ะขะฐัˆะบะตะฝั‚
logo
SavatKirish

Seftaz analoglari

Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Seftaz

Qoโ€˜llash koโ€˜rsatmalari

Preparatga chidamli bakteriyalarning rivojlanishini pasaytirish va tseftriakson va tazobaktamning samaradorligini tutib turish uchun, preparatni faqat sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalarni davolash uchun qo'llash kerak.ย Tseftriakson natriy va tazobaktamning majmuasini quyidagi holatlarda qo'llash ko'rsatilgan:

  • Yuqori va quyi nafas yo'llari va LOR-a'zolarining infektsion-yallig'lanish kasalliklari (shu jumladan, o'tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, kasalxonadan tashqari pnevmoniya, o'pka abssessi, plevra empiemasi, o'rta quloqni o'tkir bakterial otiti);

  • Teri va yumshoq to'qimalarning infektsion-yallig'lanish kasalliklari;

  • Siydik jinsiy a'zolarni infektsion-yallig'lanish kasalliklari (pielit, o'tkir va surunkali pielonefrit, tsistit, prostatit, epididimit va boshq.);

  • Suyak va bo'g'imlar, yuz-jag'sohasini infektsion-yallig'lanish kasalliklari;

  • Qorin bo'shlig'i a'zolarini infektsion-yallig'lanish kasalliklari (peritonit, xolesistit, pankreatit va boshq.);

  • Asoratlanmagan gonoreya, shu jumladan, penisillinaza ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar chaqirgan gonoreya;

  • Sepsis va bakterial septisemiya;

  • Bakterial meningit va endokardit;

  • Yumshoq shankr va sifilis;

  • Layma kasalligi (spiroxetoz);

  • Salmonellez va salmonella tashuvchilar;

  • Immuniteti susaygan pasientlardagi infektsiyalar;

  • Operasiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish.

Operasiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish:ย operasiyadan oldin preparatni (Tseftaz) yuborish operasiyadan keyingi infektsiyalar havfini kamaytirishi mumkin.ย Operasiya o'tkaziladigan pasientlar (masalan, vaginal abdominal gisterektomiya, havf guruhidagi pasientlarida surunkali kalkulez xolesistitdagi xolesistektomiya, antimikrob preparatlar yuborishni talab qilmaydigan o'tkir xolesistit, obstruktiv sariqlik yoki o't-safro yo'llariga toshlarni tiqilib qolishi va boshq.) infektsiyani rivojlanishiga nisbatan potentsial havfli hisoblanadilar.ย Shuningdek, operasiya maydoni jiddiy havf solishi mumkin bo'lgan pasientlar (masalan, aorta-koronar shuntlash vaqtida)ย ham infektsiyani rivojlanishiga nisbatan potentsial xavfli hisoblanadilar.

Nojo'ya ta'sirlar
Ma'lumot topilmadi
Batafsil

Retseptli

Kategoriya
Antibiotiklar
Mavjud chiqarilish shakllari
  • Kukun
Bogโ€˜liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan boโ€˜lasiz. Batafsil