Tetratsiklin
Tetratsiklin chiqarilish shakllari

Retseptli
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Borshagovskiy XFZ, PAO, NPS
•49 ta dorixonada bor
Narxi
6 200 so'm dan
Narxi
10 000 so'm dan

Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, AO
•37 ta dorixonada bor
Narxi
4 653 so'm dan
Narxi
4 800 so'm dan

O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Torimed Pharm, OOO
•37 ta dorixonada bor
Narxi
4 653 so'm dan
Narxi
10 000 so'm dan

Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, AO
•73 ta dorixonada bor
Narxi
4 800 so'm dan

Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, AO
•37 ta dorixonada bor
Narxi
4 653 so'm dan
- Tetratsiklin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Tetratsiklinning tarkibi
- Tetratsiklin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Tetratsiklin narxi Toshkent dorixonalarida
Tetratsiklin haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Preparat bronxit, pnevmoniya, plevrit, o'tkir osti septik endokardit bilan og'rigan bemorlarga buyuriladi, aktinomikoz, gingivit, stomatit, o'rta otit, faringit, sinusit, yiringli meningit, xoletsistit, angina, skarlatina, ko'kyo'tal, bakterial va amebli dizenteriya, brutsellyoz, tulyaremiya, toshmali va qaytalanuvchi tif, psittakoz, gonoreya, sifilisda, siydik-tanosil yo'llarining infektsion kasalliklarida, teri va yumshoq to'qimalar infektsiyalarida, shuningdek ushbu antibiotikka sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infektsion kasalliklarda qo'llaniladi. Tetratsiklinni shuningdek jarrohlik bemorlarida infektsion asoratlarni oldini olish uchun qo'llash mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Tetratsiklinga va unga qardosh antibiotiklarga yuqori sezuvchanlikda, zamburug‘li kasalliklarda, jigar va buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlarida, homiladorlik, laktatsiya davrida (davolash vaqtida ko‘krak suti bilan boqishdan voz kechish kerak), 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Tarkibi
- 100 g mazda tetratsiklin gidroxloridi toza moddaga qayta hisoblanganda 1,0g yordamchi moddalar: suvsiz lanolin , vazelin 100,0 gacha tetratsiklin 100mg; Yordamchi moddalar: saxaroza, kaltsiy stearati monogidrati, magniy gidroksilikat, jelatin, kartoshka kraxmali tetratsiklin 100mg; Yordamchi moddalar: oziq-ovqat jelatini, kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati, qand, talk tetratsiklin 100mg; Yordamchi moddalar: MKTs, kartoshka kraxmali, karboksimetilkraxmal natriy, jelatin, talk, kaltsiy stearati, qand, tvin-80 tetratsiklin gidroxloridi 30 mg; Yordamchi moddalar- natriy pirosulfit, suvsiz lanolin, qattiq neft parafinlari, tserezin, tibbiy vazelin. tetratsiklin gidroxloridi 3 g (quruq moddaga qayta hisoblanganda 1000 mkg/mg faollik bilan); Yordamchi moddalar: suvsiz lanolin; parafin; tserezin; natriy pirosulfit; vazelin — 100 g gacha
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so‘ng tetratsiklin yaxshi so‘riladi (qabul qilingan dozaning 66% gachasi). Barcha organ va to‘qimalarga, shuningdek safro, sinovial, ascitik, serebrospinal suyuqliklarga o‘tadi. Shikastlanmagan gematoensefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi, ammo miya qobiqlarida yallig‘lanish jarayonlarida orqa miya suyuqligiga tushishi sezilarli darajada oshadi. Plazma oqsillari bilan 65% ga bog‘lanadi. Suyaklar, tishlar, jigar, taloqda tanlab to‘planadi, o‘smalar to‘qimalarida sezilarli miqdorda to‘planadi. Yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Organizmdan o‘zgarmagan holda, asosan siydik va axlat bilan, qisman safro bilan chiqariladi. Ovqat hazm qilish apparatida yaxshi so‘rilishiga qaramay, ichakdagi konsentratsiya ichak infektsiyalarini davolash uchun yetarli. Buyraklarning ayirish funktsiyasi buzilganda kumulyatsiya bo‘lishi mumkin.
Farmakologik ta'siri
Majmuaviy antibakterial vosita. Tetratsiklin - tetratsiklinlar guruhiga kiruvchi bakteriostatik antibiotik. Grammusbat (Staphylococcus spp., shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaruvchi; Streptococcus spp., Streptococcus pneumoniae; Haemophilus influenzae, Listeria spp., Bacillus anthracis) va grammanfiy mikroorganizmlar (Neisseria gonorrhoeae, Bordetella pertussis, Escherichia coli, Enterobacter spp., Klebsiella spp., Salmonella spp., Shigella spp.), shuningdek Rickettsia spp., Chlamydia spp., Mycoplasma spp., Treponema spp. ga nisbatan faol. Pseudomonas aeruginosa, Proteus spp., Serratia spp., Bacteroides spp. va zamburug'larning ko'pchilik shtammlari, mayda viruslar chidamli. Nistatin - polien fungitsid antibiotik, Candida spp. urug'iga mansub achitqisimon zamburug'larga nisbatan yuqori faol.
Nojo'ya ta'sirlar
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya, qorinda og'riqlar, diareya, qabziyat, og'iz qurishi, glossit, til rangi o'zgarishi, ezofagit, jigar transaminazalari, IF faolligi, bilirubin, qoldiq azot kontsentratsiyasining tranzitor oshishi. MNT tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i. Qon yaratish tizimi tomonidan: neytropeniya, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eozinofiliya, Kvinke shishi. Dermatologik reaktsiyalar: fotosensibilizatsiya. Kimyoterapiya ta'siri bilan bog'liq effektlar: kandidozli stomatit, kandidozli vulvovaginit, ichak disbakteriozi. Mahalliy reaktsiyalar: yuborish joyida og'riqlilik. Boshqalar: B guruhi vitaminlari gipovitaminozi.
Dozirovkasi
- 1 % 100 mg 100 mg + 22,2 mg 3 %
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish haqida ma’lumotlar yo‘q.
Dori shaklining ta'rifi
- ko'z mazi sarg'ish yoki sarg'ish-qo'ng'ir rangli Sirtga qo'llash uchun 3% li maz sarg'ish yoki sarg'ish-qo'ng'ir rangli maz. Qobiq bilan qoplangan tabletkalar Parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Maxsus ko‘rsatmalari
Dozani oshirib yuborish haqida ma'lumotlar yo‘q.
MAXSUS KO‘RSATMALAR
Applikatsiyadan keyin vaqtincha ko‘rish aniqligi yo‘qoladigan bemorlarga preparatni qo‘ygandan so‘ng darhol mashina haydash yoki ko‘rish aniqligini talab qiluvchi murakkab texnika, dastgohlar yoki boshqa har qanday murakkab uskunalar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.
Agar bir necha kun ichida holat yaxshilanmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tetrasiklinni metall ionlari (alyuminiy, kalsiy, magniy, vismut, marganets, rux, temir preparatlari) saqlovchi vositalar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi, faol bo‘lmagan xelatlar hosil bo‘lishi munosabati bilan. Tetrasiklinning mikroblarga qarshi faolligi barbituratlar, karbamazepin bilan birga qo‘llanilganda, jigar mikrosomal fermentlari induksiyasi hisobiga antibiotik metabolizmi kuchayishi oqibatida pasayadi. Penitsillinlar bilan bir vaqtda tayinlash tavsiya etilmaydi (preparatlar mikroorganizmlarga antagonistik ta’sir namoyon qiladi). Tetrasiklin plazmada litiy, digoksin konsentratsiyasini oshiradi, oral antikoagulyantlar samaralarini kuchaytiradi, oral kontraseptivlar samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
DozalashIchga, ko'p miqdordagi suyuqlik bilan, kattalarga - 300-500 mg dan sutkasiga 4 marta yoki 500-1000 mg dan har 12 soatda. Maksimal sutkalik doza - 4000 mg.
Husnbuzar toshmasida: 500-2000 mg/sut bo'lingan dozalarda. Holat yaxshilanganda (odatda 3 haftadan keyin) dozani asta-sekin ushlab turuvchi - 100-1000 mg gacha kamaytiradilar. Husnbuzar toshmasining adekvat remissiyasiga preparatni kun ora yoki uzlukli terapiya qo'llanilganda erishish mumkin.
Brutsellyoz: 500 mg dan har 6 soatda 3 hafta davomida, bir vaqtning o'zida streptomitsinni 1000 mg dozada mushak ichiga har 12 soatda 1 hafta davomida va sutkasiga 1 marta 2 hafta davomida yuborish bilan.
Asoratsiz gonoreya: boshlang'ich bir martalik doza - 1500 mg, keyin 500 mg dan har 6 soatda 4 kun davomida (yig'indi doza 9000 mg).
Zaxm - 500 mg dan har 6 soatda 15 kun davomida (erta zaxm) yoki 30 kun davomida (kechki zaxm).
Chlamydia trachomatis chaqirgan asoratsiz uretral endotservikal va rektal infeksiyalar: 500 mg dan sutkasiga 4 marta kamida 7 kun davomida.
Buyrak funksiyasi buzilgan shaxslarga dozalash rejimini to'g'rilash talab etiladi. Kreatinin klirensi 50 ml/daq dan yuqori bo'lganda 200-400 mg dan sutkasiga 2-3 marta, kreatinin klirensi 10-50 ml/daq bo'lganda 200-400 mg dan sutkasiga 1-2 marta, kreatinin klirensi 10 ml/daq dan kam bo'lganda 200-400 mg dan sutkasiga bir marta (buyrak funksiyasi nazorati ostida).
8-12 yoshdagi bolalarga - 100-200 mg dan sutkasiga 3-4 marta.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: dozaga bog'liq nojo'ya ta'sirlarning kuchayishi; jigarning yog'li distrofiyasi, pankreatit bilan kechuvchi gepatotoksiklik.
Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik terapiya (maxsus antidoti yo'q), hayotiy muhim funksiyalarni ushlab turish.
Husnbuzar toshmasida: 500-2000 mg/sut bo'lingan dozalarda. Holat yaxshilanganda (odatda 3 haftadan keyin) dozani asta-sekin ushlab turuvchi - 100-1000 mg gacha kamaytiradilar. Husnbuzar toshmasining adekvat remissiyasiga preparatni kun ora yoki uzlukli terapiya qo'llanilganda erishish mumkin.
Brutsellyoz: 500 mg dan har 6 soatda 3 hafta davomida, bir vaqtning o'zida streptomitsinni 1000 mg dozada mushak ichiga har 12 soatda 1 hafta davomida va sutkasiga 1 marta 2 hafta davomida yuborish bilan.
Asoratsiz gonoreya: boshlang'ich bir martalik doza - 1500 mg, keyin 500 mg dan har 6 soatda 4 kun davomida (yig'indi doza 9000 mg).
Zaxm - 500 mg dan har 6 soatda 15 kun davomida (erta zaxm) yoki 30 kun davomida (kechki zaxm).
Chlamydia trachomatis chaqirgan asoratsiz uretral endotservikal va rektal infeksiyalar: 500 mg dan sutkasiga 4 marta kamida 7 kun davomida.
Buyrak funksiyasi buzilgan shaxslarga dozalash rejimini to'g'rilash talab etiladi. Kreatinin klirensi 50 ml/daq dan yuqori bo'lganda 200-400 mg dan sutkasiga 2-3 marta, kreatinin klirensi 10-50 ml/daq bo'lganda 200-400 mg dan sutkasiga 1-2 marta, kreatinin klirensi 10 ml/daq dan kam bo'lganda 200-400 mg dan sutkasiga bir marta (buyrak funksiyasi nazorati ostida).
8-12 yoshdagi bolalarga - 100-200 mg dan sutkasiga 3-4 marta.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: dozaga bog'liq nojo'ya ta'sirlarning kuchayishi; jigarning yog'li distrofiyasi, pankreatit bilan kechuvchi gepatotoksiklik.
Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik terapiya (maxsus antidoti yo'q), hayotiy muhim funksiyalarni ushlab turish.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Tetratsiklin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
Tetratsiklin narxlari
Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Dorixona: Shafran №16
Uchtepa tumani, Lutfi ko'ch., 24A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
35 000 so'm
Dorixona: Top-Pharm №7
Sergeli tumani, Yangi sergeli, 2A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
51 000 so'm
Tetratsiklin haqida savollar
Tetratsiklin haqida fikr-mulohazalar
Reyting 0, 0 ta sharh asosida















