Venofer
Venofer chiqarilish shakllari

Venofer qo'llanmasi
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VENOFER®
VENOFER®
Preparatning savdo nomi: Venofer® (Venofer®)
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): temir (III) gidroksidi saxaroza kompleksi
Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma 20 mg/ml
Tarkibi:
1 ml quyidagilarni saqlaydi:
|
Faol modda:
temir (III) |
20 mg |
|
temir (III) gidroksidi saxaroza
kompleksi shaklida |
510-570 mg |
Yordamchi moddalar:
| natriy gidroksidi | 0-5 mg |
| 10% natriy gidroksid eritmasi shaklida | q.s. pH 10,5-11,0 gacha |
| in‘eksiya uchun suyuqlik | 580-640 mg |
Ta‘rifi: jigarrang rangli suvli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Antianemik preparatlar. parenteral qo‘llash uchun temir preparatlari.
ATX kodi: V03AS.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ta‘sir mexanizmi
Venofer® preparatining faol komponenti – temir-saxaroz majmuasi – saxarozaning kovalentsiz bog‘langan katta miqdordagi molekulalari bilan o‘ralgan ko‘p yadroli temir (III) gidroksidi yadrosidan iborat. Ushbu majmuaning molekulyar og‘irligi (MO) taxminan 43 kDa ga teng. Ko‘p yadroli temir saqlovchi yadroning tuzilishi ferritin oqsili yadrosiga temirning fiziologik deposiga o‘xshash. Ushbu majmua organizmda temirni (muvofiq transferrin va ferritinni) tashilishi va to‘planishiga javob beruvchi oqsillar uchun yo‘qotiladigan temirning boshqariladigan manbasini hosil qilish uchun mo‘ljallangan.
Vena ichiga yuborilgandan so‘ng ushbu majmua asosan jigar, taloq va suyak ko‘migi tomonidan qamrab olinadi. Keyingi bosqichda temir gemoglobin, mioglobin va boshqa temir saqlovchi fermentlarni sintezlash uchun ishlatiladi, yoki ferritin shaklida jigarda saqlanadi.
Farmakokinetikasi
Taqsimlanishi
52Fe va 59Fe bilan nishonlangan temir-saxaroz kompleksining ferrokinetikasini anemiyasi va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan 6 pasientda baholangan. Birinchi 6–8 soat davomida 52Fe jigar, taloq va suyak ko‘migi tomonidan qamrab olingan. Radioaktiv nishonni makrofaglarga boy bo‘lgan taloq tomonidan qamrab olinishi temirni retikuloendotelial tizim tomonidan qamrab olinishi uchun xarakterli hisoblanadi.
Temir-saxaroz kompleksining 100 mg temir saqlovchi dozasini sog‘lom ko‘ngillilarga bir marta vena ichiga in‘eksiya qilinganidan keyin qon zardobida temirning maksimal umumiy konsentrasiyalari, in‘eksiyadan keyin 10 minutdan so‘ng olindi va o‘rtacha
538 mkmol/l ni tashkil etdi. Markaziy kompartmentdagi taqsimlanish hajmi plazma hajmiga aniq muvofiq kelgan (taxminan 3 litrga to‘g‘ri kelgan).
Biotransformasiyasi
In‘eksiyadan keyin saxarozaning katta qismi dissosiasiyalanadi va ko‘p yadroli temir saqlovchi yadro asosan jigar, taloq va suyak ko‘migining retikuloendotelial tizimi tomonidan qamrab olinadi. Yuborilgandan keyin 4 haftadan so‘ng eritrositlar tomonidan utilizasiyasi 59% dan 97% gachani tashkil etdi.
Chiqarilishi
Temir-saxaroz kompleksining o‘rtacha molekulyar massasi (MM) taxminan 43 kDa ga teng, bu buyrak orqali chiqarib yuborilishini oldini olish uchun yetarli darajada ko‘pdir. Venofer® ning 100 mg temir saqlovchi dozasi in‘eksiya qilingandan keyin birinchi 4 soat davomida yuz beruvchi temirni buyrak orqali chiqarilishi, yuborilgan dozaning 5% dan kamiga muvofiq kelgan. 24 soatdan keyin zardobdagi temirning umumiy konsentrasiyasi preparatni yuborishdan oldin aniqlangan darajagacha pasaygan. Buyrak orqali saxarozani chiqarilishi yuborilgan dozaning taxminan 75% ni tashkil etgan.
Qo‘llanilishi
Venofer® quyidagi hollarda temir tanqisligi holatlarni davolash uchun mo‘ljallangan:
- temir zahiralarini tez to‘ldirishning klinik zarurati bo‘lganida;
- temirning peroral preparatlarini o‘zlashtiraolmaydigan yoki davolash tartibiga amal qilmaydigan pasientlarda;
- og‘iz orqali qabul qilinadigan temir preparatlari samarasiz bo‘lganda, ichakning faol yallig‘lanish kasalliklarida.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llanilishi
Venofer® faqat vena ichiga yuboriladi. U tomchilab infuziya ko‘rinishida, sekin in‘eksiya qilish yo‘li bilan yoki bevosita dializ tizimining venoz sohasiga yuboriladi.
