Apteka.uz
SavatKirish

Vitamin Ye analoglari

To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar

Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Vitamin Ye

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • E vitamini gipovitaminozini; o'tkazilgan kasalliklardan keyingi rekonvalestsentsiya holatlarini; astenik holatlarni (sh.j. keksa yoshda) davolash uchun. Yon amiotrofik skleroz, bo'g'imlar va bog'lamlar apparatining (sh.j. umurtqa pog'onasining) degenerativ va proliferativ o'zgarishlari, mushak distrofiyasi, erkaklarda jinsiy bezlar funktsiyasi buzilishi, ayollarda – hayz tsikli buzilishlarini gormonal davolashda, homila bachadon ichi rivojlanishi sharoitlari yomonlashganda, periferik tomirlar shikastlanishida (endarteriit, Reyno kasalligi), nekrotik miopatiyada, abetalipoproteinemiyada, gastrektomiyada, surunkali xolestazda, jigar tsirrozida, o't yo'llari atreziyasida, obstruktiv sariqlikda, tseliakiyada, tropik spruda, Kron kasalligida, malabsorbtsiyada, klimaksda, nikotinga qaramlikda, giyohvandlikda kompleks terapiya tarkibida. E vitamini terining atrofik o'zgarishlarida (sklerodermiya va b.), boldir trofik yaralarida, dermatomiozit va b. kollagenozlarda, laktatsiya davrida, ko'p to'yinmagan yog' kislotalari yuqori miqdorda bo'lgan dieta buyurilganda qo'llaniladi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Bo'lishi mumkin: allergik reaktsiyalar. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko'ngil aynishi, gastralgiya. Kamdan-kam hollarda moyilligi bo'lgan bemorlarda kreatinuriya, kreatinkinaza faolligining oshishi, qon zardobida xolesterin darajasining oshishi, tromboflebitlar, o'pka tromboemboliyasi, tromboz yuzaga keladi.
Batafsil

Retseptli

Kategoriya
Vitaminlar
Mavjud chiqarilish shakllari
  • Kapsulalar
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Ma'lumot topilmadi
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil