Ugol aktivirovanniy
Ugol aktivirovanniy chiqarish shakllari



Ugol aktivirovanniy qo'llanmasi
- Turli kelib chiqishli ekzogen va endogen intoksikatsiyalarda detoksikatsiya qiluvchi vosita sifatida; ovqat toksikoinfektsiyalari, salmonellez, dizenteriya, kompleks davolashda. Dori preparatlari (psixotrop, uyqu chaqiruvchi, giyohvand vositalar va boshqalar), alkaloidlar, og'ir metallar tuzlari va boshqa zaharlar bilan zaharlanishlar. Dispepsiya, meteorizm bilan kechuvchi oshqozon-ichak trakti kasalliklari. Ovqat va dori allergiyasi. Giperbilirubinemiya (virusli gepatit va boshqa sariqliklar) va giperazotemiya (buyrak yetishmovchiligi). Ultratovush va rentgenologik tekshiruvdan oldin ichakda gaz hosil bo'lishini kamaytirish uchun. Zararli ishlab chiqarishda surunkali intoksikatsiyalar profilaktikasi maqsadida.
- Oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligining zo‘rayishi, nospetsifik yarali kolit, oshqozon-ichak traktidan qon ketishlar, ichak atoniyasi, preparatni individual o‘zlashtira olmaslik, so‘rilgandan keyin samarasi rivojlanadigan antitoksik dori vositalarini (metionin va boshq.) bir vaqtda tayinlash.
- kukunsimon tozalovchi faol yog‘och ko‘miri - 250mg; 1 tab. Faollashtirilgan ko‘mir 250 mg; yordamchi moddalar (kartoshka kraxmali) 47 mg 1 tabletka saqlaydi Faol modda: faollashtirilgan ko‘mir (faollashtirilgan ko‘mir) 250 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali 1 tabletka saqlaydi: faol modda: faollashtirilgan ko‘mir 250 mg yordamchi modda: kartoshka kraxmali Faollashtirilgan ko‘mir 250 mg Faollashtirilgan ko‘mir 250,0 mg; yordamchi moddalar (kartoshka kraxmali) 47,0 mg faollashtirilgan ko‘mir 250 mg; yordamchi modda: kartoshka kraxmali
- Qabziyat, diareya, dispepsiya; uzoq muddat qo'llanilganda (14 kundan ortiq) - gipovitaminoz, oshqozon-ichak traktidan ozuqa moddalari, kaltsiy, vitaminlar so'rilishining buzilishi. Axlat massalarining to'q rangga bo'yalishi. Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa har qanday nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
- 250 mg
- jelatin kapsulalar, kapsula ichidagisi - qora rangli kukun Tabletkalar qora rangli yassi-tsilindrik tabletkalar qora rangli tabletkalar Qora rangli yassi-tsilindrik faskali, biroz g'adir-budur tabletkalar. Qora rangli, biroz g'adir-budur, yassi-tsilindrik shaklli, chiziqchali va faskali tabletkalar.
Intoksikatsiyalarni davolashda oshqozonda (uni yuvishdan oldin) va ichakda (oshqozon yuvilgandan keyin) ko‘mirning ortiqcha miqdorini hosil qilish zarur. Muhitda ko‘mir konsentratsiyasining kamayishi bog‘langan moddaning desorbsiyasiga va uning so‘rilishiga yordam beradi (ozod bo‘lgan moddaning rezorbsiyasini oldini olish uchun oshqozonni takroran yuvish va ko‘mir tayinlash tavsiya etiladi). Oshqozon-ichak traktida ovqat massalari mavjudligi yuqori dozalarda yuborishni talab qiladi, chunki oshqozon-ichak trakti ichidagisi ko‘mir bilan sorbsiyalanadi va uning faolligi pasayadi. Agar zaharlanish enterojigar sirkulyatsiyasida ishtirok etuvchi moddalar (yurak glikozidlari, indometatsin, morfin va boshqa opiatlar) tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, ko‘mirni bir necha kun davomida qo‘llash zarur. Preparat 10-14 kundan ortiq qo‘llanilganda vitaminlar va kalsiy preparatlarini profilaktik tayinlash zarur.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar va uglevodlar miqdori kamaytirilgan parhezda bo‘lgan shaxslar preparatning bitta tabletkasida taxminan 0,07 g uglevod (0,006 XE) borligini hisobga olishlari kerak.
Quruq joyda, atmosferaga gazlar yoki bug‘lar chiqaruvchi moddalardan alohida saqlash tavsiya etiladi. Havoda (ayniqsa nam) saqlash sorbsion qobiliyatni pasaytiradi.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo‘llash diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi) ta'sir qilmaydi.
CARBO AKTIVATUS MS
Preparatning savdo nomi: Ugol aktivirovannыy MS
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): faollashtirilgan ko‘mir.
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 250 mg faollashtirilgan ko‘mir;
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali.
Ta‘rifi.: qora rangli, yassisilindrik, biroz g‘adir-budir, faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: enterosorbsiya qiluvchi vosita.
ATX kodi: A07BA01
Farmakologik xususiyatlari
Preparat adsorbsiya qiluvchi va nospesifik detoksikasiya qiluvchi ta‘sirga ega. Me‘da-ichak yo‘llarining ichida faollashtirilgan ko‘mir turli tabiatli endogen va ekzogen zaharli moddalarni, shu jumladan bakteriyalarni, bakterial toksinlarni, ovqat allergenlarini, dori preparatlarini, zaharlarni, alkaloidlarni, og‘ir metall tuzlarini va gazlarni bog‘laydi va organizmdan chiqaradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilmaydi, parchalanmaydi, me‘da-ichak yo‘llari orqali 24 soat davomida to‘liq chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Turli kelib chiqishga ega bo‘lgan ekzogen va endogen zaharlanishlarda zaharsizlantiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Ovqat toksikoinfeksiyalarni, salmonelyozni va dizenteriyani majmuaviy davolashda.
Dori preparatlari (psixotrop, uxlatuvchi, narkotik vositalar va boshqalar), alkaloidlar, og‘ir metall tuzlari va boshqa zaharlar bilan zaharlanishda.
Dispepsiya, meteorizm bilan kechuvchi me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklarida.
Ovqat va dori allergiyasida.
Giperbilirubinemiyada (virusli gepatit va boshqa sariqliklar) va giperazotemiyada (buyrak yetishmovchiligi).
Ultratovush va rentgenologik tekshirishlar oldidan avval ichakda gaz hosil bo‘lishini kamaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, tabletkalarda yoki avval maydalangandan so‘ng suvli aralashma ko‘rinishida, ovqatlanishdan va boshqa dori vositlarni qabul qilishdan bir soat oldin qo‘llanadi. Preparatning kerakli miqdori ½ stakan suvda aralashtiriladi.
Kattalarga dozalash tartibi o‘rtacha 1,0-2,0 g (4-8 tabletka) dan sutkada 3-4 marta, kattalar uchun maksimal bir martalik doza – 8 g gacha.
Bolalarga preparat tana vazniga o‘rtacha 0,05 g/kg hisobidan sutkada 3 marta buyuriladi, maksimal bir martalik doza tana vazniga 0,2 g/kg gacha.
O‘tkir kasalliklarda davolash kursi – 3-5 kun. Allergiya va surunkali kasalliklarda – 14 kungacha. Takroriy kurs – shifokorning tavsiyasi bo‘yicha 2 haftadan so‘ng.
O‘tkir zaharlanishlarda davolash me‘dani faollashtirilgan ko‘mirning suvli aralashmasini ishlatish bilan yuvishdan boshlanadi, so‘ngra ichga 20-30 g preparat beriladi.
Meteorizmda preparat ichga 1-2 g (4-8 tabletka) dan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Davolash kursi 3-7 kun.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qabziyat, diareya. Uzoq muddat (14 kundan ortiq) qo‘llanganida kalsiyni, vitaminlarni, oziq moddalarni so‘rilishi pasayishi mumkin. Ahlat qora rangga bo‘yalishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Me‘da va 12 barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi, nospesifik yarali kolit, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar, ichak atoniyasi, preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, samarasi so‘rilganidan keyin rivojlanadigan antitoksik dori vositalarni bir vaqtda buyurishda (metionin va boshqalar) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Faollashtirilgan ko‘mir u bilan birga bir vaqtda ichga qo‘llanadigan dori preparatlarining samaradorligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Intoksikasiyalarni davolashda me‘dada (uni yuvishdan oldin) va ichakda (me‘da yuvilganidan so‘ng) faollashtirilgan ko‘mirning ortig‘i bilan hosil qilish lozim. Muhitda faollashtirilgan ko‘mirning konsentrasiyasini kamayishi ichakda bog‘langan moddani desorbsiyasi va uning so‘rilishiga yordam beradi; rezorbsiyani oldini olish uchun me‘dani faollashtirilgan ko‘mir bilan takroran yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni buyurish tavsiya etiladi. Agar zaharlanish enterogepatik sirkulyasiyada ishtirok etuvchi moddalar (yurak glikozidlari, indometasin, morfin va boshqa opiatlar) tomonidan chaqirilgan bo‘lsa, faollashtirilgan ko‘mirni bir necha kun davomida qo‘llash lozim. Preparatlar 10-14 kundan ortiq ishlatilganida vitaminlar va kalsiy preparatlarini profilaktik buyurish kerak. Quruq joyda, atmosferaga gazlar yoki bug‘larni chiqaruvchi moddalardan alohida saqlash lozim. Ochiq havoda (ayniqsa nam) saqlash sorbsion xususiyatini pasaytiradi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 250 mg.
10 tabletkadan kontur uyasiz o‘ramda.
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
1, 2, 3, 5 yoki 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.
Kontur o‘ramlarni teng miqdordagi yo‘riqnomalar bilan guruh o‘ramiga joylashga ruxsat beriladi.Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati 3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Ehtimol: qabziyat, diareya; uzoq muddat qo'llanilganda - gipovitaminozlar, OITdan oziq moddalar so'rilishining buzilishi.
Ugol aktivirovanniy narxlari
Ugol aktivirovanniy barcha rasmlari


