Ishlatishdan oldin ampulalar/flakonlarni cho‘kma yoki shikastlar yo‘qligi yuzasidan tekshirib chiqish lozim. Faqat cho‘kma saqlamaydigan bir xil jigarrang eritmasi bo‘lgan ampulalar/flakonlarni ishlatish kerak.
Venofer® preparatining har bir ampula/flakoni faqat bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan. Ishlatilmagan dori preparatining har qanday qoldiqlari yoki uning qoldiqlari mahalliy talablarga muvofiq utilizasiya qilinishi lozim.
Vena ichiga tomchilab infuziya qilish
Venofer® faqat steril 0,9% li (massa/hajm) natriy xloridi (NaCl) eritmasida suyultiriladi. Suyultirilan eritma tiniq, jigarrang bo‘lishi lozim. Suyultirishni bevosita infuziya oldidan amalga oshirish, olingan eritmani esa quyidagi tarzda yuborish lozim:
|
Venofer® preparatining dozasi
(mg temir) |
Venofer® preparatining dozasi
(Venofer® preparatning ml) |
Suyultirish uchun steril 0,9% li (massa/hajm) NaCl eritmasining maksimal hajmi | Infuziyaning minimal vaqti |
| 100 mg | 5 ml | 100 ml | 15 minut |
| 200 mg | 10 ml | 200 ml | 30 minut |
| 300 mg | 15 ml | 300 ml | 1,5 soat |
| 400 mg | 20 ml | 400 ml | 2,5 soat |
| 500 mg | 25 ml | 500 ml | 3,5 soat |
Preparatni temirning yanada pastroq konsentrasiyalarigacha suyultirish, eritmaning barqarorligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra mumkin emas.
Vena ichiga in‘eksiya qilish
Venofer® asta-sekin vena ichiga in‘eksiya qilish yo‘li bilan minutiga suyultirilmagan eritmaning 1 ml yuborish tezligida yuborish mumkin va uning dozasi 1 in‘eksiya uchun
10 ml (200 mg temir) dan oshmasligi kerak.
Dializ tizimining vena qon tomiriga ulangan sohasiga yuborish
Venofer® ni gemodializ seansi vaqtida vena ichiga in‘eksiya qilish qoidalariga qat‘iy rioya qilgan holda bevosita dializ tizimining venoz sohasiga yuborish mumkin.
Dozalar
Har bir pasient uchun Venofer® preparatining kumulyativ dozasini shaxsiy ravishda hisoblab chiqish va uni oshirmaslik lozim.
Dozani hisoblash
Umumiy temir tanqisligiga (mg) ekvivalent bo‘lgan Venofer® preparatining umumiy kumulyativ dozasi gemoglobin (Hb) darajasi va tana vazni (TV) ga asoslanib aniqlanadi. Har bir pasient uchun Venofer® preparatining dozasini umumiy temir tanqisligiga muvofiq quyida keltirilgan Ganzoni formulasi bo‘yicha hisoblanadi, masalan:
| Umumiy temir tanqisligi [mg] = MT [kg] × (Hb maqsadli darajasi–Hb) haqiqiy darajasi [g/dl] x 2,4* + zahiraga kirgan temir [mg] | ||
| Tana vazni 35 kg dan kam bo‘lganida: | Hb maqsadli darajasi = 13 g/dl, zahiraga kirgan temir miqdori = 15 mg/kg tana vazni | |
| Tana vazni 35 kg va undan ortiq bo‘lganida: | Hb maqsadli darajasi = 15 g/dl, zahiraga kirgan temir miqdori = 500 mg | |
| * Koeffisient 2,4 = 0,0034 (Hb dagi temir miqdori = 0,34%) × 0,07 (qon hajmi = tana vaznidan 7%) × 1000 ([g] ni [mg] ga o‘tkazish) × 10 | ||
| Venofer® preparatining yuborish kerak bo‘lgan umumiy miqdori (ml da) = | Umumiy temir tanqisligi [mg] | |
| 20 mg temir/ml | ||
Tana vazni, Hb haqiqiy darajasi va Hb maqsadli darajasiga qarab, Venofer® preparatining yuborish kerak bo‘lgan umumiy miqdori (ml)*:
| TV |
Venofer® preparatining yuborish kerak bo‘lgan umumiy miqdori (1 ml ga 20 mg temir):
(Venofer® preparatining 1 ampulasi 5 ml ga to‘g‘ri keladi) |
|||||||
| Hb 6,0 g/dl | Hb 7,5 g/dl | Hb 9,0 g/dl | Hb 10,5 g/dl | |||||
|
mg Fe |
ml | mg Fe | ml | mg Fe | ml |
mg Fe |
ml | |
| 5 kg | 160 | 8 | 140 | 7 | 120 | 6 | 100 | 5 |
| 10 kg | 320 | 16 | 280 | 14 | 240 | 12 | 220 | 11 |
| 15 kg | 480 | 24 | 420 | 21 | 380 | 19 | 320 | 16 |
| 20 kg | 640 | 32 | 560 | 28 | 500 | 25 | 420 | 21 |
| 25 kg | 800 | 40 | 700 | 35 | 620 | 31 | 520 | 26 |
| 30 kg | 960 | 48 | 840 | 42 | 740 | 37 | 640 | 32 |
| 35 kg | 1260 | 63 | 1140 | 57 | 1000 | 50 | 880 | 44 |
| 40 kg | 1360 | 68 | 1220 | 61 | 1080 | 54 | 940 | 47 |
| 45 kg | 1480 | 74 | 1320 | 66 | 1140 | 57 | 980 | 49 |
| 50 kg | 1580 | 79 | 1400 | 70 | 1220 | 61 | 1040 | 52 |
| 55 kg | 1680 | 84 | 1500 | 75 | 1300 | 65 | 1100 | 55 |
| 60 kg | 1800 | 90 | 1580 | 79 | 1360 | 68 | 1140 | 57 |
| 65 kg | 1900 | 95 | 1680 | 84 | 1440 | 72 | 1200 | 60 |
| 70 kg | 2020 | 101 | 1760 | 88 | 1500 | 75 | 1260 | 63 |
| 75 kg | 2120 | 106 | 1860 | 93 | 1580 | 79 | 1320 | 66 |
| 80 kg | 2220 | 111 | 1940 | 97 | 1660 | 83 | 1360 | 68 |
| 85 kg | 2340 | 117 | 2040 | 102 | 1720 | 86 | 1420 | 71 |
| 90 kg | 2440 | 122 | 2120 | 106 | 1800 | 90 | 1480 | 74 |
| *Tana vazni 35 kg dan kam bo‘lganida: | Hb maqsadli darajasi = 13 g/dl |
| Tana vazni 35 kg va undan ortiq bo‘lganida: | Hb maqsadli darajasi = 15 g/dl |
Hb (mmol) ni Hb (g/dl) ga o‘tkazish uchun birinchi qiymatni 1,6 ga ko‘paytiring.
Agar umumiy kerakli bo‘lgan doza ruxsat berilgan bir martalik dozadan ortiq bo‘lsa, unda uni bir necha marta yuborishga bo‘lish kerak.
Agar 1-2 haftadan keyin gematologik parametrlar tomonidan javob kuzatilmasa, boshlang‘ich tashxisni qayta ko‘rib chiqish lozim.
Qon yo‘qotishda yoki autologik qon topshirilganda temir zahiralarini o‘rnini to‘ldirish uchun dozani hisoblash
Venofer® preparatining temir tanqisligini kompensasiya qilish uchun zarur bo‘lgan dozani quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblash mumkin:
Agar yo‘qotilgan qon hajmi ma‘lum bo‘lsa: 200 mg temir (Venofer® preparatining 10 ml) ni yuborish Hb konsentrasiyasini taxminan xuddi 1 porsiya qonni (Hb = 15,0 g/dl konsentrasiyadagi 400 ml) quyilgandagidek oshishiga olib keladi.
| O‘rnini to‘ldirish lozim bo‘lgan temir miqdori [mg] | = yo‘qotilgan qon porsiyasining miqdori × 200 mg yoki |
| Venofer® preparatining kerakli miqdori [ml] | = yo‘qotilgan qon porsiyasining miqdori × 10 ml |
Agar Hb darajasi istalganidan past bo‘lsa: Formula temir deposini to‘ldirish talab etilmaydi deb taxmin qiladi. O‘rnini to‘ldirish lozim bo‘lgan temir miqdori [mg] = MT [kg] x 2,4 x (Hb maqsadli darajasi – Hb haqiqiy darajasi) [g/dl]
| Misol: TV = 60 kg va Hb darajasi pasayganda = 1 g/dl | Þ ≈ 150 mg temir o‘rnini to‘ldirish kerak |
| Þ Venofer® preparatining 7,5 ml kerak bo‘ladi |
Maksimal o‘zlashtira olinadigan bir martalik va haftalik dozalar «Standart dozalar» va «Maksimal o‘zlashtira olinadigan bir martalik va haftalik dozalar» bo‘limlarida ko‘rsatilgan.
Standart dozalar
Katta va keksa yoshdagi pasientlar
Venofer® preparatining 5–10 ml (100–200 mg temir) haftada 1–3 marta buyuriladi. Preparatni yuborish vaqti va suyultirish usuli «Qo‘llash usuli» bo‘limida keltirilgan.
Bolalar
Preparatni bolalarda qo‘llanishi to‘g‘risida klinik tadqiqotlar doirasida cheklangan ma‘lumotlar bor xolos. Klinik qo‘llash zarurati tug‘ilganda haftada ko‘pi bilan 3 marta Venofer® preparatining tana vazni kg ga 0,15 ml (3 mg temir) dan oshirish tavsiya etilmaydi.
Maksimal o‘zlashtira olinadigan bir martalik va haftalik dozalar
Venofer barcha rasmlari

Venofer haqida savollar
Venofer haqida fikr-mulohazalar
Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil












