Apteka.uz
SavatKirish

Tirozol

Tirozol chiqarilish shakllari

TIROZOL tabletkalari 10mg N50
Retseptli
TIROZOL tabletkalari 10mg N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merck KGaA
•121 ta dorixonada bor
Narxi
80 000 so'm dan
TIROZOL tabletkalari 5mg N50
Retseptli
TIROZOL tabletkalari 5mg N50
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Merck KGaA
•112 ta dorixonada bor
Narxi
58 000 so'm dan
- Tirozol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Tirozolning tarkibi
- Tirozol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Tirozol narxi Toshkent dorixonalarida

Tirozol haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — tireotoksikoz; — tireotoksikozni jarrohlik davolashga tayyorlash; — tireotoksikozni radioaktiv yod bilan davolashga tayyorlash; — radioaktiv yod ta'sirining latent davridagi terapiya (radioaktiv yod ta'siri boshlangunga qadar o'tkaziladi /4-6 oy davomida/); — alohida hollarda tireotoksikozni uzoq muddatli tutib turuvchi terapiya, agar umumiy holat tufayli yoki individual sabablarga ko'ra radikal davolashni amalga oshirish imkoni bo'lmasa; — yashirin tireotoksikoz, avtonom adenomalar yoki anamnezda tireotoksikoz bo'lganda yod preparatlari buyurilganda (yod saqlovchi rentgenokontrast vositalarni qo'llash hollarini qo'shganda) tireotoksikoz profilaktikasi

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — oldin karbimazol yoki tiamazol bilan o‘tkazilgan terapiya vaqtida agranulotsitoz; — granulotsitopeniya (shu jumladan anamnezda); — davolash boshlanishidan oldin xolestaz; — homiladorlikda levotiroksin bilan kombinatsiyada tiamazol bilan terapiya; — tiamazolga yoki tiomochevina hosilalariga yuqori sezuvchanlik. Nisbiy qarshi ko‘rsatma: anamnezda tiomochevina hosilalariga teri allergik reaksiyalari. Traxeya torayishi bilan kechadigan juda katta o‘lchamdagi buqoqda (faqat operatsiyaga tayyorlash davrida qisqa muddatli davolash), jigar yetishmovchiligida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Tarkibi

  • tiamazol 10 mg Yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi, natriy karboksimetilkraxmal, magniy stearati, gipromelloza 2910/15, talk, tsellyuloza (kukun), makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati, temir oksidi sariq, temir oksidi qizil, dimetikon 100, makrogol 400, titan dioksidi. tiamazol 5 mg Yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi, natriy karboksimetilkraxmal, magniy stearati, gipromelloza 2910/15, talk, tsellyuloza (kukun), makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati, temir oksidi sariq, dimetikon 100, makrogol 400, titan dioksidi

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Preparat ichga qabul qilingandan so‘ng tiamazol MIYdan tez va deyarli to‘liq absorbtsiya qilinadi. Сmax 0,4-1,2 soat ichida erishiladi. Taqsimlanishi: Plazma oqsillari bilan deyarli bog‘lanmaydi. Qalqonsimon bezda kumulyatsiya qiladi. Metabolizmi: Qalqonsimon bezda, shuningdek buyraklar va jigarda sekin metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi: Tiamazolning oz miqdorlari ko‘krak sutida aniqlanadi. T1/2 taxminan 3-6 soatni tashkil qiladi. Tiamazol siydik (24 soat ichida preparatning 70%, shu jumladan 7-12% o‘zgarmagan holda) va safro bilan chiqariladi. Maxsus klinik holatlarda farmakokinetikasi: Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda T1/2 ortadi. Preparatning farmakokinetik ko‘rsatkichlari qalqonsimon bezning funktsional holatiga bog‘liq emas.

Farmakologik ta'siri

Antitireoid preparat. Qalqonsimon bezda tironinni yodlashda ishtirok etuvchi peroksidaza fermentini bloklab, triyod- va tetrayodtironin hosil bo'lishi bilan kechuvchi qalqonsimon bez gormonlari sintezini buzadi. Preparat tireotoksikozning simptomatik terapiyasida samarali (radioaktiv yod bilan davolash paytida yoki tiroiditda qalqonsimon bez hujayralari parchalanishi oqibatida gormonlar ajralib chiqishi natijasida kasallik rivojlanish hollari bundan mustasno). Tirozol® sintezlangan tironinlarning qalqonsimon bez follikulalaridan ajralib chiqish jarayoniga ta'sir qilmaydi. Bu qon plazmasida T3 va T4 darajasining normallashuvi va klinik ko'rinishning yaxshilanishidan oldin o'tishi mumkin bo'lgan turli davomiylikdagi latent davrni tushuntiradi. Preparat asosiy almashinuvni pasaytiradi, qalqonsimon bezdan yodidlar chiqarilishini tezlashtiradi, gipofiz tomonidan tireotrop gormon sintezi va sekretsiyasining retsiprok faollashuvini oshiradi, bu qalqonsimon bezning biroz giperplaziyasi bilan birga kechishi mumkin. Bir martalik qabuldan keyin preparat ta'sirining davomiyligi taxminan 24 soatni tashkil qiladi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ba'zida - allergik teri reaktsiyalari (qichishish, qizarish, toshmalar), qusish, artralgiya, bosh aylanishi, holsizlik. Kamdan-kam hollarda - harorat ko'tarilishi, ta'm bilishning o'zgarishi (qaytuvchan hisoblanadi). Taxminan 0.3-0.6% hollarda - agranulotsitoz (simptomlar davolash boshlangandan keyin haftalar va oylar o'tib ham paydo bo'lishi va preparatni bekor qilish zaruratiga olib kelishi mumkin). Yakka hollarda - xolestatik sariqlik, toksik gepatit, artralgiyalar (odatda sekin va asta-sekin, davolash boshlangandan bir necha oy o'tgach rivojlanadi; artritning klinik belgilari bo'lmagan). Alohida hollarda - generalizatsiyalangan limfadenopatiya, so'lak bezlarining o'tkir kattalashishi, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, nevrit, polinevropatiya, bo'richasimon reaktsiya, gipoglikemiya bilan autoimmun sindrom. Tana vaznining oshishi. Subklinik va klinik gipotireoz preparat yuqori dozalarda qabul qilinganda rivojlanishi mumkin. Shuningdek qalqonsimon bezning kattalashishi boshlanishi mumkin, bu qonda TTG miqdorining oshishi bilan bog'liq.

Dozirovkasi

  • 10 mg 5 mg 5mg, 10mg

Dozani oshirib yuborilishi

Tirozol bilan surunkali doza oshib ketishi qalqonsimon bezning kattalashishiga va gipotireoz rivojlanishiga olib keladi. Tirozolni juda yuqori dozalarda (taxminan 120 mg/) qabul qilish mielotoksik ta’sirlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Dori shaklining ta'rifi

  • Och-sariq rangli parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida chiziqchasi bor; siniqda oq yoki deyarli oq massa ko'rinishiga ega. Kulrang-zarg'aldoq rangli parda qobiq bilan qoplangan tabletkalar, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida chiziqchasi bor; siniqda oq yoki deyarli oq massa ko'rinishiga ega.

Maxsus ko‘rsatmalari

Qalqonsimon bezi sezilarli kattalashgan, traxeya bo‘shlig‘ini toraytirgan bemorlarga Tirozol® levotiroksin natriy bilan kombinatsiyada qisqa muddatga tayinlanadi, chunki uzoq muddat qo‘llanilganda buqoq kattalashishi va traxeyaning yanada ko‘proq siqilishi mumkin. Bemor ustidan sinchkov kuzatuv o‘tkazish zarur (TTG darajasi va traxeya bo‘shlig‘ini nazorat qilish).

Preparat bilan davolash davrida periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish zarur.

