Trinazolning aptekalardagi narxlari
TRINAZOL krem 15g N1
|
|
106 ta dorixonada bor
|
38 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
54 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
48 900 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Trinazol ko'rsatmalar
Hatto ketokonazolni uzoq vaqt qo'llaganda ham qonda aniqlanmaydi.
Klobetazol propionati gidrokortizonga nisbatan plazmadagi oqsillar bilan bog'lanish qobiliyati pastrok. lekin T1/2 uzunrok. Asosan jigarda, qolgan qismi – buyrakda metabolizmga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi.
Neomisin sulfati shikastlanmagan teri va shilliq qavatlar orqali deyarli so'rilmaydi.
Homiladorlik va emizikli ayollar, shuningdek emizikli bolalarga preparat ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.
Dori vositasini avtotransport va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o'ziga xosligi
Aniqlanmagan.
faol moddalar: ketokonazol 10 mg, klobetazol propionati 0,25 mg, neomisin sulfati
5000 XB;
yordamchi moddalar: oq yumshok parafin, och suyuk parafin, tsetostearil spirti,
xlorokrezol. propilenglikol, suvsiz dinatriy gidrogen fosfat, suvsiz natriy
digidrogen fosfat.
Ketokonazol keng ta'sir doirasiga ega zamburug'larga qarshi vosita bo'lib xisoblanadi. Uning o'tkazuvchanligini o'zgartirish orqali zamburug'xujayra membranasiga ta'sir ko'rsatadi.
Farmakologik tadqiqotlar ketokonazol dermatofitlar (Trichophyton sp., Microsporum sp.. Epidermophyton sp. kabi). saxaromisitlar va Candida albicans ga nisbatan kuchli antimikoz ta'sirga ekanligini namoyish etgan. Zamburug'shtammlari Ketokonazolning ta'siriga tabiiy chidamlilikka ega emas.
Klobetazol propionati minimal nojo'ya samaralarga ega yuqori samarali yallig'lanishga qarshi va allergiyaga qarshi vosita sifatida ta'sir ko'rsatadi.
Neomisin sulfati grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga qarshi samarali vosita bo'lib hisoblanadi.
Trinazol kremi tarkibidagi uchta vositaning majmuasi uni zamburug'li va bakterial infektsiyalarda, yallig'lanish jarayonlari va qichishishda yuqori samarali preparat ekanligini namoyon qiladi.
Preparat qazg'ok, seboreyali ekzema va kepaklanuvchi temiratki bilan bog'lik terini kepaklanishi va qichishishini tez kamaytiradi,
Klobetazol propionati - sirtga vo'llash uchun kortikosteroid. Teri kasalliklarida kortikosteroidlarning terapevtik ta'sir mexanizmi aniq emas. Kortikosteroidlar membranalarning fosfolipidlaridan araxidon kislotasini ajratib chikaruvchi fosfolipaza A2 ni ingibitsiya qiluvchi lipokortin sintezini induktsiya kiladi.
Shunday qilib, lipokortinlar araxidon kislotasining metabolitlari bo'lgan prostaglandinlar va leykotrienlar kabi yallig'lanish va allergiyaning kuchli mediatorlari biosintezini boshqaradi.
Neomisin sulfati – aminoglikozid antibiotigi, uning ta'sir mexanizmi bakteriyalar proteinlarini sintezini susaytirish bilan bog'liq.
Saqlash muddati
3 yil.
O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Chiqarish shakllari