YUNIKSIMning aptekalardagi narxlari
YUNIKSIM kapsulalar 400mg N6
|
|
79 ta dorixonada bor
|
36 581 so'mdan
Dorixonadan topish
|
57 100 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
46 000 so'mdan
Bron qilish
|
YUNIKSIM kukuni 100mg/5ml 60ml
|
|
20 ta dorixonada bor
|
47 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
66 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
60 000 so'mdan
Bron qilish
|
YUNIKSIM 100 suspenziya 60ml
|
|
2 ta dorixonada bor
|
62 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
YUNIKSIM suspenziya 100mg/5ml 60ml
|
|
4 ta dorixonada bor
|
54 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
YUNIKSIM suspenziya 60ml
|
|
18 ta dorixonada bor
|
55 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
YUNIKSIM ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
YUNIKSIMtm
YUNIXIMTM
Preparatning savdo nomi: Yuniksimtm
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Sefiksim
Dori shakli: Ichga qabul qilish uchun kapsula.
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda – Sefiksim trigidrati (suvsiz sefiksimga ekvivalent) – 400,0 mg.
Yordamchi moddalar: laktoza, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, kraxmal, jelatin.
Ta‘rifi: ikki xil rangli qattiq jelatin kapsula (ko‘k tiniq bo‘lmagan qopqoqcha va oq asos).
Kapsulaning ichidagisi: Sefiksim gidroxloridining mayda dispersli kukuni.
Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotik (3 avlod sefalosporinlar guruhi).
Kod ATX: J01DA23
Farmakologik xususiyatlari:
Sefiksim – parenteral qo‘llash uchun III avlod sefalosporin antibiotigidir. Bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi (mikroorganizmlarning xujayra devori sintezini buzadi). Turli aerob va anaerob grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar, shu jumladan Pseudomonas aeruginosa ni o‘z ichiga oluvchi keng ta‘sir doirasiga ega. Grammusbat ham, grammanfiy ham mikroorganizmlarning beta-laktamazalariga chidamli.
Streptococcus pneumonia, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Moraxella catarrhalis (shu jumladan beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlari), Escherichia coli, Proteusmirabilis, Proteus vulgaris, Neisseriagonorrhoeae, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella oxytoca, Pasteurella multocida, Providenciaspp., Salmonella spp., Shigella spp., Citrobacter spp. (shu jumladan Citrobacter diversus), Serratia marcescens. Pseudomonas spp., Acinetobacter spp., Streptococcus,Enterococcus spp. (metisillinga chidamli shtammlari), Listeria monocytogenes, Bacteroidesfragilis ga nisbatan juda faol, Staphylococcus,Enterobacter Clostridium ning ko‘pchilik shtammlari sefiksimga chidamli.
Farmakokinetikasi
Sefiksim ichga qabul qilinganidan keyin 40-50% so‘riladi (ovqatlanishdan qat‘iy nazar), ammo ovqat bilan qabul qilinganda maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti taxminan 0,8 soatga oshadi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi Smax ga 2-6 soatdan keyin erishiladi. Qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanishi taxminan 65% ni tashkil etadi. Keksa pasientlarda boshqa katta pasientlarga nisbatan muvozanat holatidagi AUC farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydonning o‘rtacha qiymatlari taxminan 40% ga yuqori. Taxminan 50% o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan 24 soat davomida chiqariladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri T1/2 o‘rtacha 4 soatni tashkil etadi, lekin 9 soatgacha yetishi mumkin. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda T1/2 – 6,4-11,5 soatni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:
- nafas yo‘llari infeksiyalari (faringit, tonzillit, sinusit, otit)
- quyi nafas yo‘llari infeksiyalari (o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya)
- siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari (sistit, pielonefrit, simptomsiz bakteriuriya, asoratlanmagan gonoreya)
- me‘da-ichak yo‘llari (dizenteriya, salmonellyoz, shigellyoz) va o‘t chiqaruvchi yo‘llar infeksiyalari
- teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozasi infeksiyaning og‘irlik darajasiga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi.
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi, kattalar va tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan 12 yoshdan oshgan bolalarga sutkalik doza 400 mg ni tashkil etadi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 8 mg/kg yoki har 12 soatda 4 mg/kg dan dozada buyuriladi.
Yuniksim bilan davolash davomiyligi 5-14 kunni tashkil etadi.
Suspenziyani quruq moddaga hona haroratidagi qaynagan suv belgigacha qo‘shish va keyinchalik chayqatish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Buyrak faolitiyani buzilishi bo‘lganida dozasi qonda kreatinin klirensining ko‘rsatkichlariga bog‘liq holda belgilanadi KK minutiga 21-60 ml bo‘lganida yoki gemodializda bo‘lgan pasientlarda sutkalik dozani 25% ga kamaytirish kerak; KK minutiga 20 ml va undan kam bo‘lganida yoki peritoneal dializda bo‘lgan pasientlarda sutkalik dozani 2 marta kamaytirish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda – diareya, dispepsiya bo‘lishi mumkin; ayrim hollarda – soxtamembranoz va gemorragik kolitlar.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – interstisial nefrit rivojlanishi;
Qon yaratish a‘zolari tomonidan: kam hollarda – agranulositoz, trombositopeniya.
Allergik reaksiyalar: teri reaksiyalari, asosan spesifik makulopapulyoz toshma ko‘rinishida; kam hollarda – ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi; ayrim hollarda – anafilaktik shok, angionevrotik shish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga va beta-laktam antibiotiklar guruhining boshqa dori vositalariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni anamnezida allergik diatez va pichan isitmasi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Preparatni qusish bilan kechuvchi kasalligi bo‘lgan pasientlarga buyurish tavsiya etilmaydi, chunki bunday hollarda preparatning so‘rilishi buzilishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Sefiksim bir vaqtda qo‘llanilganida digoksinning so‘rilishini oshiradi, digoksin bilan davolanayotgan pasientlarda Yuniksim preparatini qo‘llash zarurati bo‘lganida digoksinning dozasiga tuzatish kiritish lozim.
Praparatga sezuvchanlikning ijobiy natijalarida bakterisid samaraga ega, shu jumladan penisillinlar va aminoglikozidlar bilan majmuada qo‘llanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik reaksiyalarga moyilligi bo‘lgan pasientlarga preparatni buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davri:
Preparat gemato-yo‘ldosh to‘sig‘i orqali yaxshi o‘tadi va ko‘krak sutiga ajraladi. Sefiksim teratogen, mutagen va embriotoksik ta‘sirlarga ega emas, ammo, uni homiladorlik va laktasiya davrida qabul qilish qat‘iy shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha amalga oshirilishi kerak. Homiladorlik va laktasiya advrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida uni minimal samarali dozalarda qabul qilish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning yuqori dozalarini qabul qilinganida pasientlarda ko‘ngil aynishi, qqusish, axlatni va suv-tuz muvozanatini buzilishi rivojlanishi mumkin. Spesifik antidoti yo‘q. Dozani oshirib yuborilgan hollarda me‘dani yuvish, enterosorbentlar va tuzli surgi vositalarni qabul qilish ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, suv-tuz muvozanatini bir maromda ushlab turishga qaratilgan choralarni amalga oshirish kerak. Zarurati bo‘lgan hollarda gemodializ o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
6 donadan jelatin kapsulalari blisterda, 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Preparatni bevosita quyosh nurlaridan yiroqda, 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.
Chiqarish shakllari