Tiamazol va tiomochevina hosilalari qalqonsimon bez to‘qimasining nur terapiyasiga sezgirligini pasaytirishi mumkin.

Agar preparat bilan davolash vaqtida to‘satdan tomoqda og‘riqlar, yutishning qiyinlashishi, tana haroratining ko‘tarilishi, stomatit belgilari yoki furunkulyoz (agranulotsitozning ehtimoliy simptomlari) paydo bo‘lsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolash vaqtida teri ostiga qon quyilishlar yoki noma'lum genezli qon ketishlar, generalizatsiyalangan teri toshmasi va qichishish, qaysar ko‘ngil aynishi yoki qusish, sariqlik, epigastral sohada kuchli og‘riqlar va yaqqol holsizlik paydo bo‘lganda preparatni bekor qilish talab etiladi.

Davolash erta to‘xtatilganda kasallik qaytalanishi mumkin.

Endokrin oftalmopatiya paydo bo‘lishi yoki kechishining yomonlashishi Tirozol® preparati bilan tegishli tarzda o‘tkazilgan adekvat davolashning nojo‘ya ta'siri hisoblanmaydi.

Kamdan-kam hollarda davolash tugagandan so‘ng kechki gipotireoz yuzaga kelishi mumkin, bu preparatning nojo‘ya ta'siri hisoblanmaydi, balki asosiy kasallik doirasida kechuvchi qalqonsimon bez to‘qimasidagi yallig‘lanish va destruktiv jarayonlar bilan bog‘liq.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Tiamazol transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparat yuqori dozada yod saqlovchi rentgenokontrast vositalar qo‘llanilgandan so‘ng tayinlanganda Tirozol ta’siri susayishi mumkin. Yod yetishmovchiligi Tirozol ta’sirini kuchaytiradi. Tireotoksikoz bo‘yicha Tirozol® qabul qilayotgan bemorlarda eutireoid holatga (qon zardobida qalqonsimon bez gormonlari miqdori me’yorlashishi) erishilgandan so‘ng yurak glikozidlari (digoksin va digitoksin), aminofillinnning qabul qilinadigan dozalarini kamaytirish, shuningdek varfarin va boshqa antikoagulyantlar — kumarin va indandion hosilalarining qabul qilinadigan dozalarini oshirish zarurati yuzaga kelishi mumkin (farmakodinamik o‘zaro ta’sir). Litiy preparatlari, beta-adrenoblokatorlar, rezerpin, amiodaron tiamazol samarasini oshiradi (uning dozasini to‘g‘irlash talab etiladi). Sulfanilamidlar va metamizol natriy bilan bir vaqtda qo‘llanilganda leykopeniya rivojlanish xavfi ortadi. Leykogen va foliy kislotasi tiamazol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda leykopeniya rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Preparat ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan ichish kerak.

Sutkalik doza 1 qabulda tayinlanadi yoki 2-3 bir martalik dozaga bo'linadi. Davolash boshida bir martalik dozalar kun davomida qat'iy belgilangan vaqtda qabul qilinadi. Ushlab turuvchi dozani bir qabulda nonushtadan keyin qabul qilish kerak.

Tireotoksikozda kasallik og'irligiga qarab preparat 20-40 mg/sut dozada 3-6 hafta davomida tayinlanadi. Qalqonsimon bez funksiyasi normallashgandan keyin (odatda 3-8 haftadan so'ng) ushlab turuvchi doza 5-20 mg/sut ga o'tiladi. Shu vaqtdan boshlab natriy levotiroksinini qo'shimcha qabul qilish tavsiya etiladi.

Tireotoksikozni jarrohlik yo'li bilan davolashga tayyorgarlikda 20-40 mg/sut dan eutiroid holatga erishilguncha tayinlanadi. Shu vaqtdan boshlab natriy levotiroksinini qo'shimcha qabul qilish tavsiya etiladi. Operatsiyaga tayyorgarlik uchun zarur bo'lgan vaqtni qisqartirish maqsadida qo'shimcha ravishda beta-adrenoblokatorlar va yod preparatlari tayinlanadi.

Radioaktiv yod bilan davolashga tayyorgarlikda 20-40 mg/sut dan eutiroid holatga erishilguncha tayinlanadi.

Radioaktiv yod ta'sirining latent davrida terapiyada kasallik og'irligiga qarab 5-20 mg/sut dan radioaktiv yod ta'siri boshlanguncha (4-6 oy) tayinlanadi.

Uzoq muddatli tireostatik ushlab turuvchi terapiyada Tirozol® 1,25-2,5-10 mg/sut dozalarda natriy levotiroksinini kichik dozalarda qo'shimcha qabul qilish bilan tayinlanadi. Tireotoksikozni davolashda terapiya davomiyligi 1,5 yildan 2 yilgachani tashkil qiladi.

Yod preparatlari tayinlanganda (shu jumladan yod saqlovchi rentgenokontrast vositalarni qo'llash hollarida) latent tireotoksikoz, avtonom adenomalar yoki anamnezda tireotoksikoz mavjud bo'lganda tireotoksikozni oldini olish maqsadida Tirozol® 10-20 mg/sut dozada va kaliy perxlorat 1 g/sut dozada yod saqlovchi vositalarni qabul qilishdan 8-10 kun oldin tayinlanadi.

3 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarga Tirozol® 0,3-0,5 mg/kg tana vazniga boshlang'ich dozada 2-3 teng bo'lingan dozalarda har kuni tayinlanadi. Tana vazni 80 kg dan ortiq bo'lgan bolalar uchun maksimal tavsiya etilgan doza - 40 mg/sut. Ushlab turuvchi doza - 0,2-0,3 mg/kg/sut. Zarurat bo'lganda qo'shimcha ravishda natriy levotiroksini tayinlanadi.

0 dan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi.

Homiladorlikda preparat minimal dozalarda tayinlanadi: bir martalik - 2,5 mg, sutkalik - 10 mg.

Jigar yetishmovchiligida preparat minimal samarali dozada shifokorning qattiq nazorati ostida tayinlanadi.

Tireotoksikoz bo'lgan bemorlarni operatsiyaga tayyorlashda preparat bilan davolash rejalashtirilgan operatsiya kunigacha 3-4 hafta davomida eutiroid holatga erishilguncha (ayrim hollarda - uzoqroq) o'tkaziladi va undan bir kun oldin tugatiladi.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya samaralar uchrash tezligini aniqlash: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kamdan-kam (≥1/10 000, <1/1000), juda kamdan-kam (<1/10 000).

Qon yaratish tizimi tomonidan: tez-tez emas - agranulotsitoz (simptomlar hatto davolash boshlanganidan haftalar va oylar o'tib ham paydo bo'lishi va preparatni bekor qilish zaruratiga olib kelishi mumkin); juda kamdan-kam - generalizatsiyalangan limfadenopatiya, trombotsitopeniya, pansitopeniya.

Endokrin tizim tomonidan: juda kamdan-kam - gipoglikemiya bilan insulinli autoimmun sindrom.

Nerv tizimi tomonidan: kamdan-kam - ta'm bilishning qaytuvchan o'zgarishi, bosh aylanishi; juda kamdan-kam - nevrit, polinevropatiya.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda kamdan-kam - so'lak bezlarining kattalashishi, qusish.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan: juda kamdan-kam - xolestatik sariqlik va toksik gepatit.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: juda kamdan-kam - terida generalizatsiyalangan toshmalar, alopesiya, yuguriksimon sindrom.

Allergik reaksiyalar: teri ko'rinishlari (qichishish, qizarish, toshmalar).

Suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez - artritning klinik belgilarisiz sekin rivojlanuvchi artralgiya.

Umumiy reaksiyalar: kamdan-kam - harorat oshishi, holsizlik, tana vaznining ortishi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Tirozol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Tirozol narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
83 300 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
83 300 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
85 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
85 000 so'm
Bron qilish

Tirozol haqida savollar

Tirozol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.3, 6 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil