logo
SavatKirish

Sefotaksim

Sefotaksim chiqarilish shakllari

SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Retseptli
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•22 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Retseptli
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Nanjing Beinuo Pharmaceutical Co. Ltd, Kitay proizvedeno: CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co., Ltd
•22 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFOTAKSIM poroshok 1g N1
Retseptli
SEFOTAKSIM poroshok 1g N1
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
•22 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Retseptli
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Protek-SVM OOO
•22 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N1
Retseptli
SEFOTAKSIM poroshok 1.0 g N1
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Lekxim-Xarkov, CHAO
•22 ta dorixonada bor
Narxi
4 000 so'm dan
- Sefotaksim qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Sefotaksimning tarkibi
- Sefotaksim ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Sefotaksim narxi Toshkent dorixonalarida

Sefotaksim qo'llanmasi

Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqarilish joyi
Xitoy,
Rossiya Federatsiyasi,
Belarusiya,
O'zbekiston,
Ukraina,
Avstriya
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan og'ir kechuvchi bakterial infektsiyalar: markaziy nerv tizimi (meningit), nafas yo'llari va LOR-a'zolari, siydik chiqarish yo'llari, suyaklar, bo'g'imlar, teri va yumshoq to'qimalar, kichik tos a'zolari infektsiyalari, xlamidioz, gonoreya, infektsiyalangan yaralar va kuyishlar, peritonit, sepsis, abdominal infektsiyalar, endokardit, Laym kasalligi (borrelioz), salmonellezlar, immunitet tanqisligi fonidagi infektsiyalar, jarrohlik operatsiyalaridan keyingi (sh.j. urologik, akusherlik-ginekologik, oshqozon-ichak traktidagi) infektsiyalar profilaktikasi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • Sefotaksim va boshqa sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
  • 1 fl. tsefotaksim (natriy tuzi shaklida) 1 g 1 fl. tsefotaksim natriy tuzi 1000 mg 1 fl. tsefotaksim (natriy tuzi shaklida) 1 g 1 fl. tsefotaksim natriy tuzi 1 g Erituvchi: in'ektsiyalar uchun suv - 5 ml. faol modda - tsefotaksim natriy (tsefotaksimga qayta hisoblanganda) - 1,0 g. faol modda: tsefotaksim natriy tsefotaksimga qayta hisoblanganda 1000 mg tsefotaksim (natriy tuzi ko‘rinishida) 1,0 tsefotaksim (tsefotaksim natriy tuzi ko‘rinishida) 1,0 tsefotaksim (natriy tuzi shaklida) 1 g Tsefotaksim 1,0 tsefotaksim natriy tuzi 1 g Erituvchi: in'ektsiyalar uchun suv - 5 ml.
Farmakokinetikasi
0,5, 1 va 2 g bir marta v/i yuborilgandan so‘ng maksimal konsentratsiya (Сmах) 5 daqiqadan keyin erishiladi va mos ravishda 39 mkg/ml, 100 mkg/ml va 214 mkg/ml ni tashkil qiladi. 0,5 va 1 g m/o yuborilgandan so‘ng Сmах 0,5 soatdan keyin erishiladi va mos ravishda 11 va 21 mkg/ml ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi - 25-40%. Organizmining ko‘pchilik to‘qimalari (miokard, suyaklar, o‘t pufagi, teri, yumshoq to‘qimalar) va suyuqliklarida (sinovial, perikardial, plevral, balg‘am, safro, siydik, orqa miya suyuqligi) terapevtik konsentratsiyalarni hosil qiladi. Taqsimlanish hajmi - 0,25-0,39 l/kg. V/i va m/o yuborilganda yarim chiqarilish davri (Т1/2) - 1 soat. Buyraklar orqali - 60% - 70% o‘zgarmagan holda, qolgan miqdori - metabolitlar ko‘rinishida (deasetillangan hosila bakteritsid faollikka ega, boshqa 2 ta metabolit esa ega emas) chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida (SBYE) va keksa yoshdagi shaxslarda Т1/2 2 baravar ortadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda Т1/2 - 0,75-1,5 soat, chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan bolalarda 4,6 soatgacha ortadi. 14 sutka davomida har 6 soatda 1 g dozada takroriy v/i yuborilganda kumulyatsiya kuzatilmaydi. Ko‘krak sutiga o‘tadi.
Farmakologik ta'siri
Tsefotaksim parenteral qo'llash uchun III avlod sefalosporin antibiotiki hisoblanadi. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi: transpeptidazalar bilan bog'lanadi va bakteriyalar hujayra devori sintezining yakuniy bosqichlarini buzadi. Keng mikroblarga qarshi ta'sir doirasiga ega. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga, shu jumladan penitsillinlar va I-II avlod sefalosporinlarga chidamli bo'lganlarga nisbatan faol: Staphylococcus spp. (shu jumladan Staphylococcus epidermidis, S. aureus, metitsillinga chidamli shtammlardan tashqari), ko'pchilik Streptococcus spp. (S. pneumoniae, S. pyogenes, S. agalactiae, S. bovis, Streptococcus spp. viridans guruhi va boshqalarni o'z ichiga olgan), Enterococcus spp., Corynebacterium diphtheriae, Erysipelothrix rhusiopathiae, Acinetobacter spp., Bordetella pertussis, Citrobacter spp., Enterobacter spp., Escherichia coli, Haemophilus influenzae (shu jumladan ampitsillinga chidamli shtammlar), H. parainfluenzae, Klebsiella spp. (shu jumladan K. pneumoniae), Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan beta-laktamazalar ishlab chiqaruvchi shtammlar), N. meningitidis, Proteus mirabilis, P. vulgaris, Providencia spp., Providencia rettgeri, P. stuartii, Serratia marcescens, Shigella spp., Salmonella spp. (shu jumladan S.typhi), Yersinia spp. (shu jumladan Y.enterocolitica), Borrelia burgdorferi, Bacteroides spp., (shu jumladan Bacteroides fragilis ning ba'zi shtammlari), Clostridium spp. (C. difficile dan tashqari), Fusobacterium spp., F. nucleatum ni o'z ichiga olgan, Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp., Propionibacterium spp. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning ko'pchilik beta-laktamazalariga, stafilokokklar penitsillinazasiga chidamli.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Allergik reaktsiyalar: eshakemi, qaltirash yoki isitma, toshma, qichishish, yuz shishi, hiqildoq shishi, bronxospazm, eozinofiliya, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bullyoz toshmalar, angionevrotik shish, anafilaktik shok. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko'ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, meteorizm, qorinda og'riq, jigar funktsiyasining buzilishi («jigar» transaminazalari, ishqoriy fosfataza faolligining oshishi, gepatit, sariqlik, axlatda qon, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya), stomatit, glossit, soxtamembranoz kolit. Qon yaratish organlari tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, gipokoagulyatsiya, agranulotsitoz. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasining buzilishi (azotemiya, qonda mochevina miqdorining oshishi, oliguriya, anuriya, interstitsial nefrit), giperkreatininemiya. Asab tizimi tomonidan bosh og'rig'i, bosh aylanishi, hushdan ketish, tirishishlar, tez charchash, entsefalopatiya (yuqori dozalarda tayinlanganda), harakat buzilishlari, holsizlik. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial qon bosimining pasayishi, markaziy venaga tez bolyus yuborilgandan keyin hayot uchun potentsial xavfli aritmiyalar. Laboratoriya ko'rsatkichlari: soxtamusbat Kumbs sinamasi. Mahalliy reaktsiyalar: yuborish joyida yallig'lanish reaktsiyasi, shu jumladan flebit va tromboflebit, vena bo'ylab og'riqlilik, m/o yuborilgan joyda og'riqlilik va infiltrat, teri qizarishi. Boshqalar: superinfektsiya (xususan, kandidozli vaginit), tsefotaksimgacha sezgir bo'lmagan organizmlarning ortiqcha o'sishi. Borreliozni davolashda: Yarish-Gerksgeymer reaktsiyasi (davolashning birinchi kunlarida), teri toshmasi, qichishish, isitma, leykopeniya, «jigar» transaminazalari faolligining oshishi, nafas olishning qiyinlashishi va bo'g'imlar sohasida noqulaylik.
Dozirovkasi
  • 1 g 1,0 g 1000 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: tirishishlar, ensefalopatiya (katta dozalar yuborilganda, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda), tremor, nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligining oshishi. Davolash: simptomatik terapiya. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri Antiagregantlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llanilganda qon ketish xavfini oshiradi. Etanol bilan birga qo‘llanilganda disulfiramsimon reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi. Aminoglikozidlar, polimiksin B va «halqali» diuretiklar bilan bir vaqtda qabul qilinganda buyrakning shikastlanish ehtimoli ortadi. Naychalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari sefotaksimning plazmadagi konsentratsiyasini oshiradi va uning chiqarilishini sekinlashtiradi. Bitta shprits yoki tomchilagichda boshqa antibiotiklar eritmalari bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib.
Dori shaklining ta'rifi
  • oq yoki sarg'ish tusli oq kukun, gigroskopik. Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun oq yoki sarg'ish tusli oq rangli Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun oqdan biroz sariq ranggacha. Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun Kukun oqdan sarg'ish tusli oq ranggacha. Kukun oqdan biroz sariq ranggacha.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Sefotaksim ichak florasini bostirib, K vitamini sinteziga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiruvchi preparatlar (NYQV, salitsilatlar, sulfinpirazon) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon ketishlar rivojlanish xavfi ortadi. Shu sababli antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda antikoagulyant ta’sirning kuchayishi qayd etiladi. Aminoglikozidlar, polimiksin B va «halqali» diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda buyrak shikastlanishi xavfi ortadi. Kanalchalar sekretsiyasini kamaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda qon plazmasida sefotaksim konsentratsiyasi oshadi. Probenetsid sefotaksimning kanalchalar sekretsiyasini pasaytirish hisobiga uning chiqarilishini sekinlashtiradi.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SEFOTAKSIM

CEFOTAXIMUM

 

Preparatning savdo nomi: Sefotaksim

Ta‘sir etuvchi moda (XPN): sefotaksim

Dori shakli: vena ichiga va mushak ichiga in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun

Tarkibi:

Faol modda: sefotaksimga qayta hisoblanganda sefotaksim natriy 0,5 g va 1,0 g.

Ta‘rifi: oqdan biroz sariq rangligacha bo‘lgan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (sefalosporinlar guruhi)

ATX kodi: J01DD01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Parenteral yuborish uchun III avlod sefalosporin antibiotigidir. Mikroorganizm hujayrasi devorining sintezini buzib, bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Keng ta‘sir doirasiga ega.

Boshqa antibiotiklarga chidamli bo‘lgan grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol: Staphylococcus spp. (shu jumladan Staphylococcus aureus(shu jumladan, penisillinaza hosil qiluvchi shtammlar) va Staphylococcus epidermidis (metisillinga chidamli Staphylococcus epidermidis va Staphylococcus aureuslardan tashqari), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Enterococcus species, Enterobacter spp., Escherichia coli, Haemophilus influenzae (shu jumladan penisillinaza hosil qiluvchi shtammlar), Haemophilus parainfluenzae, Moraxella catarrhalis, Klebsiella spp. (shu jumladan Kl. Pneumoniae), Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penisillinaza hosil qiluvchi shtammalar), Acinetobacter species, Corynebacterium diphtheriae, Erysipelothrix rhusiopathiae, Eubacterium spp., Propionibacterium spp., Clostridium spp. (shu jumladan Clostridium perfringens),  Citrobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia spp. (shu jumladan Providencia rettgeri), Serratia spp., Pseudomonas aeruginosa ayrim shtammlari, Neisseria meningitidis, Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilisning ayrim shtammlari), Fusobacterium spp. (shu jumladan Fusobacterium nucleatum), Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. Clostridium difficile ni ko‘pchilik shtammlari chidamli.

Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning ko‘pchilik beta–laktamazalariga chidamli.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga 0,5 g,1 g va 2 g dozalarda bir marta yuborilgandan keyin qon plazmasida maksimal konsentrasiyasi (Smax) 5 minutdan keyin aniqlanadi va mos ravishda 39 mkg/ml, 101,7 mkg/ml va 214 mkg/ml ni tashkil qiladi. Preparatni mushak ichiga 0,5 g va 1 g dozalarda yuborilgandan keyin Smax 30 minut o‘tgach aniqlanadi va mos ravishda 11 mkg/ml va 21 mkg/ml ni tashkil qiladi. Qon plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 30–50%. Biokiraolishligi ­ 90­95% ni tashkil qiladi.

Organizmning ko‘pchilik to‘qimalarida (miokard, suyaklar, o‘t pufagi, teri, yumshoq to‘qimalar) va suyuqliklarida (sinovial, perikardial, plevral, balg‘am, safro, siydik, orqa miya suyuqligi) terapevtik konsentrasiyalarini xosil qiladi. Taqsimlanish hajmi ­0,25­0,39 l/kg.

Yarim chiqarilish davri (T½ ) v/i yuborilganda 1 soat, m/i yuborilganda 1-1,5 soatni tashkil qiladi. 20–36% buyraklar orqali o‘zgarmagan holda, qolgan miqdori – metabolitlar (15-25% – metabolik faol dezasetilsefotaksim ko‘rinishda va 20-25% antimikrob ta‘siridan mahrum bo‘lgan ikkita M2 va M3 nofaol metabolitlari) ko‘rinishida chiqariladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida va keksa yoshdagi shaxslarda yarim chiqarilish davri 2 marta uzayadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda T ½ – 0,75–1,5 soat, chala tug‘ilgan chaqaloqlarda (tana vazni 1500 g dan kam) 4,6 soatgacha uzayadi; tana vazni 1500 g dan ortiq bo‘lganida 3,4 soatni tashkil qiladi.14 sutka davomida har 6 soatda 1 g dozadan vena ichiga qayta yuborilganda to‘planish kuzatilmaydi. Ko‘krak sutiga kiradi va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.

 

Qo‘llanilishi

Sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida: markaziy nerv tizimi (meningit), nafas yo‘llari va LOR-a‘zolari, siydik chiqarish yo‘llari, suyaklar, bo‘g‘imlar, teri va yumshoq to‘qimalar, kichik chanoq a‘zolarining infeksiyalari, gonoreya, infeksiyalangan yaralar va kuyishlar, peritonit, sepsis, abdominal infeksiyalar, endokardit, Laym kasalligi (borrelioz), salmonellyoz, immun tanqisligi fonidagi infeksiyalar, jarroxlik operasiyadan keyingi infeksiyalarni (shu jumladan, urologik, akusher-ginekologik, me‘da-ichak yo‘llari) oldini olishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga (oqim bilan va tomchilab) mushak ichiga yuboriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni 50 kg va ortiqroq bo‘lganida):

  • asoratlanmagan infeksiyalarda, hamda siydik chiqaruv yo‘llarining infeksiyalarida m/i yoki v/i 1 g dan har 8-12 soatda;
  • asoratlanmagan o‘tkir gonoreyada m/i 1g dan bir marta;
  • o‘rtacha og‘irlikdagi infeksiyalarda m/i 1-2 g dan har 12 soatda;
  • infeksiya og‘ir kechganida, masalan meningitda ­ v/i 2 g dan har 4­8 soatda, maksimal sutkalik doza ­ 12 g.

Davolash kursini davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadi.

Infeksiya rivojlanishini oldini olish maqsadida, jarroxlik operasiyadan oldin kiritish narkozi vaqtida 1 g bir marta yuboriladi. Zarur bo‘lganida yuborish har 6-12 soatda takrorlanadi.

Kreatinin klirensi (KK) 20 ml/min/1,73kv.m va undan kam bo‘lganida sutkalik doza 2 marta kamaytiriladi.

Chala tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 haftalik chaqaloqlarga ­ v/i 50 mg/kg dan har 12 soat, 1­4 haftalik chaqaloqlarga ­ v/i 50 mg/kg dan har 8 soatda yuboriladi;

1 oylikdan katta bolalarga (vazni 50 kg gacha bo‘lgan) ­ v/i yoki m/i (2,5 yoshdan oshgan bolalar) 50-180 mg/kg 4-6 yuborishga buyuriladi. Infeksiyani og‘ir kechishida, shuningdek meningitda, bolalarda sutkalik dozani 100-200 mg/kg gacha oshiriladi, m/i yoki v/i 4­6 qabulda buyuriladi, maksimal sutkalik doza – 12 g ni tashkil qiladi.

In‘eksion eritmani tayyorlash qoidalari: v/i in‘eksiya uchun eritma sifatida in‘eksiya uchun suv ishlatiladi (0,5­1 g ni 4 ml, 2 g ni 10 ml da eritmada eritiladi), preparat 3­5 minut davomida asta-sekin yuboriladi; v/i infuziya uchun eritma sifatida 0,9% natriy xloridi eritmasi yoki 5% dekstroza eritmasi ishlatiladi (1­2 g 50­100 ml eritmada eritiladi); infuziya davomiyligi 50­60 minut; m/i yuborish uchun in‘eksiya uchun suv yoki 1% lidokain eritmasi ishlatiladi (preparatning 0,5 g dozasi uchun ­ 2 ml, 1 g dozasi uchun ­ 4 ml).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar: eshakemi, et uvishishi yoki isitma, toshma, teri qichishish, kam hollarda – bronxospazm, eozinofiliya, havfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), angionevrotik shish, juda kam hollarda – anafilaktik shok.

Yurak­tomir tizimi tomonidan: markaziy venaga tez bolyus yuborishda hayotga potensial havf soluvchi aritmiya.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.

Me‘da­ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, meteorizm, qorinda og‘riq, disbakterioz, jigar faoliyatini buzilishi, kam hollarda – stomatit, glossit, psevdomembranoz enterokolit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak faoliyatini buzilishlari, oliguriya, interstisial nefrit.

Qon yaratish tizimi tomonidan: gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, granulositopeniya, trombositopeniya, gipokoagulyasiya.

Laborator ko‘rsatkichlar: azotemiya, qonda mochevina konsentrasiyasini oshishi, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, ijobiy Kumbs reaksiyasi.

Mahalliy reaksiyalar: flebit, vena yo‘li bo‘ylab og‘riq, mushak ichiga yuborilgan joyda og‘riq va infiltrat.

Boshqalar: superinfeksiya (xususan, kandidoz vaginit).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Sefotaksim va boshqa sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.

Preparat 1% lidokain eritmasida eritilganda:

­ lidokain yoki boshqa mahalliy amid turdagi anestetiklarga yuqori sezuvchanlik;

­ ritm boshqaruvchisi o‘rnatilmagan yurakning ichki blokadasi;

­ og‘ir yurak yetishmovchiligi;

­ vena ichiga yuborish;

­ 2,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar (mushak ichiga yuborish usuli) da qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar; surunkali buyrak yetishmovchiligi; yarali kolit (shu jumladan anamnezda); kesishgan allergik reaksiyalarni rivojlanishi mumkinligi bilan bog‘liq bo‘lgan anamnezida penisillinga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antiagregantlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalari (NYAQV) bilan birga qo‘shilganida qon ketish xavfi oshadi.

Aminoglikozidlar, polimiksin V va «halqali» diuretiklar bilan bir vaqtda qabul qilinganda buyraklarni shikastlanish ehtimoli oshadi.

Naychalar sekresiyasini bloklaydigan preparatlar, sefotaksimning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi va uni chiqarilishini sekinlashtiradi.

Boshqa antibiotiklarning eritmalari bilan bir shprisda yoki tomchilagichda farmasevtik nomutanosib.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni birinchi haftasida og‘ir uzoq davom etuvchi diareya bilan namoyon bo‘ladigan soxtamembranoz kolit paydo bo‘lishi mumkin. Bunda preparatni qabul qilish to‘xtatiladi va adekvat davolash, shu jumladan, vankomisin yoki metronidazol buyuriladi. Anamnezida penisillinlarga allergik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarda sefalosporin antibiotiklariga ham yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. Preparat bilan 10 kundan ortiq davolanganda qonning periferik manzarasini nazorat qilish kerak. Sefotaksim bilan davolash vaqtida soxta musbat Kumbs sinamasi va glyukozani siydikda soxta musbat reaksiyasi bo‘lishi mumkin. Davolash vaqtida etanol ist‘emol qilish mumkin emas – disulfiramsimon reaksiyalar (yuzni qizarishi, qorin va me‘da sohasida spazm, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, AB ni pasayishi, taxikardiya, hansirash) bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik davrida ona uchun kutilgan foyda, bola uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin.

Preparatni laktasiya davrida buyurish zarurati bo‘lganida, emizishni preparatni qo‘llash vaqtida to‘xtatib turish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborish

Simptomlari: tirishishlar, ensefalopatiya (yuqori dozalari yuborilgan holda, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda), tremor, nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligi.

Davolash: simptomatik davolash, spesifik antidoti yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun 0,5 g va 1 g dan kukun.

0,5 g, 1,0 g faol modda 10 ml sig‘imli shisha flakonlarda.

Erituvchi ­ “ in‘eksiya uchun suv” 5 ml sig‘imli shisha ampulalarda.

1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

1 flakon preparat bilan va 1 ampula erituvchi bilan polivinilxlorid plyonkali kontur uyali o‘ramda (KUO‘). Bir KUO‘ qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutida.

5 flakon preparat bilan va 5 ampula erituvchi bilan alohida polivinilxlorid plenkali KUO‘ da. Bir KUO‘ flakonlar bilan va bir flakon ampulalar bilan va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi karton qutiga joylanadi.

KUO‘ qutiga ampulani ochish uchun pichoqcha yoki ampula skarifikatori joylanadi. Kertik, sindirish xalqasi yoki nuqtasi bo‘lgan ampulalarni ishlatishda ampulani ochish uchun pichoqcha yoki ampula skarifikatori joylanmaydi.

10 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Stasionar uchun:

  • 50 flakon teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida;
  • 1 flakon (1 dan 50 flakongacha teng miqdorda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan) karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Preparatni yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmagan flakonlarni ehtiyotkorlik bilan ochish, ichidagini katta miqdordagi suv bilan eritish va kanalizasiyaga to‘kish kerak.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Iste‘molchilardan e‘tirozlarni qabul qiladigan ishlab chiqaruvchi-korxona

“Krasfarma” OAJ, Rossiya, 660042, Krasnoyarsk sh., 60 let Oktyabrya ko‘ch., 2 uy.

Tel./Faks: (391) 261-25-90/261-17-44.

Ulashish:

Sefotaksim narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Sefotaksim barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Sefotaksim haqida savollar

Sefotaksim haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil