Apteka.uz
SavatKirish

BAKSIM

BAKSIM chiqarilish shakllari

BAKSIM poroshok 1g N1
Retseptli
BAKSIM poroshok 1g N1
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nabiqasim Industries (Private) Limited, Pakistan proizvedeno: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
30 100 so'm dan
- BAKSIM qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- BAKSIMning tarkibi
- BAKSIM ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- BAKSIM narxi Toshkent dorixonalarida

BAKSIM haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik (shu jumladan penitsillinlarga, boshqa sefalosporinlarga, karbapenemlarga, lidokainga), homiladorlik, 2,5 yoshgacha bo'lgan bolalar (m/i yuborish), anamnezdagi qon ketishlar, enterokolitda qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan - yangi tug'ilgan chaqaloqlar, surunkali buyrak yetishmovchiligi, nospetsifik yarali koliti bo'lgan bemorlar (shu jumladan anamnezda).

Farmakokinetikasi

Vena ichiga (v/i) 1,0 g bir marta yuborilganidan keyin maksimal kontsentratsiyaga (Smax) 5 minutdan keyin erishiladi va u 100 mkg/ml ni tashkil qiladi. Mushak ichiga (m/i) 1,0 g dozada yuborilganidan keyin Smax ga 0,5 soatdan keyin erishiladi va u 21 mkg/ml ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 25-40%.
Organizmning ko'pchilik to'qimalari (miokard, suyaklar, o't pufagi, teri, yumshoq to'qimalar) va suyuqliklarida (sinovial, perikardial, plevral, balg'am, safro, siydik, orqa miya suyuqligi) terapevtik kontsentratsiyalarni hosil qiladi. Taqsimlanish hajmi (Vd) 0,25-0,39 l/kg. Yarim chiqarilish davri (T1/2) v/i yuborilganida - 1 soatni, m/i yuborilganida 1-1,5 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali 60-70% o'zgarmagan holda, qolgan qismi esa metabolitlari ko'rinishida (15-25%) chiqariladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligida va keksa yoshdagi bemorlarda T1/2 ikki marta uzayadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda T1/2 - 0,75-1,5 soat, chala tug'ilgan chaqaloqlarda 4,6 soatgacha uzayadi. Takroriy v/i 14 kun davomida 1,0 g dozada har 6 soatda yuborilganida to'planishi kuzatilmaydi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va ko'krak sutiga kiradi.

Farmakologik ta'siri

Parenteral yuborish uchun III avlod sefalosporin antibiotigidir. Mikroorganizmlardagi hujayra devori sintezini buzib, bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Keng ta'sir doirasiga ega. Boshqa antibiotiklarga chidamli grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol: Staphylococcus spp. (shu jumladan Staphylococcus aureus, shuningdek penitsillinaza hosil qiluvchi shtammlari), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Enterococcus species, Enterobacter spp., Escherichia coli, Haemophilus influenzae (shu jumladan penitsillinaza hosil qiluvchi shtammlari), Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella spp. (shu jumladan Kl.pneumoniae), Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penitsillinaza hosil qiluvchi shtammlari), Acinetobacter species, Corynebacterium diphtheriae, Erysipelothrix insidiosa, Eubacterium spp., Propionibacterium spp., Bacillus subtilis, Clostridium spp. (shu jumladan Clostridium perfringens), Escherichia coli, Citrobacter spp., Proteus mirabilis, Proteus indole, Proteus vulgaris, Providencia spp. (shu jumladan Providencia rettgeri), Serratia spp., Pseudomonas aeruginosa, Neisseria meningitidis, Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis ning ayrim shtammlari), Fusobacterium spp. (shu jumladan Fusobacterium nucleatum), Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.
Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning ko'pchilik beta-laktamazalariga, stafilokokklar, Clostridium difficile ning penitsillinazasiga nisbatan chidamli.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Zarurati bo'lganida preparatni homiladorlik davrida faqat ona uchun taxmin qilayotgan foyda, homila uchun bo'lgan potentsial xavfdan ustun hollardagina qo'llash mumkin. Sefotaksim ko'krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun preparat laktatsiya davrida buyurilganida emizishni to'xtatish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: tirishishlar, entsefalopatiya (yuqori dozalar yuborilganida, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda), tremor, nerv-mushak qo'zg'aluvchanligi.
Davolash: simptomatik, maxsus antidoti yo'q.

Maxsus ko‘rsatmalari

Davolashning birinchi haftalarida og'ir, davomli diareya bilan namoyon bo'luvchi soxta membranoz kolit paydo bo'lishi mumkin. Bunda preparatni qabul qilish to'xtatiladi va adekvat davolash, shu jumladan vankomitsin yoki metronidazol buyuriladi.
Anamnezida penitsillinlarga allergik reaktsiyalari bo'lgan patsiyentlar, sefalosporin antibiotiklariga ham yuqori sezuvchanlikka ega bo'lishlari mumkin.
Preparat bilan 10 kundan ko'proq davolanishda, periferik qonning shaklli elementlarini nazorat qilish kerak.
Sefotaksim bilan davolash vaqtida soxta musbat Kumbs sinamasi va siydikda glyukozaning soxta musbat natijalari olinishi mumkin.
Sefotaksim va etanol bir vaqtda qo'llanganida disulьfiramga xos bo'lgan reaktsiyalar (yuzning qizarishi, me'da sohasida spazm, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, arterial bosimini pasayishi, taxikardiya, hansirash) rivojlanishi mumkin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Antiagregantlar, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bilan birga qo'llanganida qon ketishining xavfi oshadi.
Aminoglikozidlar, polimiksin V va «halqali» diurektiklar bilan bir vaqtda qabul qilinganida buyraklarning shikastlanish ehtimoli oshadi.
Naychalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari, sefotaksimning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi va uning chiqarilishini sekinlashtiradi.
Bir shprits yoki tomchilagichda boshqa antibiotiklarning eritmalari bilan farmatsevtik nomutanosibdir.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Preparat m/i va v/i (oqim bilan yoki tomchilab) buyuriladi.
Kattalar va tana vazni 50 kg va undan katta bolalarga: asoratlanmagan infektsiyalarda, shuningdek siydik-chiqarish yo'llarining infektsiyalarida - m/i yoki v/i 1,0 g dan har 8-12 soatda; asoratlanmagan o'tkir gonoreyada - m/i, 1,0 g bir marta, o'rtacha og'irlikdagi infektsiyalarda m/i yoki v/i, 1,0 g- 2,0 g dan har 12 soatda, infektsiyaning og'ir kechishida, masalan, meningitda – v/i, 2,0 g dan har 4-8 soatda. Maksimal sutkalik doza – 12 g. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.
Infektsiyalarning rivojlanishini oldini olish maqsadida jarrohlik operatsiyasi oldidan umumiy anesteziyaga kiritish vaqtida bir marta 1,0 g yuboriladi. Zarurati bo'lganida 6 – 12 soatdan keyin takroran yuboriladi.
Keserev kesishida – qisqichlarni kindik venasiga qo'yish vaqtida – v/i 1,0 g, so'ngra birinchi dozadan keyin 6 va 12 soat o'tgach – qo'shimcha 1,0 g dan.
Kreatinin klirensi (K/K) minutiga 20 ml 1,73 m² va undan kamroq bo'lganida doza 2 martaga kamaytiriladi.
Chala tug'ilgan va 1 haftalikkacha bo'lgan chaqaloqlarga – v/i 50 mg/kg dan har 12 soatda, 1-4 haftalik davrida – v/i 50 mg/kg dan har 8 soatda, tana vazni 50 kg gacha bo'lgan bolalarga – v/i yoki m/i (2,5 yoshdan oshgan bolalarga) 50-180 mg/kg dan 4-6 yuborishlarda. Infektsiyaning og'ir kechishida, shu jumladan meningitda, sutkalik doza bolalarda 100-200 mg/kg gacha oshiriladi, m/i yoki v/i 4-6 qabullarda, maksimal sutkalik doza – 12 g.
In'ektsion eritmalarni tayyorlash: v/i in'ektsiya uchun erituvchi sifatida in'ektsiya uchun suv ishlatiladi (1,0 g – 4 ml erituvchida, 2,0 g – 10 ml da eritiladi); v/i infuziya (tomchilab) uchun erituvchi sifatida 0,9% li natriy xloridi yoki 5% li dekstroza eritmasi ishlatiladi (1,0 g - 2,0 g – 50-100 ml da erituvchida eritiladi). Infuziyaning davomiyligi 50-60 minut. M/i yuborish uchun in'ektsiya uchun suv yoki 1% li lidokain eritmasi ishlatiladi (preparatning 0,5 g dozasi uchun – 2 ml, 1,0 g dozasi uchun – 4 ml).

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BAKSIM preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

BAKSIM haqida savollar

BAKSIM haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil