dan
Narxi
16 800 so'm dan
Analoglar SUPRIMA BRONXO sirop 100ml
Analoglari yo'q

SUPRIMA BRONXO sirop 100ml haqida savollar

SUPRIMA BRONXO sirop 100ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil